Kirish
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartiga koʻra “5410600 - Zootexniya
(baliqchilik)” ta’lim yoʻnalishlariga oʻqitiladigan “Baliqlarni oziqlantirish” fan
dasturi oziqalarni toʻyimliligini baholash, ozuqa turlari, baliqlarni me’yor asosida
oziqlantirish va ozuqalarni zootexnikaviy tahlil qilish boblaridan tashkil topgan.
Fanning maqsad va vazifalari
Fanning asosiy maqsadi - talabalarga baliqchilik xo‘jaliklarida baliqlarni
oziqlantirishni to‘g‘ri tashkil qilish yo‘li bilan ulardagi mavjud genetik
imkoniyatni to‘liq ishga solish va ulardan olinadigan mahsulotlari yuqori miqdorda
sifatli va arzon, ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha nazariy va amaliy
bilimlarini shakllantirishdan iboratdir.
Fanning vazifasi – fan talablarini nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar,
ozuqalarning to‘yimliligini, kimyoviy tarkibi, hazmlanish darajasi, saqlanadigan
protein, uglevod, mineral va biologik faol moddalarga qarab baho berish,
ozuqalarning kimyoviy tarkibini laboratoriya sharoitida aniqlash, ozuqalarning
tarkibi, to‘yimliligi va fiziologik ahamiyati bo‘yicha guruhlar bo‘yicha tasniflash,
ozuqalarning sifatini baholash, omuxta yem reseptlarini tuzish va ishlab chiqarish,
baliqlarning turi, zoti va yoshi bo‘yicha ozuqa me’yorlarini belgilash hamda
dunyoqarashini shakillantirish dan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: