Bank auditi


 Auditorlik tashkilotlari va auditorlarning huquq va majburiyatlari


Download 351.87 Kb.
bet8/44
Sana09.01.2022
Hajmi351.87 Kb.
#263535
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
Bog'liq
Bank auditi-fayllar.org

2. Auditorlik tashkilotlari va auditorlarning huquq va majburiyatlari 
 
Auditor tashkilotlari va auditorlar quyidagi huquqlarga ega: 
-  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  Banki  talablariga,  shartnomada 
belgilangan aniq shartlarga muvofiq  auditorlik  tekshiruvining  shakl  va usullarini 
mustaqil ravishda belgilash; 
- bank faoliyati to’g’risidagi barcha hujjatlarini, mavjud moddiy boyliklar va 
qimmatbaho  qog’ozlarni  tekshirish,  vujudga  keladigan  savollar  yuzasidan  sharx 
hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur qo’shimcha ma’lumotlar olish; 
- yozma so’rov bo’yicha uchinchi shaxslardan zarur ma’lumotlar olish; 
shartnomaviy asosida auditorlik tekshiruvida qatnashish  uchun  auditorlarni, 
auditorlik tashkilotlari yoki ularning xodimlarini jalb etish; 
- tekshirilayotgan bank zarur hujjatlarni taqdim etmagan hollarda auditorlik 
tekshiruvi o’tkazishdan bosh tortish. 
Auditorlik tashkilotlari va auditorlarning o’zlari bank faoliyati, buxgalteriya 
hisobotlarini  rasmiylashtarish,  shuningdek,  ichki  auditini  tashkil  etish  va  amalga 
oshirish  yuzasidan  konsalting  xizmatlari  ko’rsatadigan  banklarda  audit  o’tkazish 
huquqiga ega emaslar. 
Barcha  auditorlik  tashkilotlari  va  auditorlar  o’zlari  bank  auditini  o’tkazish 
uchun  zarur  deb  hisoblagan  har  qanday  ma’lumot  va  materiallarni  olish,  ko’rib 
chiqish  va  nusxa  ko’chirish,  shuningdek,  auditorlik  tekshiruvi  o’tkazilishini 
muxokama  qilish  uchun  bank  rahbariyati  bilan  hech  qanday  to’sqinliksiz 


muloqotda bo’lish borasida istisnosiz huquqga egalar. 


Banklarda  audit  o’tkazuvchi  auditorlik  tashkilotlari  va  auditorlar  Markaziy 
bankning audit to’g’risidagi nizomiga  muvofiq quyidagi talablarga amal qilishlari 
shart: 
-  auditorlik  tekshiruvini  o’tkazishda  qonunchilik  hamda  Markaziy  bank 
me’yoriy  hujjatlari  talablariga,  jumladan  audit  jarayoni  hamda  metodologiyasiga 
rioya etish; 
- quyidagilar haqida buyurtmachi va Markaziy bankga darhol xabar berish: 
a)  mazkur  bank  auditorlik    tekshiruvini  o’tkazishda  o’zi  qatnasha 
olmasligining sabablari to’g’risida; 
b)    audit  jarayonida    yuzaga  kelgan    vaziyat  munosabati  bilan  tekshiruvda 
qatnashishga qo’shimcha auditorlarni jalb etish zarurligi to’g’risida; 
- auditorlik tekshiruvlarini professional audit andozalariga muvofiq ravishda 
yuqori malaka bilan o’tkazish; 
- tekshiruv davomida o’zlari oladigan va tuzadigan hujjatlar but saqlanishini 
ta’minlash; 
-  zarurat  tug’ilganda  barcha  ishchi  hujjatlarini,  hamda  ularning  nusxalarini 
Markaziy bankka taqdim etish. 
Auditorlar ob’ektivligi va mustaqilligi 
Auditor o’z ishini bajarishi chog’ida halol va samimiy bo’lishi zarur. U xolis 
bo’lishi  hamda  shaxsiy  xayrixoxlik  va  boshqa  extiroslar  ob’ektiv  fikr  yuritishda 
halal  berishiga  yo’l  qo’ymasligi  shart.  U  tekshiruv    natijisidan    mutlaqo  
manfaatdor bo’lmasligi zarur. 
Maxfiylik 
Auditor ish davomida o’ziga ma’lum bo’lgan maxfiy axborot sir saqlanishini  
ta’minlashi va alohida ruxsatsiz uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi shart. 
Auditorga maxfiy axborotni sir saqlay olmagani uchun shartnoma shartlariga 
asosan ma’suliyat yuklatiladi. 
 

Download 351.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling