4.12. Mavzu.Baliqchilik tarmoqlari iqtisodiyoti.
Reja:
4.12.1.Baliqchilikning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.
4.12.2.Baliqchilikning iqtisodiy samaradorligini oshrish imkoniyatlari. 4.12.3.Baliqchilikda ilg‘or chet el tajribalari va ularni qo‘llash imkoniyatlari.
Baliqchilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati
Baliq va baliq mahsulotlari inson organizmi uchun juda kerakli va uning taomnomasida muhim o’rinni egallaydigan parhyez ovqat turlaridan biridir. Ma’lumki, baliq go’shti inson organizmida tez hazm bo’lishi bilan boshqa hayvonlar go’shtlaridan farq qiladi. Xolbuki, uning tarkibidagi barcha to’yimli moddalar boshqa go’shtlardagidan kam emas.
Baliq go’shti “D” vitaminiga boy va u inson organizmida Sa va R almashinuvini me’yorda saqlab turishga yordam qiladi. Shuningdek, yosh bolalarga va hatto kech kuz hamda qish oylarida bir joyda turib boqiladigan hayvonlarning raxit kasalga chalinishining oldini oladi va shu kasalga chalinganlarini davolashda katta ahamiyatga ega. Bundan inson ovqatlanishi uchun yaroqsiz bo’lgan baliqlar va baliqlarni qayta ishlash korxonalari chiqitlaridan tayyorlangan baliq uni qishloq xo’jaligi hayvonlari va parrandalarining ozuqa rasionini turli oqsil va vitaminlarga boyituvchi qimmatli qo’shimcha hisoblanadi.
Respublikamiz hududida karp, oq amur, do’ng peshona, karas va ilonbosh kabi iliq haroratga moil baliq zotlari urchitiladi. Ularning asosiy qismini karp zotli baliqlar tashkil qiladi. Bu zotli baliq juda ham serurug’ bo’lib, 4-5 yoshli tirik vazni 5-8 kg. Keladigan urg’ochilari suvning harorati 17-180 S ga yetganda birdaniga o’rtacha 700-800 ming, eng sifatlilari esa 1,5 mln.gacha ikra qo’ya oladi. Bu zotli baliqlarning o’sish imkoniyatlari juda yuqori bo’lib, 18-20 oyligida tirik vazni 1-1,5 kg. 28-32 oyligida esa 2,5-4 kg.gacha yetishi mumkin. Shu zotga mansub baliqlar urchiydigan hovuzlarning tabiiy baliq mahsuldorligi 1,2-2 sentnerga teng bo’lib, baliq mahsulotlari yetishtirishni jadal usulda amalga oshirilganda har gektar suv havzasidan 25-30 sentnergacha baliq yetishtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |