Bank auditi


O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar


Download 351.87 Kb.
bet4/44
Sana09.01.2022
Hajmi351.87 Kb.
#263535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
Bank auditi-fayllar.org

O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 
1. Respublikamizda bozor iqtisodiyoti qanday kechmoqda? 
2. Bank auditi deganda nimani tushunasiz? 
3. Mustaqillik yillarida bank auditini rivojlanishi. 
4.“Bank  auditi  tizimini  rivolantirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  Farmon 
qachon qabul qilingan va uning mohiyati. 
5.  Auditorlik  firmalariga  va  auditorlarga  sertifikatlar  kim  tomonidan 
beriladi? 
6. Qanday nufuzli auditorlik firmalarini bilasiz? 
 
 




2-mavzu. Bank auditining tashkil qilinishi va turlari 
 
1. 
Bank auditining turlari va ularning mazmuni 
2. 
Auditorlik tashkilotlari va auditorning huquq va majburiyatlari 
3. 
Tijorat banklarida ichki va tashqi auditni o’tkazish tartibi  
 
Mamlakatimizda  olib  borilayotgan  iqtisodiy  islohotlar  natijasida  audit 
tashkilotlarining  yangi  iqtisodiy  tizimi  yuzaga  kelmoqda.  Ayni  paytda, 
respublikada  audit  tekshiruvlari  moliyaviy  xizmatlardan  biri  sifatida  tez  sur’atlar 
bilan  takomillashib  bormoqda.  Audit  tekshiruvlari  tizimi  moliyaviy  xizmatlar 
bozorida  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  talabiga  javob  beradigan  nazorat 
turlaridan biri bo’lib hisoblanadi
 
Umuman, bank auditi audit ichki va tashqi auditlarga bo’linadi. 
Ichki audit - ichki nazorat tizimi va bankning xavfsizlik tizimini ta’minlash 
maqsadida olib boriladi. Bank faoliyatida omonatchilar manfaatlarini ximoya qilish 
va  aniq  natijalarga  erishish  maqsadida  ichki  nazorat  tizimi  joriy  etiladi.  Ichki 
nazorat  tizimi  bankning  ish  rejasi,  usuli  va  jarayonlari,  foydaning  ko’payishi 
hamda bank rahbariyati topshiriqlarining aniq bajarilishini ta’minlashni o’z ichiga 
oladi.  
Ichki  audit  bank  tarkibining  tashkilotchilik  bo’linmasi  sifatida  tan  olingan 
bo’lib,  bank  rahbariyatiga  bo’ysunadi.  Ichki  auditning  vazifasi  turlicha  bo’lishi 
mumkin: buxgalteriya hisobini to’g’ri olib borishni tekshirish; bank daromadlari va 
xarajatlari  hisobining  to’g’ri  olib  borilishini  nazorat  qilish  (foydani  to’g’ri 
hisoblash,  xarajatlarni  uz  vaqtida  hisoblarda  aks  ettirish  va  boshqalar);  boshqa 
muomalalarning  qonuniy  bajarilishini  nazorat  qilish  va  boshqalar.  Ichki  auditni 
tashkil  etish  va  o’tkazish  uchun  uslubiy  topshiriqnomalar  yoki  yo’riqnomalar 
ishlab  chiqilishi  tavsiya  etiladi.  Ushbu  yuriqnomalar  kerakli  ish  ob’ektlarida 
nimalarni  nazorat  qilishni  aniqlab  beradi.  Ichki  audit  yillik  reja  asosida  olib 
boriladi.  Tekshiruvni  tashkil  etish  va  o’tkazishda  ichki  audit  boshlig’i  to’la 
javobgarlikni  o’z  bo’yniga  oladi.  Ichki  audit  boshqaruv  nazorat  tizimining  bir 
qismi sifatida qaraladi. Ichki nazoratning xususiyati tarixan o’zgargan bo’lib, avval 
auditning  roli  moliyaviy  boshqaruv  va  aktivlar  xavfsizligini  ta’minlashdan  iborat 
edi.  Nazorat  qiyinlashgan  sharoitda  ichki  nazorat  tizimining  tsiklik  bajarilish 
jarayoni asta-sekinlik bilan rivojlanib bordi.  
Ichki  auditning  vazifasi  -  xodimlarning  o’z  vazifalarini  imkon  qadar  sifatli 
va  samarali  bajarishlariga  yordam  berishdir.  Ichki  auditor  buxgalteriya 
ma’lumotlari  to’g’riligini  tekshiradi.  Ichki  auditorlar  rahbariyat  oldida  hisobot 
beradi va auditorlar qumitasi bilan to’g’ri aloqada bo’ladi. 


Ichki  auditning  asosiy  vazifasi  bank  boshqaruvi  tomonidan  taqdim  etilgan 


moliyaviy  hisobotlarning  haqqoniylik  darajasi  hamda  risklarni  daromadlilik 
darajasi  bilan  o’zaro  bog’liq  holda  tahlil  qilish,  bank  samaradorligini  oshirish 
maqsadida  dasturiy  mahsulotlar  sifatini  huquqiy  jihatdan  tekshirish  va  uni 
takomillashtirish yuzasidan takliflarni bank boshqaruviga taqdim etishdan iborat.  
Quyidagi  jadvalda  tijorat  banklarining  ichki  audit  yo’nalishlari  va 
vazifalarining guruhlanishi ko’rishingiz mumkin. 

Download 351.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling