Baliqchilik asoslari


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Qorabaliq (Schizothorax intermedius) — zardabaliq; karp-
namo baliqlar turkumining bir turi. O‘rta Osiyo va Hindiston
shimolidagi daryolarda tarqalgan. Chuchuk suvda yashovchi bu
baliq O‘rta Osiyoda Amudaryo va Sirdaryo manbalarida, ko‘p-
gina suv havzalarida, jumladan, ko‘l va buloqlarda yashaydi,
tog‘ ko‘llarida ham uchrab qoladi. Odatda, suvi sovuq, toza va
tez oqadigan havzalarda hayot kechiradi. Bundan 50—60 yil
muqaddam Òoshkentning markazidan oqib o‘tadigan Chavlo
arig‘ida juda ko‘p uchrardi, keyinchalik ariqning suvi ifloslanishi
natijasida yo‘qolib ketdi.
Rangi yashaydigan muhitga bog‘liq. Loyqa suvli daryolarda
yashovchilarining orqasi och kulrang, yon tomonlari xira ku-
mushrang. Òiniq suvda yashaydiganlarining orqasi qoramtir yoki
bo‘zrang, boshi ko‘kimtir, yonlari esa sarg‘ish bo‘ladi. Og‘zi
19-rasm. Qorabaliq.


65
boshining oldida o‘rnashgan, labi qalin, og‘zining burchaklarida
bir juftdan mo‘ylovlari bor. Yelka qanotining birinchi shu’lasi
qattiq va uchli, orqa qirrasi arra tishli.
Qorabaliq kunduzi ostidagi kamarlarga kirib yotadi, tunda
faol hayot kechiradi umuman, bu baliq pana yerlarga yashirinib
yotishni yaxshi ko‘radi. Òoshlar va qotib qolgan loylar ustiga
yopishgan o‘simlik va jonivorlarni shox modda bilan qoplangan
o‘tkir qirrali pastki jag‘i yordamida qirib olib yeydi. Chavoqlari
mayda planktonlar, qisqichbaqalar bilan ovqatlanadi, kattalari
esa yirtqichlarcha hayot kechiradi.
3—4 yoshida voyaga yetadi, butun yoz bo‘yi urchiydi. Mart
va aprel oylarida, hatto sentabrda ham uvuldirig‘i to‘la yetilgan
urg‘ochilariniki urchishi mumkin. Serpushtligi yoshiga bog‘liq —
kattarog‘i o‘ng mingtacha va undan ham ko‘proq uvuldiriq tash-
lashi mumkin. Uvuldirig‘ini tagi toshloq yoki qumloq, suvi sekin
oqadigan sayoz yerlarga qo‘yadi. Òuxumdan yangi chiqqan cha-
voqlari may oyidan to avgustgacha urchib turadi. Sekin o‘sadi,
20 yoshlarida eng kattasining bo‘yi 60 santimetrcha keladi, bun-
dan yirigi uchramagan.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling