Bandlik va ishsizlik, ularning turlari va darajasi. Reja
Download 166.63 Kb.
|
Bandlik va ishsizlik, ularning turlari va darajasi. Reja
XULOSA VA TAKLIFLAR
Iqtisodiyotning barqarorligi va sog‘lomligini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardan biri ishsizlik darajasi hisoblanadi. Biroq, har qanday mamlakatda doimiy ravishda ma’lum darajada ishsizlik mavjud bo‘ladi. Umuman olganda, mehnatga layoqatli bo‘lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan ta’minlanmaganlar ishsizlar deyiladi. Namoyon bo‘lish xususiyati va vujudga kelish sabablariga ko‘ra ishsizlik friksion, tarkibiy, siklik, institutsional, texnologik, hududiy, yashirin va turg‘un ishsizlik turlariga bo‘linadi. Ishsizlikning umumiqtisodiy xarakteri ishchi kuchi bozorining o‘zi, mehnatga talab va uning taklifi o‘rtasidagi mutanosiblik ishsizlikni emas, ish bilan bandlikni shakllantirishidan ham kelib chiqadi. Ishsizlik, bir tomondan, go‘yo ish bilan bandlikning «teskarisi» hisoblanadi, ikkinchi tomondan, ish bilan bandlikni shakllantiruvchi omillardan farq qiluvchi omillar ta’sirini his qiladi. SHunday bo‘lsada, ishsizlik doimo ish bilan bandlik bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi: ish bilan bandlikning ko‘payishi, qoidaga ko‘ra ishsizlikni kamaytiradi, bu esa ishsizlikni, o‘z navbatida ish bilan bandlikni ko‘paytiradi. Ta’rifga ko‘ra ishsizlik – bu ishlashni istaydigan mehnatga layoqatli aholining ish bilan band bo‘lmagan miqdoridir. Makroiqtisodiy jihatdan ishsizlik – bu doimo jamiyat mehnat salohiyatidan, ishchi kuchi majmuidan ishlab chiqarish omili sifatida to‘la foydalanmaganlikdir. Aholining ish bilan bandligini ta’minlashda qator muammolar va kamchiliklar mavjud: ish bilan ta’minlanishga muxtoj aholi sonining ko‘pligi, ishsizlik darajasining yuqoriligi; dastur ijrosi nazoratining bo‘sh tashkil etilganligi, tadbirkorlar muammolarining o‘z vaqtida hal etilmasligi; xorijda ishlab qaytganlarni ish bilan ta’minlash borasidagi ishlarning samarasi past ekanligi, bu borada mavjud imkoniyatlarning ishga solinmaganligi; kasanachilik ish joylarini ko‘paytirish imkoniyatlari ishga solinmayotganligi; yangi ob’ektlarni ishga tushirish, mavjud korxonalarni modernizatsiyalash ishlari (natijadorligining past ekanligi); tashkil etilgan ish joylarining salmoqli qismi qisqa muddatli va mavsumiy xarakterga egaligi; ish bilan band aholining salmoqli qismi ish haqi past bo‘lgan sohalarda, norasmiy sektorda va barqaror bo‘lmagan ish joylarida band etilganligi. O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar kiradi. Birinchidan, sanoat sohasidagi asosiy dasturlarning amalga oshirilishini davom ettirish, yirik yangi ishlab chiqarish ob’ektlarini ishga tushirish, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish va kengaytirish. Ikkinchidan, kichik biznes korxonalari, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini, ayniqsa, qishloq joylarida rivojlantirish, uy mehnati shakllarining, shu jumladan, yirik korxonalar bilan birgalikdagi shakllarining imkoniyatlarini kuchaytirish. Uchinchidan, uy mehnati barcha turlari, avvalambor, mehnat shartnomalariga asoslangan korxonalar bilan hamkorlikdagi shakllarini hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish. To‘rtinchidan, ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirish, aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini kengaytirish. Beshinchidan, qishloq xo‘jaligi sub’ektlarini rivojlantirish va kengaytirish, ayniqsa, tayyor qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashga, sabzavot-poliz mahsulotlarini saqlashga, issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etishga ixtisoslashgan sub’ektlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. Oltinchidan, vaqtinchalik faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar, shu jumladan, tijorat banklari balansiga o‘tkazilgan bankrot korxonalar faoliyatini tiklash. Download 166.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling