Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi va uni belgilovchi mezonlar O‘tish iqtisodiyotida markaziy banklar


Download 37.13 Kb.
bet1/8
Sana07.03.2023
Hajmi37.13 Kb.
#1244627
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-мавзу маьруза (3)


4-MAVZU: MARKAZIY BANKNING MUSTAQILLIGI
REJA:

    1. Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi va uni belgilovchi mezonlar

    2. O‘tish iqtisodiyotida markaziy banklar

    3. Xorijiy davlatlarda markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi indekslar.



Markaziy bank mustaqilligining mezonlari va zarurligi
Markaziy bankning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati hamda uni mamlakat hududida bo‘layotgan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish-dagi roli haqida munozarali bahslar bir necha marotaba o‘zining rivojlanish yo‘nalishlarini o‘zgartirdi va buning oqibatida iqtisodiyotdagi bank tizimining birinchi pog‘onasida real o‘zgarishlar bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bu esa birinchi navbatda davlat boshqaruv organlariga bo‘lgan munosabatlarda namoyon bo‘ldi. Mazkur muammoni tahlil etishda asosiy e’tibor-mamlakat Markaziy bank siyosatining davlat iqtisodiy siyosati yo‘nalishiga qaramligi, ya’ni aniqrog‘i bu tobelikning darajasiga bog‘liq. Markaziy bankning pul-kredit siyosati milliy iqtisodiyotni tartibga solish siyosati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsa, bunday bog‘liqlikni samarali deb hisoblash mumkin. Lekin, shu narsa katta ahamiyatga egaki, bu bog‘liqlik Markaziy bank tomonidan qanchalik ixtiyoriy ravishda tuzilgan va u kimga hisobdor va bank tizimida pul-kredit siyosatini tartibga solishdagi metodlarni va yo‘nalishlarni tanlashda hamda qonun bo‘yicha Markaziy bank mustaqilligi darajasi va bunga haqiqatda erishilganligiga ahamiyat berish lozim.
Markaziy bankning mustaqilligi va iqtisodiyotni tartibga solishdagi o‘rni ko'p hollarda milliy urf-odatlardan va bank tizimining milliy xususiyatlaridan kelib chiqadi. Lekin, umumiy yo‘nalishlarni ham asosiy iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga taqqoslagan holda ko‘rib chiqish mumkin. Shundan kelib chiqib, Markaziy bankning tartibga solish mexanizmini xarakterli xususiyatlari bilan xuddi shu davrda amal qilayotgan iqtisodiy nazariyalar yo‘nalishlari o‘rtasida etarli darajada o‘xshashliklarni misol qilib keltirish mumkin. Davlat aralashuvi kuchaygan davrda (keynschilar tarafdorlari nazariyasi bo‘yicha) Markaziy banklarning o'rni kuchayadi, tartibga solishning ma’muriy metodlarini qo'llash kengayadi, va aksincha, monetaristlar nazariyasining ta’siri kuchayishi va davlatning iqtisodiyotga aralashuvining kamayishi oqibatida marka-ziy banklarning iqtisodiyotni tartibga solishda bozor mexanizmlaridan foydalanishga o‘tishiga majbur bo‘ladilar. Markaziy bank shunday vaziyatlarda o‘zining vakolatining bir qismini ichki pul-kredit va valyuta siyosatidagi muammolarni echish uchun Moliya Vazirligiga beradi.
Biroq, g‘arb iqtisodchilari nuqtai-nazarlarining tahlili shuni ko‘r-satadiki, Markaziy bankning iqtisodiyotdagi o‘rnini o‘zgarishiga subyektiv omillar ham katta ta'sir ko‘rsatishi mumkin, shu jumladan, hatto bank rahbarining shaxsiy sifatlarini ajratib ko‘rsatish muinkin.
Misol qilib, G‘arbiy Yevropadagi mamlakatlar Markaziy bank-larining rolini o‘zgarishini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda bir qator iqtisodchilar 70-yillarda Markaziy banklarning kuchayishini shu milliy bank tizimining boshqaruvida ko‘zga ko‘ringan hukumat va halqaro doiralarda obro‘-e’tibori yuqori bo‘lgan moliya arboblari boshqarganligini ta'kidlaydilar. Buning oqibatida o‘sha davrdagi milliy valyuta raqobatbardoshligiga xavf soluvchi hukumatning iqtisodiy chora-tadbirlariga qarama-qarshi “qattiq siyosat” qo‘llash mumkin bo‘lgan edi. U yoki bu Markaziy bankning o‘z faoliyatidagi mustaqillik dara-jasini aniqlash uchun ularning mustaqillik mezoni (belgisi) ga xolis baho berish kerak. Xorijiy adabiyotlarda markaziy banklarning mustaqilligini aniqlashning bir necha usullari qayd etilgan. Asosan markaziy banklarning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligi ajralib (farqlanib) turadi.
Markaziy bankning mustaqilligi darajasini aniqlashda uning pul-kredit siyosatini tanlash va o‘tkazishda davlat boshqaruv organlariga ko‘proq yoki kamroq qaramligiga e’tibor beriladi.
Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi-bu uning o‘z instrumentlaridan o‘zi xohlagan yo'nalishda va chegaralanmagan miqdorda foydalana olishiga aytiladi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning markaziy banklarini turkumlanishi pul-kredit siyosati masalalarini hal etishdagi mustaqilligi xorijiy adabiyotlarda turli mezonlarga qarab amalga oshiriladi.

Download 37.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling