Baliqchilik asoslari


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Bonitirovka usullari. Bonitirovka baliqlarni erta bahorda qish-
lagan hovuzlardagi baliqni tutish davrida o‘tkaziladi. Naslli baliq-
larni tortish uchun turli xil moslamalar qo‘llaniladi. Ko‘p hollarda
metall yoki yog‘och karkaslarga berkitilgan brezentli zambil —
kajavalardan foydalaniladi. Naslli va katta yoshdagi ta’mirlovchi
baliqlar — 50 g, ikki va uch yoshli baliqlar 10 g aniqlikda o‘l-
chanadi. Baliqlar o‘lchov taxtalarida o‘lchanadi. O‘lchov taxta-
larining o‘lchamlari katta baliqlarning ham o‘lchanishini ta’min-
lashi lozim (80 m uzunlik, 25 sm eni va 20 sm balandligi).
Naslli baliqlarning yoshi seriyali belgilar yordamida aniqla-
nadi, agar baliqlar galasi belgilangan bo‘lsa, naslli baliqlar yoshi
tangalaridagi yillik halqalar soniga qarab aniqlanadi. Buning uchun
yelka suzgichlarining pastidan 1—2 tangacha olinadi va nashatir
spirtining kuchsiz eritmasidan yuvilib, ikkita oyna oralig‘iga qisilib,
lupa yordamida yillik halqalar ko‘riladi. Halqalar soni baliqlar
yoshiga to‘g‘ri keladi. Sog‘liq holati vizual usulda aniqlanadi.
Baliqlarni bonitirovka qilishda uning urg‘ochi va erkakligini
bilish uchun bahorgi bonitirovka vaqtida zog‘orabaliq urg‘o-
chisining qorni yaxshi ko‘rinib turadi. Do‘ngpeshana va amur


98
baliqlarining barcha yetuk erkaklarida ko‘zga tashlanadigan bel-
gisi ko‘krak suzgichlarining birinchi yonidagi ketiklaridir. Ur-
g‘ochilarida esa bu yoy silliq bo‘ladi. Urg‘ochi baliqlar uvul-
diriq qo‘yishga tayyor ekanligini qornidan ham bilish mumkin.
Shuningdek, suzgich qanotlarining joylanishiga hamda orqa suz-
gich qanotlarining dum tarafiga qarab bilish mumkin.
Saralab olingan nasl beruvchi baliqlar uvuldiriq qo‘yishdan
oldin boqish uchun hovuzlarga quyiladi. Odatda, bu yaxshi
tekislangan, maydoni 0,5—2 ga o‘lchamli va chuqurligi 1,5—2 m
bo‘lgan, baliqlarni ovlash va transport yaqin kelishi uchun qulay
imkoniyatlar yaratilgan hovuzlardir. Baliqlar bu hovuzlarda
200—300 ekz/ga zichlikda uvuldiriq qo‘yishga qadar boqiladi.
Inkubatsiya kampaniyasi mobaynida hovuzlardan baliqlarning
kerakli soni ovlab olinadi. Zog‘orabaliqning urg‘ochilari boqila-
yotgan bunday hovuzlarga «yovvoyi» mayda sazan baliqchalari
yoki tovar to‘dasidagi zog‘orabaliqlar tushib qolishiga yo‘l
qo‘ymaslik kerak, chunki ular hovuzda rejalashtirilmagan uvul-
diriq tashlanishiga sababchi bo‘lishlari mumkin.
34-rasm. Erkak va urg‘ochi baliqlarni jinsiga ko‘ra ajratish.
1
2
3


99

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling