Baliq skleti metodi (Fishbone)
Download 116.79 Kb.
|
Baliq skeleti metodi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Materiallar va metodlar
“Baliq skleti metodi (Fishbone)”ni qo’llash Respublikamizda ta’lim sohasini rivojlantirishga yanada e’tibor berilmoqda. Bunga milsol qilib 23.09.2020 - yilda O’RQ-637-sonli yangi tahrirdagi ta’lim to’g’risidagi qonunning qabul qilinganini olishimiz mumkin. Yangi tahrirdagi qonun 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi haqida” va “Ta’lim to’g’risida”gi qonunlarni almashtiradi. Yangi qonunning asosiy farqlariga misol qilib “Ta’lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat” (36-modda) moddasini olishimiz mumkin. Bunda quyidagilar belgilab berilgan: “Ta’lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat ta’limni modernizatsiya qilish maqsadida amalga oshiriladi hamda yangi ta’lim texnologiyalari va resurslarini ishlab chiqishga, ularni sinovdan o‘tkazishga hamda ta’lim jarayoniga joriy etishga qaratilgan. Eksperimental va innovatsion faoliyatni amalga oshirish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Ta’lim tashkilotlari eksperimental va innovatsion faoliyatda masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishi mumkin”. Yangi tahrirdagi qonunda, o’quvchi-talabalarga beriladigan bilimlar va ko’nikmalarni innovatsion va interfaol pedagogik medotlar bilan yetkazib berish belgilab berilgan. Innovatsion va interfaol pedagogik ta’lim medotlar esa o’quvchi-talabalarning fanni o’zlashtirishda muhim ahamiyatga ega [1-2]. Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda. O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir mashg’ulotning didaktik vazifasidan kelib chiqqan holda tanlash maqsadga muvofiq bo’ladi. [3]. Materiallar va metodlar. Bugungi kunda ko’plab rivojlangan davlatlar tajribasidan shuni ko’rish mumkinki, ta’limda interfaol metodlarni qo’llash o’zining ijobiy natijasini ko’rsatgan. Shulardan biri “Fishbone” metodidir. “Fishbone” – “baliq skeleti” metodi baliq skeleti shaklidagi sxematik diagrammaga asoslangan. Dunyoda bu diagramma sabab-oqibat munosabatlarini tizimli tahlil qilish metodini ixtiro qilgan yapon professori Ishikawa nomi bilan keng tarqalgan. Bu metod dastlab menejmentda muammolar va ularning sabablarini tahlil qilish uchun qo'llanilgan. Hozirgi kunda bu metod ko’plab sohalarda qo’llanilmoqda, shu qatorda pedagogikada ham keng qo’llaniladi. Diagrammaning k o’rinishda 1-rasmda tasvirlangan [5]. “Fishbone” metodi muammoning mumkin bo'lgan yechimlarini aniqlashga yordam beradi. Ushbu turdagi diagrammalar hodisalarning yechimlarini chuqurroq tahlil qilish, maqsadlar qo'yish, muammoning turli qismlari o'rtasidagi ichki aloqalarni ko'rsatish imkonini beradi; muammoga oydinlik kiritish, uning yuzaga kelish sabablarini, shuningdek, asosiy yechimlarni aniqlash imkonini beradi. “Fishbone” metodining asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat: ijodiy fikrlashni oshirish, muammolar va yechimlar o'rtasidagi munosabatlarni ifodalash, ularni solishtirish. Kamchilik shundaki, bu metod asosiy muammoga olib keladigan muammolar zanjirini mantiqiy tekshirishni hisobga olmaydi (asosiy muammodan natijalar yo’nalishida tekshirish qoidalari mavjud emas), bundan tashqari, murakkab va tushunarsiz tuzilgan. Bu metod har doim ham to'g'ri xulosa chiqarishga imkon bermaydi [4]. Download 116.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling