Bank auditi
-jadval Tijorat banklarida ichki audit yo’nalishlari va vazifalarining guruhlanishi
Download 351.87 Kb.
|
Bank auditi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faoliyat samarador-ligini baholash
1-jadval
Tijorat banklarida ichki audit yo’nalishlari va vazifalarining guruhlanishi 1 Audit yo’nalishi Tekshiruv usuli Ichki auditning vazifalari Faoliyat natijala- rini baholash Amalga oshirilgan xo’jalik operatsiyalarini baholash usuli Bankning tadbirkorlik faoliyatini, ishonchliligi va barqarorligini, mulkdorlar kapitalining daromadliligini baholash. Bank risklarini inobatga olgan holda auditdan maqsadli va tizimli foydalanish. Faoliyat samarador-ligini baholash Bank faoliyat ko’rsatayotgan iqtisodiy muhitni tahlil qilish va baholash Tahlilda tekshiruvning maqsadi va uslublarini aniqlash, moliyaviy ahvolini baholash va rivojlanish dasturlarini amaliyotga tatbiq qilish masalalariga alohida e’tibor berish. Aktivlar butligini o’rganish, elektron dasturiy mahsulotlar sifatini huquqiy tomonlarini tekshirish, iqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash va turli masalalar bo’yicha maslahat berish. Boshqaruv faoliyatini baholash Menejment funktsiyalari va bankning boshqaruv sifatini baholash, uni takomillashtirish yuzasidan takliflar berish. Nazorat faoliyatini tashkil etish va boshqarishga nisbatan yondashuv darajasini baholash Puxta ishlab chiqilgan audit strategiyasi, nazorat tizimining demokratlashuvi, bank darajasida auditorlar faoliyatining qat’iy tartibga solinganligi, auditorlik jarayonining sifatini nazorat qilish. Ichki audit xizmati tomonidan me’yoriy hujjatlarning noto’g’ri talqin qilinishi yoki ichki nazorat tizimi faoliyatida nomutanosibliklar xosligini inobatga olib, miqdoriy ko’rsatkichlarini uning sifat ko’rsatkichlari bilan taqqoslash zarur. Bunda auditning har bir bosqichida uning oldiga qo’yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda tekshiruv jarayonini tashkil etish, uning belgilariga ko’ra mezonlardan foydalanish borasida ishlab chiqilgan tavsiyalar audit samaradorligini oshirishga imkon beradi. Demak, ichki audit xizmatining faoliyati ikki yo’nalishdan iborat bo’lib, ularning birinchisi, bank faoliyati natijalarini, ikkinchisi, bank faoliyati samaradorligini baholashdan iborat. Tashqi audit - yuqorida aytib o’tganimizdek mustaqil auditorlik firmasi tomonidan amalga oshiriladi. Uning asosiy maqsadi moliyaviy hisobotning to’g’riligini tekshirish va u bo’yicha xulosa berishdan iborat. Tashqi audit ichki audit bilan o’zaro aloqada olib boriladi. Birinchi o’rinda ichki nazorat faoliyati va 1 O’zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan me’yoriy hujjatlar asosida muallif tomonidan ishlab chiqildi tashkilotchiligi baholanadi, bunda ichki auditning ob’ektivlik darajasi, mustaqilligi, bajarilgan ishlar xajmiga e’tibor qaratiladi. Tashqi auditorlar tekshirilayotgan bankning umumiy faoliyatini o’rganadilar. Ob’ektiv baholash uchun eng birinchi o’rinda aktiv va passiv muomalalarning holati ko’rib chiqilishi, bankning moliyaviy hisoboti to’g’ri tuzilganligi va unda aks ettirilgan muomalalarning qonun talablariga javob berishi tekshirib chiqilishi lozim.Bankdagi auditorlik tekshiruvlarining ob’ektlaridan biri bu bankning yil yakunlari bo’yicha tuzilgan moliyaviy hisobotidir. Moliyaviy hisobotning asosiy shakli bu bankning balansi bo’lib, balans aktiv va passiv kismlardan iborat. U bankning daromadlari va xarajatlari, debitorlik va kreditorlik qarzlari hamda bankning moliyaviy holati to’g’risidagi boshqa asosiy ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Auditorlar bankning moliyaviy holatini tahlil qiladilar, shu jumladan ayniqsa likvidlilikni, kredit portfelining sifatini, qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan investitsiyalarni, valyuta muomalalarini, tasniflangan ssudalarga asoslangan zaxiralarni, boshqaruv ma’lumotlarini va bank tizimini bir maromda faoliyat kursatishini, kreditorlar,omonatchilar va mijozlar manfaatini ximoya qilish shu bilan birga sog’lom bank faoliyatini tashkilqilibboshqa ma’lumotlarni birma-bir tahlil qilib chikadilar. Bank auditini auditning bir ko’rinishi sifatida quyidagi belgilar bo’yicha chuqurlashtirish mumkin: Download 351.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling