Baliqchilik asoslari
Qo‘shimcha baliq turlari
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zarafshon oq chebagi
5.2. Qo‘shimcha baliq turlari
Qora amur (Mylopharyngodon piceus) — karpsimonlar oilasining bir turi. Amur daryosi havzasida, Sharqiy Xitoy va Òayvan orolida tarqalgan chuchuk suv balig‘i, daryo va ko‘llarda yashaydi. O‘rta Osiyoga 1960-yili oq amur va xumbosh baliq bilan 12-rasm. Qora amur. 56 birga keltirilgan. Bo‘yi 120 santimetrcha, og‘irligi 35 kilogramm- gacha boradi. Ustini qoplagan qora tangachalari yirik, qorin to- moni oqishroq. Halqum tishlari 1—2 qator, katta va yaxlit bo‘lib, chig‘anoq kabi qattiq narsalarni xuddi tegirmon toshi singari maydalab tashlaydi. Kichkina og‘zi boshining oldiga o‘rnashgan. Qora amur sekin o‘sadi, 7—9 yoshida voyaga yetadi. Pelagik uvuldirig‘ini iyun-iyul oylarida, daryoning suvi ko‘tarilib, harorati 26—30 °C ga yetganida tez oqar yerlarga tashlaydi. Oziqasi molluska, qisqichbaqa va suv hasharotlaridan iborat. Xitoyda keng tarqalgan va ovlanadigan muhim baliqlardan biri hisoblanadi, yiliga 300 ming sentner va undan ham ko‘proq miqdorda ovlanadi. Qora amur O‘rta Osiyo hovuz xo‘jaliklarida ko‘paytirilmoqda. Zarafshon oq chebagi (Leuciscus lehmanni) — karpsimonlar oilasining bir turi. Zarafshon havzasi, Sirdaryo va uning Angren, Chirchiq kabi irmoqlarida, Amudaryoning Surxon va Kofirnihon irmoqlarida hamda Qashqadaryoda tarqalgan. Daryo tarmoqlari, katta-kichik ariq va soylar, kanal va suv omborlarining qirg‘oqqa yaqin yerlari va qo‘ltiqlarida yashaydi. Hasharotlarning suvdagi lichinkalari, mayda molluskalar kabi jonivorlar va suvo‘tlar bilan oziqlanadi. Zarafshon oq chebagi ikki yoshida voyaga yetadi. Uvuldirig‘ini fevral-aprel oylarida tashlaydi, serpushtligi yoshiga bog‘liq. Kat- talarining uvuldiriqlari 17—19 mingtacha, yoshlariniki 5—7 ming- tacha chiqadi. Iqtisodiy ahamiyati yo‘q, lekin Zarafshon vodiy- sida yashovchilar bu baliqni ko‘plab iste’mol qiladilar. 13-rasm. Zarafshon oq chebagi. 57 Yevropa va Shimoliy Osiyoda tarqalgan. O‘rta Osiyoda Orol dengizida, Sirdaryo va Amudaryoda oz miqdorda uchraydi. Orqasi ko‘kimtir-kulrang va mayda xolli, yon tomonlari sarg‘ish, qorni oqishroq, suzgichlarida qora xollari bor. Umuman, bu baliqning rangi yashaydigan yeriga bog‘liq. 15 santimetr, Sibirda ba’zan kattaroqlari ham uchraydi. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling