Bandlikni davlat tomonidan tartibga solish iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish holatining tahlili
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ob’ektiv zaruriyati, maqsad va vazifalari
Download 455.5 Kb.
|
BANDLIKNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH IQTISODIY MEXANIZMINI
1.2.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ob’ektiv zaruriyati, maqsad va vazifalari
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish haqida ko‘plab iqtisodchilar turli fikrlarni bildirganlar. Ya‘ni, bozorning kamchiliklari, uning ko‘plab iqtisodiy muammolarni hal eta olmaslik holatini ko‘rsatadilar. Bular ma‘lum ma‘noda to‘g‘ri bo‘lsada, biroq, iqtisodiyotga davlat ta‘sirining ob‘ektiv zarurligini eng avvalo ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan belgilanadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ob‘ektiv asosi bo‘lib ham milliy iqtisodiyot darajasida, ham xalqaro miqyosda ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi negizida ishlab chiqarishning umumlashuvi jarayoni xizmat qiladi. Bu jarayon quyidagilarda namoyon bo‘ladi: -chuqurlashib borayotgan ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ishlab chiqarishning ixtisoslashgan tarmoqlarining o‘zaro aloqasi va o‘zaro bog‘liqligi yanada kuchayadi; -ishlab chiqarishning kooperatsiyalashuvi va markazlashuvi natijasia alohida xo‘jalik birliklarining mayda bo‘laklarga ajralib ketish holatlari barham topadi; -ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to‘planuvi jarayoni o‘sadi; -turli iqtisodiy mintaqalar o‘rtasidagiiqtisodiy aloqalar va faoliyat almashuvi jadallashadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning jamiyat a‘zolarining ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta‘minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishiga yo‘naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo‘yicha faoliyat tushuniladi. Iqtisodiyotni davlat tomonian tartibga solish mexanizmi to‘g‘risida to‘laroq tasavvurga ega bo‘lish uchun uning maqsadi, vazifalari va tartibga solish usullari hamda vosita yoki dastaklarini to‘laroq tavsiflash lozim. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta‘minlash, mavjud tuzumni mamlakat ichida va xalqaro maydonda mustahkamlash va uni o‘zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi. Bunda iqtisodiy tsiklni barqarorlashtirish, milliy xo‘jaliklarning tarmoq va mintaqaviy tuzilishini takomiilashtirish, atrof-muhit holatini yaxshilash kabilarni bajarish lozim. Hozirgi sharoitda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish takror ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bir qator vaziflarni hal qilishga qaratiladi. Bular jumlasiga iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, bandlikni tartibga solish, tarmoq va mintaqamiy tuzilmalardagi ijobiy siljishlarni qo‘llab-quvvatlash, eksportni himoya qilish kabilarni kiritish mumkin. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi uning quyidagi vazifalarida aniq namoyon bo‘ladi: 1) Bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug‘diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta‘minlash; 2) Raqobatni himoya qilish; 3) Daromad va boylikni qayta taqsimlash; 4) Resurslarni qayta taqsimlash; 5) Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya‘ni iqtisodiy tebranishlar vujudga keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish. Bozor xo‘jaligi sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish xususiyatidagi tadbirlar tizimidan iborat bo‘ladi. Davlat bozor iqtisoiyotini samarali amal qilishining shart-sharoiti hisoblangan huquqiy asosni ta‘minlash vazifalarini o‘z zimmasiga oladi. Buning uchun xususiy korxonalarning huquqiy mavqeini mustahkamlash; xususiy mulkchilik huquqini ta‘minlash va shartnomalarga amal qilishni kafolatlash; korxonalar, resurslarni yetkazib beruvchilar va iste‘molchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonuniy bitimlarni ishlab chiqish va boshqalar. 2019 yilda barcha manbalar hisobidan qariyb 138 trillion so‘mlik yoki 2018 yilga nisbatan 16 foiz ko‘p investitsiyalarni o‘zlashtirish mo‘ljallanmoqda. Bu borada to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar miqdori joriy yilga nisbatan qariyb 1,5 barobar oshirilib, 4,2 milliard dollarga yetkaziladi. Natijada 142 ta zamonaviy korxona ishga tushiriladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijasi jahondagi yetakchi xalqaro reyting agentliklari tomonidan e'tirof etilayotganini alohida ta'kidlash lozim. Masalan, dunyodagi nufuzli “Fitch Ratings” va “Standart & Poo’rs” reyting agentliklari birinchi marta mamlakatimizning xalqaro suveren kredit reytingini belgiladi. Ana shu reyting baholari “Barqaror” prognoziga ega bo‘lib, bu yaqin 12-18 oy davomida ushbu ko‘rsatkichning pasayish ehtimoli kamligini bildiradi. O‘zbekiston erishayotgan bunday reyting baholari ko‘pgina rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan yuqori ekanini qayd etish lozim. Ushbu reyting agentliklari O‘zbekistonda valyuta, savdo va narx siyosati erkinlashgani, davlat boshqaruvidagi institutsional o‘zgarishlar, mamlakat oltin-valyuta va byudjyet zaxirasi yetarli ekani, davlat qarzining kamligi singari omillarga alohida e'tibor qaratmoqda. Kelgusi yilning birinchi choragida yurtimiz tarixida ilk marta O‘zbekistonning suveren davlat obligatsiyalarini xalqaro moliya bozorlariga chiqaramiz. Bu borada biz “J.P.Morgan”, “Citibank”, “Deutsche Bank” kabi yetakchi xalqaro investitsiya banklari bilan hamkorlik olib bormoqdamiz. Davlat ijtimoiy muhitni ta‘minlaydi, ya‘ni ichki muhitni tartibga soladi, daromadlar tengsizlikini kamaytiradi, yordamga muhtojlarga yordam beradi, iqtisodiyotda to‘liq bandlikni ta‘minlash uchun umumiy sarflar, ya‘ni xususiy va davlat sarflarining hajmi yetarli bo‘lmasa, davlat bir tomondan ijtimoiy ne‘matlar va xizmatlarga o‘z xarajatlarini ko‘paytiradi, xususiy sektorning sarflarini rag‘batlantirish maqsadida soliqlarni qisqartiradi. Xo`sh, davlat iqtisodiyotni qanday vositalar yordamida tartibga soladi? Buning uchun davlat ixtiyorida turli xil huquqiy va iqtisodiy vositalar mavjud bo`lib, ulardan konkret vaziyat va vazifalardan kelib chiqib foydalaniladi. Iqtisodiyotni tartibga solishning eng muhim va asosiy vositasi amaldagi qonunchilik hisoblanadi. Mamlakatimizda qonun ustivorligi, ya`ni uning barcha uchun bab-baravar kuchga ega ekanligi va unga barcha xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning so`zsiz amal qilishi shart ekanini yana bir bor ta`kidlab o`tish zarur. Hozirga qadar iqtisodiy hayotga taalluqli bo`lgan yuzlab qonunlarning qabul qilingani iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning huquqiy asoslarini belgilab beradi. Shu bilan birgalikda davlat ixtiyorida bir qator moliyaviy, ya`ni iqtisodiy vositalar ham mavjudki, ular yordamida davlat xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning manfaatlariga bevosita ta`sir ko`rsata oladi. Soliqlar, sanatsiya va subsidiyalar ana shunday vositalarga kiradi. Soliqlar davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning eng kuchli va ta`sirchan vositasi hisoblanadi. Ular har qanday ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiritiladi. Shuning uchun soliq stavkasi ko`tarilsa, korxona (firma) foydasi kamayadi va aksincha, bu stavkalar kamaysa, olinayotgan foyda ko`payadi. Demak, tovar ishlab chiqaruvchilarning moddiy manfaatdorligi ko`p jihatdan undirilayotgan soliqlar stavkasiga bevosita bog`liq. Soliqlar stavkasini oshirish yoki kamaytirish orqali muayyan ishlab chiqarish tarmoqlari rivojini sekinlashtirish (hatto to`xtatish), boshqa tarmoqlar rivojini esa rag`batlantirish mumkin. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning moliyaviy vositalaridan biri sanatsiya hisoblanadi. U asosan umumdavlat manfaatlaridan kelib chiqib, davlat korxonalariga ko`rsatiladigan moliyaviy yordamdir. Korxona qarzini kechib yuborish yoki uni o`zga sub`ektlar hisobidan qoplash, qarzni to`lash muddatlarini kechiktirish, qarz uchun to`lanadigan foizlarni kamaytirish, korxonaga buyurtma berib, uning haqini oldindan to`lab qo`yish va hokazolar sanatsiya shakllari hisoblanadi. Davlat tomonidan aniq maqsadlar uchun qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladigan moliya mablag`lari subsidiyalar deb yuritiladi. Iqtisodiyotni tarkiban o`zgartirish (diversifikatsiyalash), eksport va import muvozanatini ta`minlash, ayrim hududlarga yordam berish kabi maqsadlar uchun ajratiladigan mablag`lar (subsidiyalar) ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi. Download 455.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling