Bank auditi
Pul tushumlari va amaliyotlari nazoratini jarayonlari
Download 351.87 Kb.
|
Bank auditi-fayllar.org
Pul tushumlari va amaliyotlari nazoratini jarayonlari:
Audit maqsadlari Aniq teshiruv jarayonlari 1. Xodisalar Kassa kitoblaridan tushgan pul mablag’lardan bazilarini misol tariqasida olib, pul o’tkazmalari kirim orderlariga to’g’ri kelishini va bank xisobotlarini tekshirish. Kassa kitobidan pul o’tkazmalari misollarni va to’lov cheklarini (tasdiqlovchi xujjatlar bilan birga) tanlab olib va bank xisobvarag’i pul mablag’lar bilan solishtirish. Xujjatlar va to’lov qog’ozlari orqali bazi holatlarda tafsilotlarni tekshirish, masalan bazi to’lovlarni to’xtatilganligi, to’langan cheklar, avtorizatsiya va boshqa xujjatlar. 2. Tugallanganlik Kassa chekini kirim,chiqim jurnallarida aks ettirilgan to’lovlarini tekshirish. Kassa kitobidagi to’lov xujjatlarini tekshirish (tasdiqlovchi xujjatlar bilan) 3. Aniqlik Umumiy pul tushumlari va to’lovarni umumiy buxgalteriya kitobida qayd qilmoq 4. Baxolash Kassa kitobida ro’yxatga olingan avizo misolini tushgan pul mablag’larini ko’rsatgan xolda taqqoslash Chek nusxasini (bekor qilingan cheklar) kassa kitobida qayd etilgan pul tushumlari bilan taqqoslash 5. Bekor qilmoq Kassa amaliyotlari yozilgan sanalarni naqd pul tushgan sanalar bilan taqqoslamoq (bankka qo’yilgan ki cheklar bo’yicha) 6. Klassifikatsiya Pul tushumlari , to’lovlari va amaliyotlarini misollarini to’g’ri klassifikatsiya maqsadida taqqoslash Bankdan olingan mablag’lar kirimga to’liq, kiritilgani bank bergan ko’chirmalar va bankdan pul olish uchun yozib berilgan cheklar aosida tekshiriladi. 2-sonli jurnal-order bilan debet “Kassa” va kredit “Bank” summalariga mos kelishi kerak, agarda fark borligi aniqlansa, chek milki, kassa kirim orderi bank ko’chirmalari bilan solishtiriladi, shubx;a tug’ilgan taqdirda bevosita bank bo’limida ham tekshirilishi mumkin. Pul mablag’lari belgilangan maqsadda, ish haqki to’lash, xizmat safari xarajatlari, ishga vaqtinchalik layokatsizlik uchun to’lanadigan nafaqalarga ajratilgan xo’jalik xarajatlari va hokazolar uchun ishlatilgani tekshiriladi. Bankdan olingan pul summalari ish haqi uchun to’g’ri ishlatilganini aniqlash maqsadida uni yozilgan ish haqi to’g’risida bankka taqdim etilgan ma’lumotnoma bilan qiyoslash kerak. Barcha kirim-chiqim pul hujjatlarini hujjatlar asosida tekshirishda ularning ishonchliligini sinchiklab nazardan o’tkazish kerak. Hisob-kitob to’lov qaydnomalari yozilgan ish haqi summasi bo’yicha ham, uni berish bo’yicha ham tekshiriladi. Bunda hujjatlar, kassa chiqim orderlari, to’lov qaydnomalaridagi imzolar ishonchli ekaniga alohida e’tibor beriladi, "berilsin" degan holatda chiqarilgan yakunlarning to’g’riligini yalpi tekshirish shular asosida olib boriladi, undan tashqari kassa kirim va chiqim hujjatlarini qayd qilish kitobi mavjudligi hamda kim tomonidan qayd qilib borilayottanligi tekshiriladi. Imzolarning ishonchliligi (haqiqiyligi) aynan shu shaxslarning imzolarini boshqa hujjatlar, qaydnomalar, hisobvaraqlardagi imzolariga qiyoslash orqali aniqlanadi. To’langan hujjatlar yoki xususiy shaxslar bajargan ishlar uchun to’ldirilgan naryadlar ayniksa sinchiklab tekshirilishi kerak. Bu hisobvaraqlarga qo’yiladigan oddiy talablar, shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili (pasportiga doir to’liq ma’lumotlar) ko’rsatilishidan tashqari shu ishlar bajarilgani to’g’risida tasdiqnoma bo’lishi kerak. Alohida olingan har bir holda bajargan ishlarning asosli ekanligi, zarurligi, qonuniyligi va maqsadga muvofiqligi aniq belgilanadi. Kassir to’lov qaydnomalarida summani olmagan shaxslarning familiyasi ruparasiga "deponentga o’tkazildi" deb qayd etgani, shuningdek, amalda to’langan va qaydnomalar bo’yicha umuman to’lanmagan summalar to’g’risida qaydnomalarda qayd etgani, deponentdagi summalar ro’yhatini tuzgani va kassa hisobotini topshirishda to’lov hujjatlariga ilova kilgani auditdan o’tkaziladi. Auditor undan tashqari, tekshirilayotgan muassasa ma’muriyati buyrug’i bilan komissiya xay’ati tasdiqlanganligini va ushbu komissiya tomonidan oy yoki chorak oxirida xazina qoldiqdarini tusatdan tekshirishdan o’tkazgan yoki o’tkazmaganligini tekshirishi lozim. O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 1. Naqd pullarni audit qilish. 2. Bank auditi deganda nimani tushunasiz? 3. Naqd pullarni audit qilishda kassadagi pullarni sanalish tartibi. 4. Naqd pul va boyliklarni saqalashda binolarga qo’yiladigan talablar. 5. Naqd pullarni qo’riqlash tartibi. Download 351.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling