Baliqchilik asoslari
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
Bonitirovka usullari. Bonitirovka baliqlarni erta bahorda qish-
lagan hovuzlardagi baliqni tutish davrida o‘tkaziladi. Naslli baliq- larni tortish uchun turli xil moslamalar qo‘llaniladi. Ko‘p hollarda metall yoki yog‘och karkaslarga berkitilgan brezentli zambil — kajavalardan foydalaniladi. Naslli va katta yoshdagi ta’mirlovchi baliqlar — 50 g, ikki va uch yoshli baliqlar 10 g aniqlikda o‘l- chanadi. Baliqlar o‘lchov taxtalarida o‘lchanadi. O‘lchov taxta- larining o‘lchamlari katta baliqlarning ham o‘lchanishini ta’min- lashi lozim (80 m uzunlik, 25 sm eni va 20 sm balandligi). Naslli baliqlarning yoshi seriyali belgilar yordamida aniqla- nadi, agar baliqlar galasi belgilangan bo‘lsa, naslli baliqlar yoshi tangalaridagi yillik halqalar soniga qarab aniqlanadi. Buning uchun yelka suzgichlarining pastidan 1—2 tangacha olinadi va nashatir spirtining kuchsiz eritmasidan yuvilib, ikkita oyna oralig‘iga qisilib, lupa yordamida yillik halqalar ko‘riladi. Halqalar soni baliqlar yoshiga to‘g‘ri keladi. Sog‘liq holati vizual usulda aniqlanadi. Baliqlarni bonitirovka qilishda uning urg‘ochi va erkakligini bilish uchun bahorgi bonitirovka vaqtida zog‘orabaliq urg‘o- chisining qorni yaxshi ko‘rinib turadi. Do‘ngpeshana va amur 98 baliqlarining barcha yetuk erkaklarida ko‘zga tashlanadigan bel- gisi ko‘krak suzgichlarining birinchi yonidagi ketiklaridir. Ur- g‘ochilarida esa bu yoy silliq bo‘ladi. Urg‘ochi baliqlar uvul- diriq qo‘yishga tayyor ekanligini qornidan ham bilish mumkin. Shuningdek, suzgich qanotlarining joylanishiga hamda orqa suz- gich qanotlarining dum tarafiga qarab bilish mumkin. Saralab olingan nasl beruvchi baliqlar uvuldiriq qo‘yishdan oldin boqish uchun hovuzlarga quyiladi. Odatda, bu yaxshi tekislangan, maydoni 0,5—2 ga o‘lchamli va chuqurligi 1,5—2 m bo‘lgan, baliqlarni ovlash va transport yaqin kelishi uchun qulay imkoniyatlar yaratilgan hovuzlardir. Baliqlar bu hovuzlarda 200—300 ekz/ga zichlikda uvuldiriq qo‘yishga qadar boqiladi. Inkubatsiya kampaniyasi mobaynida hovuzlardan baliqlarning kerakli soni ovlab olinadi. Zog‘orabaliqning urg‘ochilari boqila- yotgan bunday hovuzlarga «yovvoyi» mayda sazan baliqchalari yoki tovar to‘dasidagi zog‘orabaliqlar tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki ular hovuzda rejalashtirilmagan uvul- diriq tashlanishiga sababchi bo‘lishlari mumkin. 34-rasm. Erkak va urg‘ochi baliqlarni jinsiga ko‘ra ajratish. 1 2 3 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling