Bandixon tumani qiziriq agrotexnologiyalar texnikumi


« Tuproqshunoslik va agrokimyo » faning predmeti, usullari va vazifalar mavzusidan talabalar orasida o‘tkaziladigan blis-so ‘rov savollari


Download 0.82 Mb.
bet10/35
Sana15.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1200040
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
Bog'liq
Navruz O`MT

« Tuproqshunoslik va agrokimyo » faning predmeti, usullari va vazifalar mavzusidan talabalar orasida o‘tkaziladigan blis-so ‘rov savollari





Mavzu bo ‘yicha asosiy tushuncha va iboralar
Тупрок;шунослик , агрокимё, физикавий, кимёвий, унумдорлик, Тог жинслари, эвалутця


У

  1. -ilova

« Tuproqshunoslik va agrokimyo » fanining boshqa fanlar bilan aloqasi


Усимликшунослик

Тупро^ кимёси




\ t S


Биология




  1. -ilova


« Tuproqshunoslik va agrokimyo faniningpredmeti



Тупрокшунослик ва агрокимё
Тупрокшунослик ва агрокимё Фанни талабаларда Тупрокнинг келиб чикиши.таркиби. хоссалари ва унинг унумдорлигини Зфганиш, тиклаш, саклаш ва ошириш, окилона фойдаланиш, мухофаза килишни зфгатиш; усимликларнинг биологик хусусиятлари ва тупрок-иклим шароитларинихисобга олган холда угитлардан окилона фойдаланиш асосида кишлок хужалик экинларидан мул ва сифатли хосил етиштириш усулларини яратиш. фан юзасидан асосий тушунчалар.










Тупрокшунослик ва агрокимё фани уз предметини







урганишда илмий тадцицотлар олиб боришнинг цуйидаги







усулларидан фойдаланади:







\

Морфологик усул.

Тупроцшунослик




\

Солиштирма жугрофий усул.

ва агрокимё




Солиштирма-тарихий усуллар.

фанинингуз




Монолит усули.

предметини
урганишда
фойдаланадиган
усуллари




1/

  • Лизиметрлар усули.

  • Тупрок, режим кузатувлари.

  • Тупрок режим кузатувлари.

  • Аэрокосмик усуллари.

  • Радиоизотоп усули.

8-ilova
Tuproqshunoslik va agrokimyo fanining asosiy vazifalari


Тупрокнинг хосса-хусусиятларини хдр томонлама урганиш ва шу асосида кишлок хужалик воситаларидан тугри ва окилона фойдаланиш,
Тупрок унумдорлигини ошириш, сифати, бонитировкасини, иктисодий бахосини, мухофазасини билиттт.
Экинлардан мул ва сифатли хосил етиштиришни бевосита сугориладиган дехкончилик шароитида амалга оширишни урганиш; угитлардан унумли фойдаланиш, экинларнинг усиши, ривожланиши вахосилдорлигини бошкариш, атроф -мухитни кимёвий моддалар билан ифлосланишини олдини олиш муаммоларини хал этиш.
Минерал ва органик угитлардан самарали фойдаланиш.
Угитларни куллашда меъёр ва микдорларига эътибор бериш. Кишлок хужалик экинлари хосилининг сифатини яхшилаш.
Кулланилган минерал угитларнинг тупрок ва атроф мухитга зарарини камайтириш.

  1. Mavzu. TUPROQSHUNOSLIK FANINING PAYDO BO„LISHI VA

RIVOJLANISH TARIXI.
REJA:

  1. Tuproqshunoslik fanining paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi

  2. Tuproq xaqida umumiy tushuncha

  3. Tuproqning fizikaviy, kimyoviy va agrokimyoviy xossalari.

  4. Tuproqning unumdorlik kategoriyalari

Tuproqshunoslik - tuproq haqidagi fan bo‘lib, tabiiy jism va ishlab chiqarish vositasi hisoblangan tuproqning kelib chiqishi, tuzilishi, tarkibi va xossalari, unumdorligi hamda geografik tarqalishi qonunlarini o‘rganadi. Tuproq va uning xossalari haqidagi dastlabki tushunchalar va bilimlar qadimgi davrlardan boshlab dehqonchilik talablari asosida yuzaga kela boshladi. Ilmiy fan sifatida tuproqshunoslik fani Rossiyada X1X asrning oxirlarida rus olimlari V.V.Dokuchayev., P.A.Kostichev., N.M.Sibirsev., V.R.Vilyams g‘oyalari va asarlari tufayli shakllana boshladi va rivojlandi.
V.V.Dokuchayev birinchi bo‘lib tuproqning paydo bo‘lish omillari va jarayonlari haqidagi ilmiy nazariyani yaratdi hamda tuproq tushunchasiga quyidagicha ta’rif berdi: "Tuproq deganda suv, havo xamda turli tirik va o‘lik organizmlar ta’sirida tabiiy ravishda o‘zgargan tog‘ jinslarining (qaysi xil bo‘lishidan qat’iy nazar) "yuza" yoki tashqi gorizontlariga aytiladi". Tuproq mustaqil tabiiy jism sifatida o‘zining kelib chiqishi (genezisi) bilan boshqa tabiiy jismlardan farq qiladi. V.V.Dokuchayev ko‘rsatgandek, yer yuzasidagi barcha tuproqlar "mahalliy iqlim, o‘simlik va hayvonot organizmlari, ona tog‘ jinslarning tarkibi va tuzilishi, maydonning relyefi va nihoyat joyning yoshi kabilarning juda murakkab ta’siri" natijasida paydo bo‘ladi. Hozirgi zamon tuproqshunos olimlarning tuproq haqidagi ta’rifida V.V.Dokuchayevning ko‘rsatmalari o‘z ifodasini topgan: «Tog‘ jinslarining ustki gorizontlarida tirik va o‘lik organizmlar hamda tabiiy suvlar ta’sirida turli xil iqlim va relyef sharoitlarida hosil bo‘lgan yer yuzasidagi tabiiy tarixiy organo-mineral jismga tuproq deyiladi».
Tuproqshunoslik asoschilaridan biri N.M.Sibirsev o‘z ustozi V.V.Dokuchayevning tuproq haqidagi g‘oyalarini yanada rivojlantirib, tuproq haqidagi tushunchaga o‘zining ayrim fikrlarini kiritdi. Uning tuproqqa bergan ta’rifi V.V.Dokuchayevnikidan unchalik farq qilmasada, ammo tuproq paydo bo‘lish jarayonlarining mohiyatini ancha chuqurroq ochib berishga harakat qilgan. N.M.Sibirsev o‘zining ko‘plab tadqiqotlari asosida tuproqning quyidagi ta’rifini beradi: "Tabiiy tuproqlar deganda qit’alarning yuza qismi hosilalari yoki tog‘ jinslarining shunday tashqi gorizontlariga aytiladiki, undagi umumiy ektodinamik hodisalar, shu qatlamgacha kirib borayotgan organizmlarning ta’siri yoki biosfera tarkibiy qismlaridan yuzaga kelgan jarayonlarning o‘zaro birgalikdagi ta’siri tufayli kechadi". Bundan ko‘rinib turibdiki, tuproqning paydo bo‘lishida ko‘plab tabiiy omillarning o‘zaro murakkab ta’siri katta rol o‘ynaydi.
Rus olimi P.A.Kostichev tuproqning hosil bo‘lishida biologik omillar, ayniqsa o‘simliklar olami roliga e’tibor beradi va shunga ko‘ra tuproqqa quyidagicha ta’rif beradi: "Tuproq deganda o‘simliklarning ildizlari chuqur kirib boradigan yer yuzasining ustki qatlamini tushunish kerak". Tuproqning eng muhim xossasi - unumdorlikdir. Tuproq unumdorligining rivojlanishida tirik organizmlar, jumladan yashil o‘simliklar va mikroorganizmlarning roli alohida ahamiyatga ega. Shunga ko‘ra tuproqning yana bir ta’rifini keltiramiz: «Iqlim va tirik organizmlar ta’sirida o‘zgargan va o‘zgarayotgan hamda unumdorlik qobiliyatiga ega bo‘lgan yerning ustki g‘ovak qatlamiga tuproq deyiladi».
Unumdorlik tuproqning o‘simliklarni turli oziq moddalar, suv, havo hamda issiqlik bilan ta’minlash qobiliyatidir. Tuproqning tog‘ jinslardan tubdan farq qiladigan ana shu sifat belgisini mashhur tuproqshunos olim va agronom V.R.Vilyams mukammal o‘rgangan. V.R. Vilyamsning tuproq haqidagi ta’rifida ham unumdorlik xossasi alohida ta’kidlanadi: "Biz tuproq haqida gapirganda o‘simliklardan hosil olishni ta’minlaydigan yer shari quruqlik qismining yuqori g‘ovak gorizontlarini tushunamiz".
Tuproq bu qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi, qayta tiklanmaydigan tabiiy resurs hisoblanadi. Tuproq insoniyat jamiyatiga nisbatan ikki xil ahamiyatga ega: birinchi tomondan, bu fizik muhit, insonlarning yashashi uchun, hayot uchun makon, ikkinchi tomondan - bu iqtisodiy asos, ishlab chiqarish vositasi. Shuning uchun uni asrab-avaylab, har doim unumdorligini oshirishga g‘amg‘urlik qilish kerak. Kishilar tomonidan yerdan foydalanish masalalari sosial- iqtisodga daxldor katta va murakkab masalalar kompleksidir, jumladan yerga egalik masalalari, yer to‘g‘risidagi qonunchilik, yerga egalik huquqi, yerni iqtisodiy baholash va x.z. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1-chaqiriq

  1. 12 sessiyalari (30 aprel va 28 avgust 1998 yil) da "Yer kodeksi", "Davlat Yer kadastri to‘g‘risida" gi qonunlar muhokama qilinib qabul qilindi. Ushbu hujjatlarda "Yer umummilliy boylik, O‘zbekiston Respublikasi xalqlarining hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi» deb ko‘rsatilgan.

Tuproq - insonlarni ardoqlab, noz-ne’matlar bilan to‘ydirayotgan bitmas- tuganmas boylik hamda zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari va kerakli xom ashyo yetishtiradigan manbadir. Tuproq yurtimizning eng asosiy boyligi. Tuproq hayot uchun quyosh, havo va suvdek zarur bo‘lib, u biologik tirik jism hisoblanadi.
Yer mehnat vositasi bo‘lishi bilan bir qatorda buyuk laboratoriya, mehnat vositasini yaratuvchi xazina (arsenal), mehnat materiali (ob’yekti), aholi uchun joy va kollektiv bazisdir. Tuproq qatlami bioqatlamdagi hayotni turli salbiy oqibatlardan himoyalashda o‘ziga xos ekran rolini bajaradi. Biosferaning barqaror holati tuproq qoplamining normal funksiyasi va uning muhofazasi bilan chambarchas bog‘liq. Tuproqning eng asosiy vazifalaridan biri Yerdagi hayotning mavjudligini, davomiyligini ta’minlashdir. Aynan, o‘simliklar, ular orqali esa hayvonot dunyosi va insonlar o‘zining yashashi uchun, biomassasini yaratish uchun oziqa moddalar va suvni tuproqdan oladi. Tuproqda organizmlar uchun qulay va zarur o‘zlashtirilaoladigan kimyoviy birikmalar shaklida biofil elementlar to‘planadi. Tuproqda barcha yer usti o‘simliklari rivojlanadi, unda mikroorganizmlar va turli xil jonivorlar oziqlanadi. Tuproqsiz yerdagi tirik organizmlarning tabiiy assosiasiyasi faoliyat ko‘rsata olmaydi. Eng muhimi, bunda biosfera jarayonlarining birligini ya’ni: tuproq bu hayotning mahsuli va shu bilan birga uning mavjudligining sharti.
Ekosistemada ya’ni inson yashaydigan tabiiy muhitda, tuproq muhim ahamiyatga ega, qaysiki aynan tuproq ularni iste’mol qiladigan asosiy oziqa massasi bilan ta’minlaydi.
Tuproqshunoslikda ham barcha tabiat fanlaridagidek tuproq qoplami, uning jug‘rofiy tarqalishi, xossa va hususiyatlari, mineralogik, kimyoviy va biologik tarkibi dala, kuzatuv, laboratoriya sharoitida har taraflama o‘rganiladi. Ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda hozirgi zamon kosmik, elektronika, kompyuter kabi jihozlardan bevosita samarali foydalaniladi. Hozirgi davrda tuproq qoplamini kompleks ravishda o‘rganish uchun barcha ilmiy - tadqiqot institutlari, tuproqshunoslik va agrokimyo kafedralari mavjud bo‘lgan universitet va institutlarda ilmiy va amaliy ishlarni bajarish uchun zamonaviy asbob - uskunalar bilan jihozlangan va ta’minlangan. Tuproq qoplamini dala, kuzatuv va laboratoriya sharoitida o‘rganish uslublari hozirgi paytda mukammal ishlab chiqilgan. Tabiatda tuproq qoplamini yuza qismidan to uni hosil qiluvchi yotqiziq yoki tog‘ jinslarigacha (ona jinsi) V.V.Dokuchayev ishlab chiqqan profil usuli bilan, genetik kelib chiqishi, morfologik tuzilishi, tuproq hosil bo‘lishi jarayoni chuqurligigacha o‘rganiladi.
Morfologik usul, ya’ni V.V.Dokuchayev ishlab chiqqan tuproq profil tuzilishi, dala va laboratoriya sharoitida diagnostika tavsilotlari makro, mezo va mikromorfologik usul bilan oddiy ko‘z, binokulyar lupalar va elektron mikroskop yordamida o‘ rganiladi.
Solishtirma jug‘rofiy usul, turli geografik sharoitda hosil bo‘lgan tuproqlarning genezisi, tuzilishi, xossa va hususiyatlari, tarqalishi va foydalanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tahlilidan iboratdir.
Solishtirma-tarixiy usullar. Tuproq qoplamining o‘tmishdagi ahvoli, hozirgi paytdagi o‘zgarishlari - paleotuproqshunoslik fanining asosini tashkil qiladi. tuproq xossalari, tarkibi, unumdorligi va jamiyatda foydalanishligi tahlil qilinadi.
Tuproq qoplamining genetik-geografik tahlili asosida kichik maydondan yerlarning umumiy hususiyatlariga binoan kalit usuli bilan asosiy yer maydonlarini kam sarmoya va resurs tejamkorlik usullari bilan aniqlash imkoniyatini yaratib beradi.
Monolit usuli. Tuproq qoplamining genetik qatlamlar tuzilishini saqlagan holda monolitlar olinib laboratoriya sharoitida, tuproq fizik jarayonlarni modellashtirish asosida suv va tuzlar harakati, ionlar almashinuvi aniqlanadi.
Lizimetrlar usuli. Tuproq qoplami dala va laboratoriya sharoitida, tuproq qoplami orqali tik yo‘nalishda singib o‘tadigan suv, tuzlar va oziqa moddalar miqdori mavsumiy ravishda aniqlanadi.
Tuproq rejim kuzatuvlari, kinetik jarayonlarni namlik, harorat, tuzlar va oziqa miqdorini mavsumiy, oylar, fasl, yillar va o‘simlik vegetasiyasi davridagi o‘zgarish parametrlari aniqlanadi.
Balans usuli. Tuproq hosil bo‘lishi jarayonlarining kinetikasi ma’lum bir vaqt o‘tganda issiqlik, suv, tuz, azot va boshqa moddalarning hajmiy ko‘rsatgichlarini kelish va ketish kattaligini aniqlash masalalarini qayd etishdan iboratdir.
Tuproq tarkibidagi harakatchan oziqa moddalarning miqdorini suv, kislota va ishqorlarning kuchsiz eritmalari yordamida ajratilib aniqlash usullari.
Aerokosmik usullari bilan tuproq qoplamining yer yuzida joylanish namligi, zichligi, tuzlar, va gumus miqdori turli balandlikda suratga olish uslublari yordamida o‘rganish.
Radioizotop usuli bilan tuproq, o‘simlik va boshqa ekotizimlarda kimyoviy elementlarning miqdori va harakati aniqlanadi. Izotop usuli bilan tuproq nisbiy va absolyut yoshi ham aniqlanadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling