Baliqchilik asoslari
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
Ola xumbosh (Hypophthalmichthys molitrix) — karpsimonlar
oilasining bir turi. Janubiy Xitoy daryolarida tarqalgan. Issiqsevar va tez o‘suvchi baliq. O‘rta Osiyoga xumboshbaliqning chavoq- lari bilan aralashib kelib qolgan. Boshi biroz katta, ko‘krak suz- gichi ancha uzun. Ola xumbosh suv o‘simliklari va zooplanktonlar bilan oziq- lanadi, shuning uchun ichagi qisqaroq. Xitoyning shimolida og‘irligi 15 kg bo‘lganida, 6—7 yoshida, Xitoyning janubida er- taroq, og‘irligi 6—7 kg bo‘lganida 4 yoshida voyaga yetadi. O‘rta Osiyoda esa vazni 10 kg da 5 yoshida voyaga yetadi. Mingtacha uvuldirig‘ini suvning o‘rta va ostki qatlamlariga tashlaydi. Ola xumbosh ovlanadigan qimmatbaho baliqlardan, lekin uni O‘rta Osiyoda hovuz xo‘jaligida ko‘paytirish choralari ko‘rilmayapti. Ovlanadigan qimmatbaho baliqlardan hisoblanadi. Xum- bosh O‘rta Osiyo va Qozog‘istondagi yirik shaharlar atrofida tash- 70 kil etilgan hovuz xo‘jaliklaridan ko‘paytirilayotganligi sababli Òoshkent kabi katta shaharlar aholisini yangi, hatto tirik baliq bilan to‘la ta’minlash mumkin. Uchlabbaliq (Opsariichthys uncirostris) — karpsimonlar oilasining bir turi. Amur havzasi, Xitoy, Yaponiya va Koreyada tarqalgan, chuchuk suv balig‘i. O‘rta Osiyoga 1960-yili uzoq sharqning qimmatli ovlanadigan baliqlaridan xumbosh va oq amur chavoqlari bilan aralashib kelib qolgan. O‘lkamizning sharoitiga moslashib, ko‘payib ketgan, chunonchi, Chirchiq hovuz-baliq xo‘jaligida boqiladi. Òabiiy tarqalgan yerlarida eng yiriklarining bo‘yi 32 sm gacha boradi. Amur daryosida yashaydiganlarining uzunligi 16 sm gacha. Uchlab baliqning tanasi cho‘zinchoq, tangachalari zich o‘rnash- gan. Og‘zi keng, dumosti suzgichi ancha katta. Bu baliqning hayoti yaxshi o‘rganilmagan. So‘g‘yon (Barbus brachycephalus) — mo‘ylovbaliq, qoziq shim; karpsimonlar oilasining bir turi. Orol va Kaspiy dengizla- rida hamda ularga quyiladigan daryolarda yashaydi. Bu baliq Farhod GESi to‘g‘onigacha, Amudaryoda esa Fayzobodning yuqorisigacha boradi. Farhod GESi qurilganda to‘g‘on oldida to‘planishib, undan o‘tishga harakat qilgan. Chu daryosida ham uchraydi, Ili daryosida sun’iy ravishda ko‘paytirilgan. So‘g‘yon O‘rta Osiyoda ovlanadigan eng yirik baliqlardan biri. Uzunligi 120 sm gacha, og‘irligi esa 23 kg gacha boradi. Usti tangachalar bilan qoplangan, orqa tomoni ko‘m-ko‘k, 23-rasm. Uchlabbaliq. 71 yonlari och ko‘k, qorni oq yoki sarg‘ish rangda. Boshi kichkina, og‘zi pastga qaragan. Ustki labining atrofida 4 ta uzun mo‘ylovi mavjud. Dengizda qirg‘oqdan uzoqroqda yashaydi. Urchish uchun daryoga o‘tadi, hayotning ko‘p qismini ham daryoda o‘tkazadi. Hatto ko‘pchiligi uzoq muddatga daryoda qolib ketadi degan tax- min ham bor. Umuman, so‘g‘yon daryoga muz erib bo‘lganidan keyin o‘ta boshlasa ham, aksariyati iyun-avgust oylarida o‘tadi. Daryoda uvuldiriq tashlaydigan yeriga kelasi yil sentabrda yetib boradi. Bu muddat ichida jinsiy mahsulotlari ham pishib yetiladi. So‘g‘yon uvuldirig‘ini daryoning suvi tez oqadigan, tagi toshloq yoki qumloq yerlariga tashlaydi. Serpusht baliq, uvuldirig‘ining soni 300 mingtacha, diametri 1,5—2 mm cha. Urchishdan keyin dengizga qaytadi. Daryoda aslo ovqatlanmasligi sababli dengizga yetib borguncha ozib-to‘zib ke- tadi, bunday baliqlarni mahalliy baliqchilar «panaxan» deb ataydilar. Lichinkasini suv daryo mansabiga oqizib ketadi. Bir guruh erkaklari voyaga yetgunga qadar daryoda qoladi. So‘g‘yonning yemishi molluskalar, hasharot va ularning qurtlari kabi turli jonivorlardan iborat. Daryoda suvo‘tlar bilan ko‘p oziqlanadi, lekin dengizda o‘simlikni unchalik xush ko‘rib yemaydi. Chavoqlari hasharot lichinkalari va o‘simliklar bilan oziqlanadi. Bu baliq, ayniqsa, yozda juda xo‘ra, ko‘p ovqat yeydi, shuning uchun ham u kuzda daryoga o‘tish vaqtida juda semiz bo‘ladi. Hozirgi vaqtda Orol dengizi baliqchiligida so‘g‘yon birinchi o‘rinda turmaydi, chunki 1928-yildan boshlaboq uning soni ancha kamayib ketgan. Buning sabablari, ko‘plab ovlanishidan tashqari 24-rasm. So‘g‘yon (mo‘ylovbaliq). 72 Sirdaryoda urchiydigan joylarining yo‘li Qizil O‘rda va Chordara to‘g‘onlari bilan to‘silib qolgani, chavoqlari Amudaryodan dengizga ketishida katta-kichik kanallarga kirib, qaytib chiqol- may qolishidandir. Ba’zi vaqtlarda bunday kanallarga har daqiqada 50—70 talab chavoqlari kirib qoladi. Faqatgina baliq turi sifatida emas, balki iqtisodiy ahamiyati katta, ovlanadigan baliq sifatida ham so‘g‘yonni asrash va ko‘paytirish kerak. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling