Baliqchilik asoslari


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Moddalar almashinuvi. Barcha tirik mavjudotlardagi singari
baliqlar organizmida ham xilma-xil va murakkab jarayonlar sodir
bo‘lib turadi. Bu jarayonlarning majmuyi moddalar almashinuvi
deyiladi. Moddalar almashinuvi jarayonida tashqi muhitdan
olingan oziq moddalardan organizm uchun zarur bo‘lgan
moddalar hosil bo‘ladi. Bu moddalar organizmning o‘sishi, nasl
qoldirishi va barcha hayotiy jarayonlarini ta’minlashga sarf bo‘ladi.
3-rasm. Baliqning ovqat hazm qilish va ayirish
sistemasi (tartibi).
Buyragi
Suzgich pufagi
Jabra yoriqlari
Halqumi
Tili
Qizilo‘ngachi
Jigari
O‘t pufagi
Oshqozoni
Ichagi
Anal teshigi
Siydik yo‘li
Siydik pufagi


29
3.6. Baliqlarning nafas olishi
Baliqlarning aksariyati suvdagi erigan kislorodni qonga o‘t-
kazishga moslashgan jabra orqali nafas oladi. Jabra maxsus bo‘sh-
liqqa joylashgan bo‘lib, ustini suyak plastinkalardan iborat oy-
quloq suyagi qoplab turadi.
Ba’zi baliqlar, chunonchi, seratod, itbaliq kabilar suvdagi
kislorodni qabul qilishdan tashqari, havodan nafas olishga ham
moslashgan. Suv havzasida kislorod yetishmay qolishi natijasida
ba’zi baliqlarda o‘pka yoki atmosferadan kislorod olishga mos-
lashgan qo‘shimcha nafas olish a’zosi hosil bo‘ladi. Masalan,
anabas, gurami kabi labirintli baliqlarda birinchi jabra yoyining
ustki qismida kichikroq bo‘shliq bor. Baliq yutgan havodagi kis-
lorod shu bo‘shliqda joylashgan va shilimshiq parda bilan qop-
langan yupqa suyak plastinkachalar orqali bir talay ingichka
tomirlarga o‘tib, qonni oksidlantiradi. Bunday nafas olish apparati
labirint deb ataladi.
3.7. Baliqlarning suzgich pufagi
Suyakli ganoidlar va ayrim suyakli baliqlarda qorin bo‘sh-
lig‘ining ustki tomoniga o‘rnashgan suzgich pufagi bor. U, aso-
san, gidrostatik organ bo‘lib, ichi gaz bilan to‘lganda baliq yen-
gillashadi, puchayganda esa og‘irlashadi. Suzgich pufagi qi-
zilo‘ngachning ustki devori bo‘rtib chiqishidan vujudga keladi. U
ba’zi baliqlarda, chunonchi, karpsimonlarda qizilo‘ngach bilan
qo‘shilgan, olabug‘asimonlarda esa qizilo‘ngachdan ajralgan holda
bo‘ladi. Pufakning ichi kislorod, karbonat angidrid va azot gazlari
bilan to‘la, ayniqsa, azot ko‘p.
Qalqonli cho‘rtan va loyqabaliq suzgich pufagi orqali at-
mosferadan nafas oladi. Bu pufak ko‘pincha eshituv organi bilan
bevosita yoki o‘zining birinchi bo‘lmasidagi Veber apparati deb
ataladigan bir necha suyakchalar orqali qo‘shiladi. Suzgich pufagi
ichki quloq sohasi bilan bog‘langani sababli Veber apparati
baliqlarda eshitish vazifasini bajarsa kerak.
Ba’zi laqqanamolar, eshvoybaliqlarning qo‘shimcha nafas
olish a’zosi boshqacharoq bo‘ladi. Ular suv betiga chiqib havo


30
yutadilar, havo pufakchalaridagi kislorod ichaklardan mayda qon
tomirlariga o‘tib, qonni oksidlantiradi. Atmosfera havosidan bu
xil nafas olish ichak orqali nafas olish deb ataladi.
Chinakam o‘pka faqat ikki xil nafas oluvchi baliqlarda, chu-
nonchi, seratod, protopterus, lepidosirenlar va cho‘tka qanotli-
larda bo‘ladi, xolos. Shunday qilib, ayrim baliqlar quruqlikka
chiqishga va havodan nafas olib yashashga jur’at qilgan va shu bi-
lan uzoq davom etgan tadrijiy taraqqiyotni boshlab bergan. Bu
evolutsiya natijasida amfibiyalar, sudralib yuruvchilar, qushlar va
hatto oliy jonivorlar — sutemizuvchilar va odam paydo bo‘lgan.
Demak, baliq odamning umurtqalilar orasidagi naslboshisidir.
Ko‘pgina baliqlar jabra va o‘pkadan tashqari teri orqali ham
nafas oladi. Jabra orqali nafas olishda suv baliqning og‘zidan ki-
rib, halqum teshikchalari orqali jabra bo‘shlig‘iga o‘tadi, undan
boshning yonidagi teshiklar orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.
Jabra bilan nafas olish ham o‘pka orqali nafas olishdan farq
qilmaydi. Jabra yaproqlarida ham o‘pkadagiga o‘xshash mayda
tomirlar bor, ular suvdagi kislorodni shimib oladi. Jabra apparati
nafas olishga yaxshi moslashgani sababli, ba’zi baliqlar havodan
ham nafas oladi, chunonchi, zog‘orabaliq yozning issiq kunlari
suvda kislorod kamayib ketganida suv betiga ko‘tariladi va havo
pufakchalarini yutib, nam jabrasi oldida tutib turadi. Bunday ho-
disani akvariumda ham uchratish mumkin.
Baliq doim suv yutadi. Suv og‘iz bo‘shlig‘idan jabra yoriqlari
orqali o‘tadi, bu yoriqlar halqum devorlaridan o‘tgan bo‘lib,
nafas organlari jabralarni yuvadi. Zog‘orabaliqda ular jabra
yoylaridan iborat, ulardan har qaysisining bir tomonida och
qizil rangli jabra yaproqchalari, ikkinchi tomonida esa oqish jabra
tichinkalari bor. Jabra tichinkalari suzgich apparatidir: ular o‘lja
jabra orqali sirg‘anib chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Jabra
yaproqchalaridan juda mayda qon tomirlari — kapillarlar o‘tgan.
Jabra yaproqchalarining yupqa devori orqali qonga suvda erigan
kislorod o‘tadi, qonda esa suvga karbonat angidrid chiqariladi.
Agar kislorod kam bo‘lsa, baliqlar suv yuzasiga chiqib, og‘iz
orqali havo ola boshlaydi. Agar ular kislorod kam bo‘lgan suvda
uzoq vaqt yashasa, nobud bo‘ladi. Qishda suv havzalaridagi muz


31
ostida ba’zan kislorod yetishmay qoladi. Bu vaqtda baliqlar qiy-
naladi. Buning oldini olish uchun har yer-har yerda muzni yorib,
teshik ochiladi. Qurib qolgan jabra yaproqchalari kislorod va
karbonat angidridni o‘tkaza olmaydi. Shuning uchun suvdan
chiqarib olingan baliq tezda nobud bo‘ladi. Nozik jabralarning
tashqi tomonidan jabra qopqoqlari bo‘ladi.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling