Bank auditi
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar
Download 351.87 Kb.
|
Bank auditi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-mavzu. Bank auditining tashkil qilinishi va turlari 1. Bank auditining turlari va ularning mazmuni 2.
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar
1. Respublikamizda bozor iqtisodiyoti qanday kechmoqda? 2. Bank auditi deganda nimani tushunasiz? 3. Mustaqillik yillarida bank auditini rivojlanishi. 4.“Bank auditi tizimini rivolantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmon qachon qabul qilingan va uning mohiyati. 5. Auditorlik firmalariga va auditorlarga sertifikatlar kim tomonidan beriladi? 6. Qanday nufuzli auditorlik firmalarini bilasiz? 2-mavzu. Bank auditining tashkil qilinishi va turlari 1. Bank auditining turlari va ularning mazmuni 2. Auditorlik tashkilotlari va auditorning huquq va majburiyatlari 3. Tijorat banklarida ichki va tashqi auditni o’tkazish tartibi Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida audit tashkilotlarining yangi iqtisodiy tizimi yuzaga kelmoqda. Ayni paytda, respublikada audit tekshiruvlari moliyaviy xizmatlardan biri sifatida tez sur’atlar bilan takomillashib bormoqda. Audit tekshiruvlari tizimi moliyaviy xizmatlar bozorida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning talabiga javob beradigan nazorat turlaridan biri bo’lib hisoblanadi Umuman, bank auditi audit ichki va tashqi auditlarga bo’linadi. Ichki audit - ichki nazorat tizimi va bankning xavfsizlik tizimini ta’minlash maqsadida olib boriladi. Bank faoliyatida omonatchilar manfaatlarini ximoya qilish va aniq natijalarga erishish maqsadida ichki nazorat tizimi joriy etiladi. Ichki nazorat tizimi bankning ish rejasi, usuli va jarayonlari, foydaning ko’payishi hamda bank rahbariyati topshiriqlarining aniq bajarilishini ta’minlashni o’z ichiga oladi. Ichki audit bank tarkibining tashkilotchilik bo’linmasi sifatida tan olingan bo’lib, bank rahbariyatiga bo’ysunadi. Ichki auditning vazifasi turlicha bo’lishi mumkin: buxgalteriya hisobini to’g’ri olib borishni tekshirish; bank daromadlari va xarajatlari hisobining to’g’ri olib borilishini nazorat qilish (foydani to’g’ri hisoblash, xarajatlarni uz vaqtida hisoblarda aks ettirish va boshqalar); boshqa muomalalarning qonuniy bajarilishini nazorat qilish va boshqalar. Ichki auditni tashkil etish va o’tkazish uchun uslubiy topshiriqnomalar yoki yo’riqnomalar ishlab chiqilishi tavsiya etiladi. Ushbu yuriqnomalar kerakli ish ob’ektlarida nimalarni nazorat qilishni aniqlab beradi. Ichki audit yillik reja asosida olib boriladi. Tekshiruvni tashkil etish va o’tkazishda ichki audit boshlig’i to’la javobgarlikni o’z bo’yniga oladi. Ichki audit boshqaruv nazorat tizimining bir qismi sifatida qaraladi. Ichki nazoratning xususiyati tarixan o’zgargan bo’lib, avval auditning roli moliyaviy boshqaruv va aktivlar xavfsizligini ta’minlashdan iborat edi. Nazorat qiyinlashgan sharoitda ichki nazorat tizimining tsiklik bajarilish jarayoni asta-sekinlik bilan rivojlanib bordi. Ichki auditning vazifasi - xodimlarning o’z vazifalarini imkon qadar sifatli va samarali bajarishlariga yordam berishdir. Ichki auditor buxgalteriya ma’lumotlari to’g’riligini tekshiradi. Ichki auditorlar rahbariyat oldida hisobot beradi va auditorlar qumitasi bilan to’g’ri aloqada bo’ladi. Ichki auditning asosiy vazifasi bank boshqaruvi tomonidan taqdim etilgan moliyaviy hisobotlarning haqqoniylik darajasi hamda risklarni daromadlilik darajasi bilan o’zaro bog’liq holda tahlil qilish, bank samaradorligini oshirish maqsadida dasturiy mahsulotlar sifatini huquqiy jihatdan tekshirish va uni takomillashtirish yuzasidan takliflarni bank boshqaruviga taqdim etishdan iborat. Quyidagi jadvalda tijorat banklarining ichki audit yo’nalishlari va vazifalarining guruhlanishi ko’rishingiz mumkin. Download 351.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling