Bank auditiga umumiy tavsiflar mavzusi bo’yicha savollar: Bank auditi deganda nimani tushunasiz?


Download 18.97 Kb.
Sana16.11.2023
Hajmi18.97 Kb.
#1781509
Bog'liq
Bank auditidan test va savollar


Bank auditiga umumiy tavsiflar mavzusi bo’yicha savollar:

  1. Bank auditi deganda nimani tushunasiz?

  2. Bank auditi fanining predmeti nima ?

  3. Auditor fimaning ob’yekti va sub’yekti nimalar yoki kimlar ?

  4. Bank auditining vazifalari nimlardan iborat ?

  5. Bank auditioning turlari nechta va qaysilar ?

  6. Auditorlik xulosasining tuzilishini tasvirlab bering.

  7. Auditor tashkilotlar va auditorlar qanday huquqlarga ega ?

  8. Audit o’tkazishning qanday usullari mavjud ?

  9. Auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazishda bank kengashi va boshqaruvining majburiyatlari nimalardan iborat ?

  10. Auditorning malaka sertifikati qaysi hollarda bekor qilinishi mumkin ?

  11. Mustaqillik yillarida bank auditini rivojlanishi haqida tushunchalaringiz.

  12. “Bank auditi tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmon qachon qabul qilingan?

  13. Auditorlik firmalariga va auditorlarga sertifikatlar kim tomonidan beriladi?

  14. Qanday nufuzli auditorlik firmalarini bilasiz?

  15. Auditorlar bankning nimasini tahlil qiladi? J:(moliyaviy holatini)

Auditga umumiy tavsiflar mavsuzi bo’yicha testlar:



  1. Bank auditining turlari nechta ?

A)2
b)3
c)1
d)7
2. Quyidagi ta’riflardan qaysi biri ichki auditga aloqador emas ?
a) bankning ichki nazorat tizimi, shu jumladan tavakkalchiliklarni boshqarish va korporativ boshqaruv tizimi va jarayonlarining sifati, ularning monandligi va samaradorligiga oid mustaqil bahoni taqdim etish bilan bog‘liq faoliyat
b) bankda ichki auditni doimiy tarzda amalga oshiruvchi
mustaqil tarkibiy bo‘linma
c) Uning asosiy maqsadi moliyaviy hisobotning to’g’riligini tekshirish va u bo’yicha xulosa berishdan iborat
d) Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining Banklarda ichki auditga oid tamoyillari, Ichki auditorlar institutining Ichki auditning xalqaro kasbga oid standartlari, Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining Auditning xalqaro standartlari
3. Auditorning ish hujjatlari soni va tarkibiga quyidagilar ta'sir qilmaydi:
a) auditorning malakasi;
b)tekshirilayotgan korxona rahbariyatining malakasi;
c) audit shartnomasi shartlari;
d) ekspertning mavjudligi.
4. Quyidagi hujjatlar auditning yakuniy bosqichiga mos kelmaydi:
1) audit rejasi;
2) auditorlik hisoboti;
3) auditorlik xulosasi;
4) barcha javoblar noto'g'ri
5. Audit ob'ektidan yozma yoki og'zaki shaklda olingan ma'lumotlarni o'z ichiga olgan auditorlik dalillari:
a) ichki audit dalillari;
b) tashqi audit dalillari
c) aralash auditorlik dalillari;
d) to'g'ri javob yo'q
6. Auditning asosan nechta maqsadi mavjud ?
a)5
b)6
c)2
d)11
7.Auditning asosiy maqsadi keltirgan qatorni aniqlang.
a) tashkilot menejerlari tomonidan taqdim etilgan balans balansi va foyda va zarar to'g'risidagi hisobotlarning adolatli va ishonchli yoki yo'qligini tekshirish orqali samaradorlik va aniqlikni oshirishdan iborat.
b) tasodifiy maqsad deb ham ataladi, chunki u asosiy maqsadning bajarilishi bilan bir qatorda, quyidagilarni o'z ichiga oladi
c) yuqorida keltirilgan 2 ta javobham to’g’ri
d) to’g’ri javob keltirilmagan
8. Auditning tasodifiy maqsadi to’g’ri keltirilgan qatorni ko’rsating.
a) tashkilot menejerlari tomonidan taqdim etilgan balans balansi va foyda va zarar to'g'risidagi hisobotlarning adolatli va ishonchli yoki yo'qligini tekshirish orqali samaradorlik va aniqlikni oshirishdan iborat.
b) tasodifiy maqsad deb ham ataladi, chunki u asosiy maqsadning bajarilishi bilan bir qatorda, quyidagilarni o'z ichiga oladi
c) yuqorida keltirilgan 2 ta javobham to’g’ri
d) to’g’ri javob keltirilmagan
9. Standartlarga muvofiq auditni rejalashtirish necha bosqichga bo’linadi?
a)1
b)2
c)3
d)4
10. Malaka sertifikatining amal qilinishini tugatishga quyidagilardan qaysilari sabab bo’lishi mumkin ?
a) auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish haqidagi ariza bilan murojaat etganda
b) uch yil davomida auditorlik faoliyatida qatnashmaganlik
c) sud fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish haqida qaror qilganda
d) yuqorida keltirilgan hamma javoblar to’g’ri
11. Bank Kengashi quyidagi hujjatlar nusxasini Markaziy bankka taqdim etishi shart:
a) auditorlik hisoboti, balans, foyda va zararlar hisoboti
b) ichki audit ahvoli to‘g‘risida alohida hisobot
c) auditorlik hisoboti, balans, foyda va zararlar hisoboti va pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotni o‘z ichiga olgan xolis auditorlik xulosasi auditorlik hisoboti, balans, foyda va zararlar hisoboti va pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotni o‘z ichiga olgan xolis auditorlik xulosasiichki audit ahvoli to‘g‘risida alohida hisobot
d) to’g’ri javob keltirilmagan
12. Malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihoniga Bank auditorlarini tayyorlash markazida bank buxgalteriya hisobi va auditi bo‘yicha necha soatdan kam bo‘lmagan hajmdagi maxsus o‘quv kurslarini tugatgan shaxslar kiritiladi ?
a)60
b)48
c)40
d)72
13. Auditorlik tashkilotlarining bank faoliyatining tekshiruvi to‘g‘risidagi hisobotlari quyidagi holatlarda haqiqiy hisoblanmaydi.
a) auditorlik tashkiloti yoki auditor bank bilan aloqador shaxs bo‘lsa
b) auditorlik tashkiloti yoki auditorning bank oldida pul majburiyatlari bo‘lsa
c) tekshirilayotgan bank tomonidan kerakli hujjatlar taqdim etilmagan holda auditorlik tekshiruvi o‘tkazishdan bosh tortganda
d) a va b javolar to’g’ri
14. malaka sertifikatining boshqa shaxsga auditorlik faoliyatida o‘z nomidan ishtirok etishi uchun ushbu hujjatdan foydalanish maqsadida berilganligi Malaka sertifikatining bekor qilinishiga sabab bo’la oladimi?
A)xa
B) yo’q
c) bilmayman
d) bu masala Malaka sertifikatiga aloqador emas
15.Malaka sertifikati kim tomonidan bekor qilinadi ?
a) Auditorlik kompaniyasi tomonidan
b) qo’mita tomonidan
c) markaziy bank tomonidan
d) to’g’ri javob keltirilmagan

1a
2c


3b
4a
5a
6c
7a
8b
9c
10d
11c
12c
13d
14a
15b
Download 18.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling