Baliqchilik - keyingi 30-40 yil ichida O’zbekistonda ayniqsa Qashqadaryoda Qarshi cho’lini, yangi erlarni o’zlashtirish oqibatida ko’pgina suv omborlari vujudga keldi. Bu vohamizda baliqchilikni sun’iy suv havzalarining yaratilishiga asos bo’ldi.
Hozirgi kunda viloyatimizda bir qancha baliqchilik xo’jaliklari tashkil etilgan bular Chimqo’ron, Tallimarjon va h.k.o.
Viloyatimizda baliqchilikni rivojlantirish uchun qimmatbaho baliq turlari materikning turli regionlaridan keltirib iqlimlashtirilmoqda. Qadimdan viloyatimiz suvliklarida uchta baliq turi uchrasa bugungi kunda 28 ta baliq turi iqlimlashtirilgan.
Er yuzida baliqlarning 20 mingdan ortiq turi tarqalgan bo’lib umrtqali hayvonlarning qariyb 50 % ini tashkil etadi. Baliqlar – butun er yuzi suvliklarida (chuchuk va sho’r) er osti suvliklarida, qaynoq buloqlarda ham yashaydi.
Baliqlarning tabiatdagi roli nihoyatda katta, jumladan inson kundalik hayotida ahamiyati juda salmoqli, ayniqsa oziq-ovqat maxsulotlari eng ko’p qismi (ba’zi mamlakatlar axolisi uchun qazib hammasini) to’ri keladi.
Bevosita baliqlar bilan shuullanadigan fan ixtiologiya deb ataladi
(ixtios-baliq , logos-fan grekcha)
Insonlar qadimddan baliqlar bilan shuullanib kelgan. Qadimgi ibtidoiy odam ham baliq ovlagan. Buni usha davrga mansub orlar devoridagi rasmlardan ko’rish mumkin.
Baliqlar xaqidagi dastlabki ma’lumot Aristotel (Eramizgacha 384-322) asarlarida uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |