Baliqlarning virusli gemorragik septitsemiya, krasnuxa kasalliklari. Reja


Download 25.54 Kb.
bet1/4
Sana20.06.2023
Hajmi25.54 Kb.
#1635541
  1   2   3   4
Bog'liq
Baliqlarning virusli gemorragik septitsemiya, krasnuxa kasalliklari.


Baliqlarning virusli gemorragik septitsemiya, krasnuxa kasalliklari.


Reja:



  1. Virusli gemorragik septitsemiya kasalligi.

  2. Karp turdagi baliqlarning krasnuxa (qizamiq) kasalligi.

1. “Baliq kasalliklari” fanining xususiy boʻlimida baliqlarda uchraydigan infeksion, ichki yuqumsiz, invazion va etiologiyasi nomaʼlum boʻlgan kasalliklar toʻgʻrisida maʼlumot beramiz. Dastlab baliqlarda uchraydigan infeksion – yuqumli kasalliklar toʻgʻrisida bizlarga maʼlum boʻlgan maʼlumotlar yetkaziladi.


Baliqlarning infeksion – yuqumli kasalliklari. Baliqlarning yuqumli kasaliklariga shunday kasalliklar kiradiki, bu kasalliklarning qoʻzgʻatuvchilari, chaqiruvchilari viruslar, bakteriyalar, zamburugʻlardir.
Oxirgi yillarning tadqiqotlari shuni koʻrsatmoqdakim, baliqlarning juda koʻp kuchli kasallanishi, ayniqsa sunʼiy urchitiladigan suv havzalarida, bu virusli kasalliklar hisobiga toʻgʻri keladi. Biroq, ayrim virusli kasalliklarning patogenezida bakteriyalarning ishtirok etilishi tadqiqotlarda aniqlangan va tasdiqlangan. Virusli kasalliklarda bakteriyalarning ishtirok etiishi oqibatida asoratli jarayonlarni kelib chiqishiga sabab boʻlib, ikkilamchi, sekundar qoʻzgʻatuvchilari tasdiqlangan.
Virusli kasalliklar. Bu kasallik qoʻzgʻatuvchilari juda ham mayda organizmlar boʻlib, ularning kattaligi mk ni tashkil qiladi (10-300). Bu organizmlar baliq tanasidagi xujayralarning ichida, ham sitoplazmasida va ham oʻzagida, parazitlik qiladi. Ularning shakli turli-tuman: tayoqchasimon, ipsimon, urchuqsimon va hokazo. Viruslarning etilgan qismi – varionlar ikkita komponentlardan, yaʼni oqsil va bitta nuklein kislotasi (yo DNK va yoki RNK) dan iborat boʻlib, boshqa mikroorganizmlardan ushbu xususiyatlari bilan keskin farq qiladi. Viruslarning koʻpayishi ham boshqa mikroorganizmlardan farq qilib, viruslardagi har bir komponentlar alohida ravishda xoʻjayin organizmining turli qismlarida sintezlanadi, soʻngra esa ular oʻzaro birikishadi va etilgan virusni hosil qiladi.
Virusli kasalliklarda aniq va toʻgʻri diagnoz qoʻyish uchun virus qoʻzgʻatuvchini ajratib olish zarurdir. Buningg uchun bir qancha usullar mavjud. Shulardan eng asosiysi bu viruslarni toʻqima kulturasida oʻstirish va elektron mikroskopda aniqlashdir. Virusologik tekshirishda toʻqima kulturasini ajratib olish juda ham mushkil ish boʻlib, faqat maxsus jihozlangan laboratoriya sharoitida amalga oshirish mumkin. Turli virus turlari uchun turli xil toʻqima kulturasi kerak boʻladi. Masalan, ayrim viruslar baliqlardan olingan aniq bir toʻqima kulturasida rivojlansa, boshqalari esa bunga bunchalik talabni his etmaydi, yaʼni ushbu kasallik bilan zararlangan baliqlardan olinganmi yoki sogʻlom baliqlardan olinganmi unchalik farq qilmaydi.
Baliqlarning viruslari haqidagi toʻplangan barcha materiallar ularni issiq qonli hayvonlardagi viruslardan farqlarini va ularni klassifikatsiyasini aniqlashda imkon yaratadi. Baliq viruslarining issiqqonli hayvonlar virusidan asosiy farqi shundan iboratki, baliq viruslari turli, keng qamrovli harorat chegarasida yashay olishi va koʻpayish xususiyatiga ega. Bunda pastki harorat chegarasi issiq qonli hayvonlarga nisbatan ancha past va baliqlarning yashashi uchun kerakli harorat bilan tengdir.
Baliqlarning virusli kasalliklari kontakt yoʻli bilan yoki yashash muhiti orqali tarqaladi. Ayrim kasalliklarda esa ularning tarqalishi tashuvchilar orqali, masalan, umurtqasiz qon soʻruvchilar orqali (zuluk, qisqichbaqa orqali) amalga oshadi.
Virusli gemorragik septitsemiya kasalligi (yirik baliqlarda). Bu kontagioz yuqumli kasallik boʻlib, kasallik (virusomik) jarayonlar, terining qorayishi, qorin boʻshligʻining shishishi, suzgʻich apparatining izdan chiqishi, nerv sistemasi faoliyatining buzilishi, jabrada qon qoʻyilishlar hamda koʻzning biriktiruvchi toʻqimasida, skelet muskulaturasida, perivisseral yogʻ toʻqimasi va suzgʻich pufagida qon qoʻyilishi bilan xarakterlanadi (pucheglaziye). Ayrim organlarning hamda butun organizmning funksiyalari butunlay izdan chiqadi.
Etiologiyasi. Kasallik qoʻzgʻatuvchisi – bu RNK virusli qoʻzgʻatuvchilar. Jensen (1965) yilda birinchi boʻlib ushbu virusni ajratib olgan va uni sunʼiy kultura toʻqimasida (oziqaviy muhitda) oʻstirishga erishgan va ushbu virusni Daniyaning egtved shaxri sharafiga egtved-virus deb nomlangan.
Ushbu shahar yaqinida forel turdagi baliqlarni oʻstiruvchi ferma mavjud boʻlib, bu ferma virusli gemorragik septitsemiya kasalligi uchun nosogʻlom hisoblangan. Virusli gemorragik septitsemiya virusi barmoqsimon, uzunligi 180-240 millimikron, eni esa 60-75 nm. Uning apikal qismi yumaloq, distal qismi esa yassi boʻlib dumsimon oʻsimta bilan qurollangan. Virusning ichida oʻzagi (yadrosi) boʻlib kattaligi 2nm boʻlib juda murakkab tuzilishga ega boʻlgan qoburgʻasimon qobiq (parda) bilan oʻralgan boʻlib, ustidan silliq parda bilan qoplangan. Virus xazmlanuvchi toʻqima kulturasida yaxshi oʻsadi (RTQ-2), qaysikim forel turdagi baliqlarning tuxumdonidagi fibroblastlardan olingan virus efirda, xloroformda, glitserinda hamda rn- 3,5 gacha boʻlganida ancha sezuvchang. Virus 44 grad-da butun lay inaktivlanadi, 15 minut davomida, 30 grad-da oʻzining patogenlik xususiyatini 50%-ga yoʻqotadi. 50%-li glitserinda, agarda harorat 14 grad boʻlganida virus oʻzining infeksion xususiyatini qariyb 6 kun dan soʻng yoʻqotadi. Virus 14 grad-dagi distillangan suvda bir soʻtka ichida saqlansa, oʻzining aktivligini 50% ga, suv havzalarida saqlansa qariyb 90%ga yoʻqotadi. Virusga ultrabinafsha nurlari 10 minut davomida oʻldiruvchi taʼsir qiladi. Dezinfeksiyalovchi moddalardan 2%-li natriy ishqori va 3%li formalin virusni 5-10 minut davomida oʻldiradi. Aktiv xlor, qaysikim ixtiopatologiyada keng qoʻllaniladi, konsentratsiyasiga qarab virusni 2-20 minut ichida oʻldirish qobiliyatiga ega.
Forel baliqlarning oʻligida, qaysikim VGS oqibatida oʻlgan, agarda jasad muzda saqlanayotgan boʻlsa, virus oʻzining hayotchanligini 24 soat davomida saqlay oladi, - 20 gradus haroratda va undan pastki temperaturada virus oʻzining infeksion qobiliyatini 2 yil ichida saqlay oladi, biroq bunda titri 2 marotaba pasayadi.
VGS virusining bir qancha tiplari aniqlangan. Masalan, N (jigar), R (buyrak), V visseral va P (umumiy taʼsirlovchi), hamda N (neyrotrop).
Epizootologik maʼlumotlar. Kasallik evropaning koʻpchilik davlatlarida qayd etilgan. 1968-yilda esa virus Daniyadan Chexiya respublikasida otalangan ikralar orqali kiritilgan. Sobiq ittifoqda ham ushbu kasallik otalangan ikralar orqali etib kelganligi aniqlangan.
VGS kasalligi bilan asosan forel (radujnaya) turdagi baliqlar kasallanadi. Tabiiy sharoitda forel (daryo foreli), kitlar, xarius hamda pali turdagi baliqlar kasallanadi. Kasallik epizootiya koʻrinishda kechganida oʻlim 9-78% tashkil qiladi. Issiq paytlarda kasallik latent koʻrinishda kechadi, biroq baliqlarning oziqlanishi va saqlash sharoiti zoogigiyenik talablarga javob bermagan taqdirda kasallik yozda ham avj olib klinik belgilar bilan kechadi. VGS bir yoshgacha boʻlgan kattaligi 5-7 sm boʻlgan forellar zararlanadi. Malki va segoletkalar hamda katta yoshdagi baliqlar kasallikka ancha chidamli.
Kasallik manbai – bu kasal baliqlar, uning chiqindilari va oʻliklari. Sogʻlom baliq suv havzalarning suvlari, loyqalari orqali ham kasallikka chalinishlari mumkin. Kasallikning yashirin davri tashqi muhit haroratiga, virusning virulentligiga hamda baliq organizmning rezistentligiga bogʻliqdir. Tabiiy sharoitda, suvning harorati 15-16 grad boʻlganida inkubatsion davr 7-15 kun ga teng, baʼzan bu muddat biroz choʻzilib 25 kun ni tashkil qilishi mumkin. Eksperimental sharoitda esa kasallikning yashirin davri 2 haftani, qoʻzgʻatuvchini inokulyasiya qilinganda 4 kun va sogʻlom baliq bilan kasal baliqlarning kon- taktida bu muddat yana ham qisqarishi mumkin. Virusni in vitro usulida oʻstirilganda, u 10-15 kunda kasallikni chaqirishi mumkin. VGS bilan kasallangan forellarda kuchli immunitet hosil boʻladi.
Kasallikning klinik belgilari. Kasallik oʻtkir va surunkali hamda nerv sistemasi faoliyatini izdan chiqishi koʻrinishida kechadi. Baʼzan esa oʻta oʻtkir (sverx ostroye) va subklinik (latent) koʻrinishida ham kechadi.
Kasallik oʻtkir oqimda kechganida tezlik bilan patologik jarayon rivojlanib oʻlim darajasi yuqori boʻladi. Kasal baliqlarning tanasida toʻq-jigarrang dogʻlar paydo boʻladi, bir yoki ikki tomonlama koʻzi kurmay qoladi (pucheglaziye), anemiya va jabrasida, koʻzning periokulyar pardasida gemorragik chiziqlar hosil boʻladi. Suzgʻich apparatining asosi (osnovaniye) qizil tusga kiradi.
Kasallikning surunkali oqimida esa klinik belgilar sekinlik bilan rivojlanib oʻlim darajasi ancha past boʻlishi bilan xarakterlanadi. Tanasi butunlay qorayib ketgan, kuchli ekzoftalmiya holati, hamda anemiya. Bunda jabrasi och-qizil yoki oq-kulrang tusda boʻladi, ayrim paytlarda esa butunlay oq tusga kiradi. Baʼzan qorin boʻshligʻida suv toʻplangan.
Kasallikning nerv formasida baliqlarning harakatida oʻziga xos oʻzgarishlarni koʻrishimiz mumkin. Kasal baliqlar spiralsimon harakat qiladi (suv havzalarning ostida yoki suv oqimiga qarama-qarshi ), baʼzan yonboshi bilan bir qancha muddat suzib yuradi. Ularda tanasining qaltirab qolishi, spazmatik holatlarni paydo boʻlishi kuzatiladi. Oʻlim juda ham kam boʻladi.
Kasallikni davom etish muddati tashqi muhit sharoitiga, suv havzalarning sanitariya holatiga, texnologik jarayonlarga bogʻliq boʻladi. Kasallikni enzootiya koʻrinishi 1-2 oyda tugaydi.

Download 25.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling