Baliq skleti metodi (Fishbone)


Metodni qo’llash qoidalari


Download 116.79 Kb.
bet2/3
Sana11.07.2023
Hajmi116.79 Kb.
#1659612
1   2   3
Bog'liq
Baliq skeleti metodi

Metodni qo’llash qoidalari. Asosiy gorizontal chiziq chiziladi, uning pastki va ustki sohalariga 45o burchak ostida vertikal chiziqlar chiziladi. Chizmaning bosh qismiga asosiy muammo, ustki vertikal chiziqlarga yechilishi kerak bo’lgan muammolar, pastki qismiga shu muammolarning yechimlari, dum qismiga umumiy natija va xulosalar yoziladi. Demak, diagramma asosiy 4 qisimdan iborat bo’ladi (1-rasm).
Metodni o’quv mashg’ulotlarida qo’llashda, talabalar ikki yoki uch guruhga bo’linadilar. Har bitta guruh o’ziga berilgan topshiriq bo’yicha, hal qilinishi kerak bo’lgan muammolar va ularning yechimlari bilan diagrammani to’ldirishlari kerak bo’ladi. Shu orqali asosiy yechilishi kerak bo’lgan muammoga yechim topishilari zarur va ta’riflab berishlari kerak bo’ladi. Bu orqali talabalar o’rganilishi zarur bo’lgan mavzuni chuqur, mukammal o’zlashtirishlariga erishiladi.
Talabalar muammolarga yechimlarni topgach, umumlashgan xulosa chiqariladi. Bu bilan har bir talabaning mavzu bo’yicha yuzaga kelgan savollarga aniq yechimlar topishiga erishish mumkin.

2-rasm. To`ldirilgan "Fishbone" diagrammasi.
Oliy o’quv yurtlarida klinik dozimetriya fanining “Ionlovchi nurlanishlar va ularning asosiy xususiyatlari” mavzusini o’qitishda “Fishbone” metodini qo’llaymiz. Metoddan ma’ruza mashg’ulotini mustahkamlashda foydalanamiz. Talabalarga ma’ruza mashg’uloti bayon qilinadi. Ma’ruzani yanada mustahkamlash uchun auditoriya talabalari 2 guruhga ajratiladi va ma’ruzaga tegilashli topshiriqlar beriladi. 1-topshiriqda 1-guruh diagrammaning muammolar va savollar yoziladigan qismini to’ldiradilar, shunga ahamiyat berish kerakmi muammolar ketma-ket va bir-birini to’ldirishi zarur bo’ladi, 2-guruh shu muammolarga yechim topishlari va diagrammaga to’ldirishlari kerak. Keyinki topshiriqlarda guruhlar o’rnini almashtiradilar. To’ldirilgan diagramma 2-rasmda ko’rsatilgan.
Xulosa. “Fishbone” texnologiyasidan foydalanish talabalar ko'nikmalarni rivojlantiradi va guruh bo’lib ishlashiga yordam beradi. Metod matnlarni tahlil qilish, asosiy muammoni ajratib ko‘rsatish, unga javoblar izlash, umumlashgan xulosalar chiqarishga ko’maklashadi. Metodning asosiy maqsadi talabalar ijodkorligini va tizimli fikrlashini rivojlantirish. Metod muammaolar va yechimlar o’rtasida bo’g’liqlik hosil qiladi. “Fishbone” metodi orqali ko’plab mavzularni talabalarga chuqur o’rgatish mumkin. Ayrim mavzularda bu metodni qo’llash kutilgan natijani bermasligi mumkin, bunday holda qo’shimcha interfaol pedagogik metodlardan foydalanish zarur.

Download 116.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling