Bandlikni davlat tomonidan tartibga solish iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish holatining tahlili


I BOB. BANDLIK SOHASIDAGI SIYOSATNI AMALGA OSHIRISH BILAN BOG'LIQ CHORA – TADBIRLAR


Download 448 Kb.
bet3/15
Sana19.06.2023
Hajmi448 Kb.
#1603161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
BANDLIKNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH IQTISODIY MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH HOLATINING TAHLILI

I BOB. BANDLIK SOHASIDAGI SIYOSATNI AMALGA OSHIRISH BILAN BOG'LIQ CHORA – TADBIRLAR
1.1.Davlatning bozor iqtisodiyotini tartiblashdagi roli to‘g‘risidagi nazariya va qarashlar tahlili
Iqtisodiyot nazariyasi tarixida davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi ilmiy asosda dastlab A.Smit tomonidan o‘rganilgan va tegishli nazariy ta‘limot berilgan. A.Smitning “Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida” (1776 yil) degan kitobida bozor usullari orqali iqtisodiyotning o‘zini-o‘zi tartibga solishning zarurligi ta‘kidlab o‘tilgan. A.Smitning fikricha, xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoratidan to‘liq ozod bo‘lishi zarur. Bu qoidaga amal qilinsa, iste‘molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoni vujudga keladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashuvsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga majbur qiladi. A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlarga har qanday aralashuvi oxir oqibatda faqat yomonlashtiradi deb hisoblagan. Biroq, uning mazkur nazariyasi 1929-1933 yillarda bozor iqtisodiyotiga asoslangan deyarli barcha mamlakatlarni qamrab olgan iqtisodiy inqiroz davrida tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishchizlik davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni taqozo qildi.
Davlatning iqtisodiyotdagi rolini oshirishmasalasi J.M.Keynsning “Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” (1936 yil) nomli kitobida o‘z aksini topdi. J.M.Keyns o‘zining kitobida davlat fiskal va kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag‘batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta‘minlashi zarurligini isbotlaydi. Urushdan keyingi davrda Keyns nazariyasidagi ko‘rsatmalardan bozor iqtisodiyoti amalda ustun bo‘lgan barcha mamlakatlarda foydalanildi. Hozirgi davrda davlat tomonidan tartibga solishning muhim maqsadi sifatida nafaqat tsiklga qarshi tartibga solish va ish bilan bandliki ta‘minlash, balki iqtisodiy o‘sishning yuqori darajasini va yaxlit takror ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish (maqbullashtirish)ni rag‘batlantirish tan olinadi.
Ma‘muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida lavlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi quyidagi holatlar orqali izohlanadi:
Birinchidan, davlat o‘ziga milliy iqtisodiyotda bozor vositasida o‘zini-o‘zi tartibga solish orqali bajarish mumkin bo‘lmagan yoki samarali ravishda amalga oshirib bo‘lmaydigan vazifalarni oladi.
Ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va iste‘molning xususiy tavsifi bir qator ijobiy va salbiy oqibatlarni tug‘diradi. Davlat yakka tadbirkor yoki iste‘molchidan farqli, jamiyat manfaatini ifodalab, qo‘shimcha ijobiy samarani rag‘batlantirishga va aksincha salbiy samara bilan bog‘liq faoliyatni tartibga solishi va cheklashga harakat qilishi zarur.
Uchinchidan, davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi shu sababli ro‘y beradiki, inividual iste‘molchilar hamma vaqt u yoki bu tovarni iste‘mol qilishning oqibatlarini ob‘ektiv baholay olmaydi. Shu nuqtai nazardan, davlat foydali iste‘molni kamaytirish va aksincha sog‘liqqa salbiy ta‘sir ko‘rsatuvchi tovarlar iste‘molini cheklash vazifasini o‘z zimmasiga oladi.
To‘rtinchidan, dvlat o‘z zimmasiga bozorning tabiatian kelib chiqadiga ayrim holatlari yengillashtirish vazifasini oladi.
Beshinchidan, hozirgi sharoitda barqaror izchil iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish vazifasi ham davlatning zimmasiga tushadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma‘lum chegaralari ham mavjud bo‘lib, ular davlatning ishlab chiqarish samaradorligiga ta‘chiridan kelib chiqadi. Iqtisodiyotga davlating har qanday aralashuvi ma‘lum xarajatlarni taqozo etadi. Ularga eng avvalo tartibga solishni tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha xarajatlarni kiritish mumkin.
Shuningdek, tartibga solishning u yoki bu shakli bozor muvozanati, ishlab chiqarish hajmi, resurslarning qayta taqsimlanishiga ko‘rsatish mumkin bo‘lgan ta‘sirni ham hisobga olish mumkin. 90 yillardan boshlab iqtisodiyotni tartibga solishda Keynscha tendentsiyalar yangidan kuchaya boshladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tipi davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi munosabatlarni ro‘yobga chiqarish, davlat tomonidan tartibga solishning moslashuvchanligini oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuv shakllari va byurokratik nazoratning namoyishi bilan tavsiflanadi.
Bozor munosabatlariga asoslangan mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solish borasida davlat muhim vazifalarni bajaradi. Davlat iqtisodiyotga faol aralashib, bozor mexanizmining amal qilishiga ko`maklashadi, raqobatchilik muhitini yaratib, aholini salbiy oqibatlardan himoyalash chora-tadbirlarini ko`radi. Bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solishdan ko`zlangan asosiy maqsad bozor munosabatlarini muayyan va ma`lum yo`nalishlar asosida rivojlantirib, iqtisodiy taraqqiyot sur`atlarini jadallashtirish va aholi turmush darajasini oshirish choralarini ko`rishdan iboratdir.
Davlatimizning bozor iqtisodiyotini tartibga solish bo`yicha rivojlangan mamlakatlarda hozirgacha to`plangan boy tajribalarni o`rganishi va ularni respublikamizning o`ziga xos xususiyatlarini e`tiborga olgan holda tadbiq etishining maqsadga muvofiqligi bugungi kunda hech kimda shubha tug`dirmaydi.
Bozor munosabatlari sharoitida baho (narx)lar iqtisodiyotni tartibga solishning muhim vositasi bo`lib xizmat qiladi. Bunda baho bozor pasangisi, regulyatori bo`lib, ikki asosiy vazifani bajaradi. Birinchidan, u resurslar, tovarlar va xizmatlar iste`molini cheklaydi va ikkinchidan, tovar ishlab chiqarish (xizmat ko`rsatish) uchun rag`bat vazifasini o`taydi.
Ishlab chiqarish jarayonida iste`mol tovarlari, ko`rsatiladigan xizmatlar qanchalik kamyob bo`lsa, ularning bahosi shunchalik yuqori bo`lib, shunga muvofiq ravishda ularni xarid qilish cheklangan bo`ladi. Boshqacha aytganda, tovarlar va xizmatlar ularning narxlariga binoan iste`mol qilinadi, taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.
Narxlarning o`zgarib turishi, ya`ni ko`tarilib yoki pasayib turishi ishlab chiqaruvchilarning xatti-harakatiga ta`sir ko`rsatadi. Binobarin, biron-bir tovar (xizmat) narxining o`sishi, uni ishlab chiqarish hajmining ko`payishiga, ushbu tarmoqqa muayyan tovar bozoriga yangi ishlab chiqaruvchilarning kirib kelishiga sabab bo`ladi. Bozor iqtisodiyotida faqat foyda olishni ta`minlaydigan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqariladi. Ishlab chiqaruvchi uchun foyda keltirmaydigan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarilmaydi. Muayyan tovar narxining pasayishi, uni ishlab chiqarish foydani ta`minlay olmay qolganligidan dalolat beradi. Bunday tovarlarni ishlab chiqarish kamayib boradi, ushbu tarmoq va bozorni ishlab chiqaruvchilar tark eta boshlaydilar.
Demak, narxning bozor pasangisi, regulyatori vazifasini o`tashi tufayli ishlab chiqaruvchilar foydasiz yoki kam foyda keltiradigan tarmoqdan yuqori foyda keltiradigan tarmoqqa, sohaga o`tib turadi. YUqori foyda keltirayotgan tarmoq yoki bozorlardagi iqtisodiy sub`ektlar o`zgalarning kirib kelishiga to`sqinlik qiladilar. Iqtisodiy sub`ektlar aniq tovarlar bozorida o`z mavqelarini saqlash, mustahkamlash, yaxshilash maqsadlarida o`zaro raqobatga kirishadilar.
Ko`p sonli o`zaro raqobatlashuvchi iqtisodiy sub`ektlarning faoliyati natijasida bozor munosabati buzilib, undagi talab va taklif o`rtasida nomutanosiblik paydo bo`ladi. Bu nomutanosiblik ishlab chiqarish bilan iste`mol o`rtasidagi ziddiyatda o`z ifodasini topadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish ijtimoiy iste`molga nisbatan o`sib ketishi natijasida davriy tanglik paydo bo`lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, bozor mexanizmi bozordagi muvozanatni muttasil saqlab turishga qodir bo`lmay qoladi. Ana shu holat iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmidan tashqari davlat mexanizmiga zarurat tug`diradi.
Davlat iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmi to`liq bajara olmagan vazifalarni o`z zimmasiga oladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi iqtisodiy muvozanatga erishish asosida tushkunlik va tanglikning oldini olish, ijtimoiy ishlab chiqarishning barqaror o`sishini ta`minlash, milliy iqtisodiyot ravnaqi uchun imkoniyatlar yaratish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish choralarini amalga oshirishdir.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda bozor mexanizmining samarali ishlashi uchun sharoit yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun davlat raqobatni rag`batlantirish orqali bozor tizimini saqlashni o`z zimmasiga oladi. Chunki erkin tadbirkorlik va uni boshqaruvchi talab va taklif qonunlarining amal qilishi ko`p jihatdan raqobatga bog`liq bo`ladi. Raqobatchilik muhitini rag`batlantirish va himoya qilishning davlat mexanizmi quyidagilarni nazarda tutadi:
-iqtisodiy sub`ektlarning faoliyat qoidalarini belgilash;
-aholini bozor sharoitlari, iqtisodiyotning holati to`g`risidagi axborotlardan xabardor qilish;
-iqtisodiyot sub`ektlari o`rtasidagi baxs va ziddiyatlarni hal qilishga ko`maklashish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Bozor mexanizmi xususiy tadbirkorlar uchun foyda kelishini ta`minlaydigan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishni rag`batlantiradi. Ammo jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo`lgan, aholining ko`pchiligi foydalanadigan ijtimoiy tovarlar va xizmatlar xususiy tadbirkorlik doirasida ishlab chiqarilishi mumkin emas. Bunday ijtimoiy tovarlar va xizmatlarga: maktablar, yo`llar, yong`indan himoya qilish, mudofaa, milliy xavfsizlik va boshqalar kiradi. Binobarin, ularni ishlab chiqarishni va ulardan foydalanishni davlatning o`zi tashkil qilishi, tartibga solishi zarur bo`ladi.
Iqtisodiyotni tartibga solishning davlat mexanizmini taqozo etuvchi sabablardan biri aholini inson salomatligiga va tabiatga ziyon etkazuvchi omillardan himoya qilish zaruratidir. Masalaning mohiyati shundaki, bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday xo`jalik yurituvchi tadbirkor, avvalo, o`zini o`ylaydi, o`z manfaati yo`lida faoliyat ko`rsatadi.
Bu faoliyat ayrim hollarda tabiatga yoki inson salomatligiga ziyon etkazishi, davlat manfaatlariga zid kelishi mumkin. Bunday holatlar ham iqtisodiyotga davlatning aralashuvini, ko`p sonli tadbirkorlarning manfaatlarini barcha jamiyat a`zolari manfaatlariga mushtarakligini ta`minlash choralarini ko`rishni taqozo etadi.

Download 448 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling