Baliqchilik asoslari
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
Baliqlar refleksi. Akvariumdan zog‘orabaliqning xulq-atvo-
rini kuzatayotib, uning ta’sirlanishiga javobi ikki xil namoyon bo‘lishini ko‘rish mumkin. Agar zog‘orabaliqqa sal teginsa, u darhol biror tomonga chap beradi. Oziq turiga ham uning javobi shunchalik tez. Ochko‘z yirtqich o‘z o‘ljasi (mayda baliqlar va turli umurtqali hayvon- lar — qisqichbaqasimonlar, chuvalchanglar)ga shiddat bilan 7-rasm. Turli tipdagi baliqlarning tashqi ko‘rinishi: 1 — nayzasimon; 2 — otadigan kichikroq dengiz balig‘i; 3 — yassi ichiga botgan baliq; 4 — oyga o‘xshash baliq, 5 — qalqonbaliq (ikki ko‘zi bir tomonda bo‘lgan yapaloq dengiz balig‘i); 6 — ilonbaliq; 7 — lentaga o‘xshagan baliq; 8 — sharsimon baliq; 9 — dumi ingichka yapaloq dengiz balig‘i. 1 2 3 4 5 6 7 8 9 37 tashlanadi. O‘ljani ko‘rganda qo‘zg‘alish zog‘orabaliqning ko‘- rish nervi bo‘ylab markaziy nerv sistemasiga boradi va darhol harakatlantiruvchi nervlar bo‘ylab undan mushaklarga qaytadi. Zog‘orabaliqning o‘ljasi tomon suzib boradi va uni tutib oladi. Organizmning ta’sirlanishiga ana shunday javob qaytarish me- xanizmi tug‘madir, bunday reflekslar shartsiz refleks deb ata- ladi. Bir turdagi hamma hayvonlarda shartsiz reflekslar bir xil bo‘ladi. Ular tug‘ma bo‘lib, nasldan naslga o‘tadi. Agar akvariumdagi baliqlar biror ta’sir (sharoit) ostida oziq- lantirilsa, masalan, lampochka yoqilsa yoki oynasi taqillatilsa, bir qancha vaqt o‘tgandan keyin, baliqlar oziq berilmaganda ham bunday signalga javoban o‘z-o‘zidan harakatga keladi. Baliqlarda shunga o‘xshash signallarga shartli reflekslar, ya’ni ma’lum sharoitda paydo bo‘ladigan reflekslar kelib chiqadi. Baliqlar o‘zining biologik xususiyatidan kelib chiqib, tashqi ko‘rinish jihatidan turlichadir. Òurli tipdagi baliqlarning tashqi ko‘rinishi 7-rasmda berilgan. 1. Baliqlarning og‘iz va tish tuzilishini bayon eting. 2. Baliqlarning tana va suzgichlari qaysi xususiyatlarga bog‘liq holda tuzilgan? 3. Suzgichlar baliqlarga qanday maqsadda xizmat qiladi? 4. Baliqlarda qanday turdagi tangachalar uchraydi? Ularni izohlang. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling