Baliqchilik asoslari
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- BALIQLARNING MEXANIK SHIKASÒLANISHI
NAZORAT SAVOLLARI
? 1. Baliq dushmanlari orasida qaysi sutemizuvchilar alohida ajralib turadi? 2. Kutoralarning baliqchilik xo‘jaligiga yetkazayotgan zarari nima- larda aks etadi? 3. Baliqlarning ko‘payishiga ziyon yetkazuvchi hayvonlarning sal- biy ta’sirlarini yo‘qotish yoki kamaytirish uchun qanday tadbir- larni qo‘llash samarali deb o‘ylaysiz? 4. Go‘shtxo‘r parrandalarning baliqlarga yetkazayotgan zarari ni- malarda o‘z aksini topadi? 5. O‘rdaklarning baliqchilik xo‘jaliklaridagi ahamiyati qanday? 6. O‘rdaklarning suv havzalarida 1 ga maydonga haddan tashqari ko‘payib ketishi oqibatida baliqlarda qanday kasalliklar avj oladi? 7. Baliqlarga parrandalar tomonidan yetkazilishi mumkin bo‘lgan ziyon nimalarda o‘z aksini topadi? 8. Baqalar, tipratikanlar baliqchilik xo‘jaligiga qanday zarar yetkazadi? 9. Parrandalar tomonidan keltirilayotgan zararlarni yo‘qotish, ol- dini olish maqsadida ko‘riluvchi chora-tadbirlarni bayon eting. 239 XVI bob. BALIQLARNING MEXANIK SHIKASÒLANISHI Baliqchilik sohasining industrial-jadal rivojlanishi sharoitida ko‘pchilik texnologik jarayonlar baliqlarga mexanik shikast yet- kazadi. Ko‘pincha mexanik shikastlanish, kontuziya va hokazo bilan kechadi. Bunda baliqlarning o‘limi to‘g‘ridan to‘g‘ri me- xanik shikastlanish oqibatida yoki ikkilamchi omillar, ayniqsa, infeksion kasalliklar natijasida sodir bo‘ladi. Baliqlarni kuzda ovlash va o‘tkazish ular uchun o‘ta xavfli hisoblanadi. Bunda suvning harorati 10 °C dan pastga tushib, baliq organizmida kechayotgan jarayonlarning tiklanishi qiyinlashadi, kuz va qishda olingan jarohatlarning tuzalishi qiyin va sekin bo‘ladi hamda zamburug‘li va boshqa kasalliklarning kelib chiqishi va rivojla- nishi kuchayadi. Bundan tashqari, ushbu davrda baliqlarning oziqlanishi to‘x- tab, ular uzoq muddat davomida (yoz oyining boshlarigacha) och qolishadi. Bu esa baliq organizmining kasalliklarga chidam- liligini pasaytirib yuboradi. Baliqlarni (ayniqsa, lichinkalari va bir yoshgacha bo‘lganla- rini) tashishda vujudga keladigan shikastlanishlarning asosiy sa- babi — bu ularning yaxshi tashkillashtirilmaganligidir. Baliqlar, ularning ikrasi va lichinkalari nazorat uchun ovlan- ganida davriy ravishda sortirovka, bonitirovka hamda gipofizar inyeksiya qilish orqali ovlanganlarida ham shikastlanishlari mum- kin. Baliqlar profilaktik ishlarni amalga oshirishda, vannalardan foydalanish jarayonlarida ham jarohatlanadilar. Baliqlarda shi- kastlanishlarga chidamlilik turlicha bo‘ladi, pelyad, oq va ola peshanado‘ng baliqlar va gulmohi juda ham og‘ir o‘tkazishadi. Shu sababli ularda ommaviy ravishda o‘lim kuzatilishi mumkin. 240 Baliqlarning shikastlanish omillariga yirtqich baliqlar, ha- sharotlarning lichinkalari, parrandalar va baliqlarning boshqa dushmanlari, suvdagi o‘simliklarning zichligi, shuningdek, baliq- larni gidroqurilmalar orqali o‘tkazish ham muhim o‘rin egallaydi. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling