Bank auditi
Bank Kengashi va Boshqaruvi majburiyatlari
Download 351.87 Kb.
|
Bank auditi-fayllar.org
Bank Kengashi va Boshqaruvi majburiyatlari.
Bank Boshqaruvi yil yakunlari bo’yicha moliyaviy hisobot tayyorlanishi uchun javobgardir. Bank Kengashi malakali auditor jalb qilinishi uchun javobgardir. Auditorlik tashkiloti yoki auditor va tijorat banki o’rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi hisobot yilidan keyingi yilning ikki oyi davomida Markaziy bankka taqdim etilishi shart. Auditorlik tekshiruvlari yakunlanganidan so’ng 10 kun muddat ichida auditorlik hisobotini Markaziy bankka taqdim etish tijorat banklarining majburiyatiga kiradi. Bank Kengashi quyidagi hujjatlar nusxasini Markaziy bankka taqdim etishi shart: a) auditorlik hisoboti, balans, daromad va xarajatlar to’g’risidagi hisobot, pul mablag’lari harakati to’g’risidagi hisobotni o’z ichiga olgan xolis auditorlik xulosasi; b) ichki audit ahvoli to’g’risida alohida hisobot; v) tekshiruv davomida auditorlar tomonidan tayyorlangan barcha qo’shimcha hisobotlar. Bank Kengashi tijorat banki auditorlik hisobotini olgan vaqtdan boshlab 30 kun mobaynida auditorlar tomonidan aniqlangan ichki nazoratga doir kamchiliklarni bartaraf etish va tavsiyalarni bajarishga karatilgan choralar yuzasidan Markaziy bankka hisobot berishi lozim. Auditorlarning vazifasi bank faoliyatini tekshirishda qo’yilgan barcha masalalarii aniqlashga qaratilgan bo’lib, bunda asosiy ma’suliyat shundaki bank muomalalarini noto’g’ri bajarish holatlari aniqlangan hollarda, joriy etnlgan buxgalteriya hisobi tartibi mijoz tomonidan buzilgan holatlarda davlat byudjeti yoki bankka keltirilgan zarar hajmi hisoblab chiqilishi va javobgar shaxslardan buning sabablari aniqlanishi lozim. Download 351.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling