Baliqlarning ichki tuzilishi Reja: Ovqat hazm qilish sistemasi 2
Download 345.69 Kb.
|
Baliqlarning ichki tuzilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5- beshinchi juft
- 6- oltinchi juft
- 8-sakkizinchi juft
4-to’rtinchi juf (G’altak nerv-n.trochlearis) o’rta miya bilan uzunchoq miya oralig’idan chiqadi (preparatda u miyacha ostidan chiqqandek ko’rinadi). Bu nerv o’rta miya qopqog’i orqali o’tib, ko’z kosasi devorining oldingi qismida ko’zning ustki qiya muskulida tarmoqlanadi. Bosh miyaning boshqa qolgan nervlarining hammasi uzunchoq miyadan chiqadi.
5- beshinchi juft (Uchlik nervi-n.trigeminus) murakkab nerv hisoblanadi, u uzunchoq miyaning oldingi qismi yon devoridan yo’g’on ildiz bilan boshlanib, darhol bir necha tarmoqlarga bo’linadi. Shulardan ko’zga, lunjga, yuqori va pastki jag’ga boradigan tarmoqlar eng kattalari hisoblanadi. Uchlik nerv funksiyasi jihatidan aralash, ya’ni ham sezuvchi va ham harakatlantiruvchi nervdir. 6- oltinchi juft (Uzoqlashtiruvchi nerv-n.abducens) uzunchoq miyaning ostidan chiqadi, lekin preparatda uning chiqqan joyi ko’rinmaydi. Bu nerv ko’zning sirtqi to’g’ri muskulini innervatsiyalaydi. 7- ettinchi juft (Yuz nervi-n.facialis). Bu nerv uchlik nervga juda yaqin yondosh bo’lib, uning ketidan chiqadi. Shuning uchun ham ularning asoslarini bir-biridan ajratish qiyin. Yuz nervi ham bir necha tarmoqlarga bo’linib, shulardan ko’z, tanglay va til osti tarmoqlari eng yiriklari hisoblanadi. Uchlik nerv singari yuz nervi ham aralash nerv bo’lib, uning ko’z va tanglayga boradigan tarmoqlari sezuvchi, til osti tarmog’i esa aralashdir (sezuvchi va harakatlantiruvchi). 8-sakkizinchi juft(Eshituv nervi n.acusticus). Bu nerv uzunchoq miyaning yon devoridan chiqishi bilanoq miya qutisining devoriga kirib, ichki quloqni innervatsiyalaydi. Eshituv nervi fakat sezuvchi nervdir. 9-to’qqizinchi juf (Til- halqum nervi-n.glossopharyngeus ) akulaning birinchi jabra yorig’iga borib, ikkita tarmog’i bilan uning oldingi va keyingi qismlarini innervatsiyalaydi. Bu nerv funksiyasi jihati-dan aralash bo’lib, sezuvchi va harakatlantiruvchi nervdir. 10- o’ninchi juft(Adashgan nerv-n.vagus) aralash nerv bo’lib, uzunchoq miyaning yonboshidan, keyinchalik bir-biri bilan qo’shilib yo’g’on nerv tomirini hosil qiladigan bir qancha tarmoqlar holida chiqadi. Adashgan nerv bosh miyaning boshqa nervlaridan gavdaning ko’pchilik qismini innervatsiyalashi bilan farq qiladi. Asosiy tarmoqlaridan to’rttasi to’rt jabra yorig’ini (ikkinchidan beshinchigacha), beshinchi - ichki organlar yonbosh tarmog’i esa tana va dum bo’limlarining teri sezish organlarini innervatsiyalaydi. Orqa miya nervlarining orqa va qorin butoqlari har ikki tomondan juft-juft bo’lib birlashib, umumiy aralash nervni hosil qiladi. Download 345.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling