REJA: - 1.1. Institutsional nazariyalarning paydo bo`lishi va rivojlanishi tarixi. 1.2. Institutsionalizmning metodologik asoslari va institutsional tahlilda boshlang`ich nuqta masalasi. 1.3. Neoinstitutsional nazariyaning asosiy yo`nalishlari. 1.4. Institutsional iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlari.
1.Institutsional nazariyaning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi. - XVII asrda Yevropada
- V.Petti, Buagilber, A.Smit va D.Rikardo
- Klassik iqtisodiyot ta’limotlari bilan Ilmiy
- Iqtisodiy nazariyalar shakllandi.
- Neoklassik nazariyaning asosiy tamoyillari ikki qismdan iborat. Asosiy tamoyillarning birinchi qismini klassikaning “eski” tamoyillari, ikkinchi qismni esa, neoklassikaning “yangi” tamoyillari tashkil etadi.
- “Eski” tamoyillarga quyidagilar kiradi: - bozorda hamma vaqt muvozanat mavjud, u yagona Pareto (Valras-Errou- Dobre) optimumi talablariga mos keladi; - bozorda individlar tomonidan oqilona tanlov amalga oshiriladi; - individlarga tashqi omillar ta’sir ko`rsatmaydi, ularning biror holatni afzal bilishi barqaror va ekzogen xususiyatga ega; - xarajatlarning yagona turi – ishlab chiqarish xarajatlari hisobga olinadi. Ayni chog`da ayirboshlash xarajatlari e’tiborga olinmaydi. “Yangi” tamoyillarga ko`ra: - bozorda ayirboshlashni amalga oshirish uchun resurslarning xususiy mulkligi asosiy zamin hisoblanadi; - individlarda bitim to`g`risidagi barcha axborot mavjud; - ayirboshlash chegaralari kamayib boruvchi foydalilik tamoyili asosida hamda resurslarning dastlabki taqsimlanishidan kelib chiqib, belgilanadi
- XIX asr oxiri – XX asr boshida yuzaga kelgan “eski” institutsionalizmning dastlabki asoschilari bo`lib T.Veblen, J.R.Kommons va U.Mitchellar hisoblanishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |