Talab va taklif nazariyasi
Download 453.19 Kb.
|
Ataboyev Nurbek (01-22) Talab va Taklif
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni
- Talablar turlicha bo’lib, odatda bir xil Tovar yoki xizmatlarda bo’lgan talabning ikki turi farqlanadi
- Talabning turkumlanishi Ob’yektiga ko’ra
- Narx va talab hajmining o’zgarishi o’rtasidagi teskari bog’liqlik ko’rsatuvchi bu chiziq talab egri chizig’I deyiladi.
- Talabga ta’sir etuvchi omillar
- 2. taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. taklif qonuni
- Narx va taklif miqdori o’rtasidagi bog’liqlik hamda taklif egri chizig’i
- Taklifga ta’sir etuvchi omillar
- 3. Talab miqdori va taklif miqdori o’rtasidagi nisbatning o’zgarishi. Bozor muvozanati
- Bozor muvozanati
Talab va taklif nazariyasiAtaboyev Nurbek 01-22 Reja:
1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuniTalab – bu pul bilan ta’minlanadigan ehtiyojdir.Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) — xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqgan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan ehtiyojlari. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda talab isteʼmol kattaligi miqdoridir. Tovarlar dunyosidagi xilma-xillikka moil ravishda talab hosil boʻladi. Masalan, oziq-ovqat tovarlari, sanoat mollari, maishiy va ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan talablar tovarlarga talab tuzilmasini tashkil etadi. Mazmuni va harakati jihatidan haqiqiy, oʻsayotgan, barqaror qondirilgan, qondirilishi kechiktirilgan, qondirilmagan, meʼyordagi va boshqa talablarga boʻlinadi. Har bir isteʼmolchining, yaʼni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning biror tovar toʻplamiga yoki tovarlarga bildirilgan talablari yakka talab deyiladi. Muayyan tovarga yoki tovarlar toʻplamiga barcha xaridorlar bildirgan talab yigʻindisi bozor talabi, barcha bozorlarda barcha tovarlarga jamiyat miqiyosida bildirilgan ijtimoiy talab yalpi talab deyiladi. Talab miqdorining oʻzgarishiga bir qancha omillar taʼsir qiladi. Ularning orasida eng muximi narx omilidir. Tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining oʻsishi va aksincha, narxning oʻsishi xarid miqdorining kamayishiga olib keladi. Talablar turlicha bo’lib, odatda bir xil Tovar yoki xizmatlarda bo’lgan talabning ikki turi farqlanadi:YakkatalabBozor talabi Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo’lgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (ko’pchilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo’lgan talablari yig’indisi bozor talabi deyiladi. Talabning turkumlanishiOb’yektiga ko’raQondirilish darajasiga ko’ra Ta’sir qilish omillariga ko’ra Ishlab chiqarish omillariga talab Iste’mol buyumla-riga talab Haqiqiy talab Qondirilmagan talab Qondi-rilgan talab Ekzogen (tashqi omillar ta’siridagi) talab Endogen (ichki omillar ta’siridagi) talab Yashirin talab Joriy talab Xarakatchan talab To’plangan talab Narx va talab hajmining o’zgarishi o’rtasidagi teskari bog’liqlik ko’rsatuvchi bu chiziq talab egri chizig’I deyiladi.Tovar narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o’zgarishi o’rtasida bo’ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog’liqlik talab qonuni deyiladi. Real iqtisodiy hayotda ba’zan bu qoidaga zid bo’lgan, ya’ni ayrim tovar narxining o’sishi bilan unga bo’lgan talab miqdorining yanada ortishi holati ham uchraydi. Bu holat Giffen samarasi deb ataladi. Talabga ta’sir etuvchi omillarNarxga bog’liq omillar: 1. Muayyan tovarning narxi 2. Bir-birini to’ldiruvchi tovarlarning narxlari 3. O’rinbosar tovarlarning narxlari 4. Kelajakda narxlarning o’zgarishi ehtimoli Narxga bog’liq bo’lmagan omillar: 1. Iste’molchining didi 2. Bozordagi iste’molchilar soni 3. Iste’molchining daromadlari 4. Kelajakda daromadlarning o’zgarishi ehtimoli 2. taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. taklif qonuniMa’lum vaqt oralig’ida narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi.Narx o’zgarishi bilan sotishga chiqarilgan mahsulot miqdori ham o’zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo’ladi.Narx va taklif miqdori o’rtasidagi bog’liqlik hamda taklif egri chizig’iNarxning o’zgarishi bilan taklif etilayotgan Tovar miqdorining to’g’ri bog’liqlikdagi o’zgarishi taklif qonuni deyiladi. Iste’molchi uchun narxning oshishi to’siq rolini o’ynasa, ishlab chiqaruvchi uchun rag’batlantirish vazifasini bajaradi. Taklifga ta’sir etuvchi omillarNarxga bog’liq omillar: 1. Muayyan tovarning narxi 2. Resurslar narxi 3. Boshqa tovarlar narxi 4. Narx o’zgarishining kutilishi Narxga bog’liq bo’lmagan omillar: 1. Ishlab chiqarish texnologiyasi 2. Soliq va subsidiyalar 3. Bozordagi sotuvchilar soni 3. Talab miqdori va taklif miqdori o’rtasidagi nisbatning o’zgarishi. Bozor muvozanatiTalab miqdori bilan taklif miqdori bir-biriga teng bo’lgan holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi. Ba’zan uni muvozanatlashgan narx deb ham yuritiladi.Bozor muvozanatiBozor muvozanatini o’ziga xos matematik tenglik sifatida ham ifodalash mumkun:Tb = Tf = Nm = MmBu yerda: Tb = talab, Tf = taklif, Nm = muvozanatlashgan narx, Mm = tovarning muvozanatli miqdori. Заголовок слайдаEtiboringiz uchun Rahmat! Download 453.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling