Baliq va baliq mahsulotlari inson organizmi uchun juda kerakli va uning taomnomasida muhim o’rinni egallaydigan parhyez ovqat turlaridan biridir


Baliqchilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari


Download 17.8 Kb.
bet2/3
Sana09.05.2023
Hajmi17.8 Kb.
#1449541
1   2   3
Bog'liq
31. baliqchilik tarmoqlari iqtisodiyoti

Baliqchilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari

Bozor iqtisodiyotigacha bo’lgan davrlarda baliq yetishtirish, uni sotish masalalari ancha takomillashmagan va oddiy uslublarda tashkil topgan edi. Muximi bu tarmoqni tarmoq sifatida tan olish va aholining unga bo’lgan iste’molini tibbiy me’yorlar darajasida ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilmas edi. Hozirda alohida baliqchilik xo’jaliklarining tashkil etilishi, ularning yetarli darajada yer-suv, moddiy, mehnat va boshqa resurslar bilan ta’minlanishi o’z navbatida ularga pirovard natijaga erishishda samarali faoliyat ko’rsatishlarini taqozo qiladi.


Kelajakda ko’proq, sifatliroq va arzonroq baliqchilik mahsulotlarini yetishtirish hamda sotish uchun quyidagi omillar, tavsiyalar va imkoniyatlardan oqilona foydalanish zarur:
I.Sun’iy suv havzalarida baliq yetishtirish bo’yicha:
1.Qishloq xo’jaligi ekinlari maqsadlarida ishlatilmaydigan sho’rxok yerlarda kichik baliqchilik fermer xo’jaliklari tashkil etish;
2.Har bir tumanda fermer xo’jaliklarini tizimli ravishda mayda baliq chavoqlari bilan ta’minlaydigan inkubasion – reproduktor xo’jaliklarini tashkil etish;
3.Baliqchilik fermer xo’jaliklarini O’zdonmaxsulot korxonalari va Chinoz maxsus baliq omuxta yem ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarilgan omuxta yem bilan uzluksiz ta’minlash;
4.Tumanlardagi shiyponlarda mavjud hovuzlarda kanal va kollektorlar relyefini inobatga olgan holda suv kirib chiqishini ta’minlab beruvchi basseynlarda intensiv baliq yetishtirish texnologiyasini joriy etish;
5.Tuman hokimliklari va hududiy havza boshqarmalari sun’iy suv havzalarida baliq yetishtiruvchi korxonalarini 2012 yilda zarur hajmdagi suv bilan kafolatli ta’minlash bo’yicha ishlarini aniq belgilab olishlari.
II.Tabiiy suv havzalarida baliq ovlash va ularni baliqlantirish masalalari bo’yicha:
1.Baliqchilik sohasida foydalanishi mumkin bo’lgan tabiiy suv havzalarini qayta inventarizasiya qilish va ko’llardagi baliq zaxiralaridan oqilona foydalanishni tashkil etish;
2.Viloyat va tuman miqyosida tabiiy suv havzalarda ishlatilmay turgan bo’sh maydonlarni ijaraga berishni tashkillashtirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olinishi;
3.Tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara to’lovlarini o’z vaqtida to’lashni ta’minlash;
4.Tabiiy suv havzalarini baliqlantirishni suv havzalari yaqinida markazlashtirilgan tarzda tashkil etishni yo’lga qo’yish;
5.Tuman hududlarida noqonuniy –brakonyerlik bilan shug’ullanyotgan shaxslarga qonunda belgilangan tartibda ma’muriy jazo choralarini qo’llash;
6.Aholi bandligini ta’minlash uchun tabiiy ko’llarda sun’iy qafaslarda baliq yetishtirish texnologiyasi joriy etish bo’yicha xorijiy va maxalliy investorlar mablag’larini jalb etish.
7.Baliq mahsulotlarini qayta ishlash va baliq mahsulotlarini tuman bozorlarida uzluksiz sotishni tashkil etish va mavsumiy bank kreditlari ajratish bo’yicha:
8.Tuman markaziy bozorlarida maxsus baliq sotish shoxobchalarini va tirik baliq sotishga mo’ljallangan baliq akvariumlarini qurish va ularda ularda muntazam ravishda baliq sotishni tashkil etish;
9.Tirik baliqlarni yarim tayyor mahsulot holida qayta ishlaydigan kichik korxonalarni qurish va ularni maxsus uskunalar, muzlatgich, sovutgichlar bilan jixozlashni tashkil etish;
10.Tuman hududidagi ovqatlanish korxonalarida baliq taomlarini menyularda doimiy bo’lishini va baliq taomlari xilma-xilligini ta’minlash.
11.Baliqchilik sohasini rivojlantirish maqsadida, moddiy-texnika bazasini yangilash, yangi texnologiyalar olib kirish, qayta ishlashni tashkil etish uchun baliqchilik xo’jaliklariga bank kreditlari berilishi ustidan nazoratni o’rnatish.
Baliqchilik sohasiga oid qonun hujjatlarni takomillashtirish vazifalari:
1.Hozirgi kunda baliqchilik bo’yicha yagona qonun qabul qilish zarurati yuzaga kelgan.
2.Qabul qilinadigan qonun:
3.Cun’iy baliqchilik ho’jaliklarida baliq yetishtirish, hovuz va yer fondidan maqsadli foydalanish;
4.Tabiiy suv havzalaridagi baliq zahiralaridan samarali va oqilona ovlashni tashkil qilish hamda baliq zahiralarini ko’paytirish choralarini kuchaytirish va ovlovchi korxonalarning konuniy javobgarligini oshirish;
5.Baliq mahsulotlarini sotishni tartibga olish va iste’molchilar huquqini himoya qilish;
6.Baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashni tashkil qilish jarayoni soliq va bojxona imtiyozlarini yaratish masalalarini o’z ichiga olishi zarur.

Download 17.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling