Markaziy banklar Ixtisoslashgan moliyaviy vositachilar
Download 33.79 Kb.
|
Mintaqaviy va xalqaro moliyaviy tashkilotlar Reja: Markaziy banklar Ixtisoslashgan moliyaviy vositachilar Mintaqaviy va butundunyoviy moliyaviy tashkilotlar Markaziy banklar Markaziy bank - mamlakatning pul belgilarini emissiya qilish (pul bosib chiqarish) va tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish huquqi berilgan bosh davlat banki. Markaziy bank "banklarning banki" boʻlib, pul muomalasini tartibga solishda va byudjetni boshqarishda davlatga va hukumatga yordam beradigan organ hisoblanadi. Pul emissiyasini amalga oshirish, davlatning oltin-valyuta zaxiralarini saqlash, bank tizimini kreditlash, hukumat va tijorat banklarining hisoblarini olib borish, pul muomalasini tartibga solish, kredit muassasalarini nazorat qilish Markaziy bankning asosiy vazifasiga kiradi. Buyuk Britaniyada Angliya banki, AQSh Federal zaxira banki, Germaniyada Bundesbank, Yaponiya banki jahondagi eng yirik markaziy banklar qatorida turadi. Markaziy banklar – bu asosiy funksiyasi moliyaviy bozorning ma’lum parametrlariga, masalan, muomaladagi pul miqdoriga ta’sir etish orqali davlat siyosati vazifalarini amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘lgan moliyaviy vositachilardir. Markaziy banklar faoliyati ba’zi davlatlarda davlat ijroiya organlarining bevosita nazorati ostida bo‘lsa, boshqa davlatlarda ular ma’lum darajada avtonomlik (mustaqillik)ka egadirlar1. Bank ma’lum bir davlatning markaziy banki ekanligini ko‘pincha uning nomiga qarab bilib olish mumkin: Bank of England, Bank of Japan, Bank Rossii va hokazo. Biroq, masalan, markaziy bank AQShda Federal Reserve System (Federal zahira tizimi), Germaniyada esa Bundesbank deb ataladi. Markaziy bank odatda davlat to‘lov tizimining yuragi hisoblanadi. U davlatni milliy valyuta bilan ta’minlaydi va banklararo hisob-kitoblar tizimi uning boshqaruvida bo‘ladi. To‘lov tizimi samarali bo‘lishi uchun inflyatsiya darajasi kamida o‘rtacha bo‘lishi2 va buni markaziy banklar o‘zlarining asosiy vazifasi deb ko‘rishlari shart. Biroq, ko‘p davlatlarda ulardan aholining to‘liq bandligini hamda davlat iqtisodiy o‘sishini ta’minlash kabi maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan harakatlarni kutishadi. Bunday davlatlarda markaziy banklarga ko‘pincha bir-biri bilan nizoli maqsadlarni balans (muvozanat)ga keltirish: narxlar barqarorligini va aholining to‘liq bandligini ta’minlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rishiga to‘g‘ri keladi. Mamlakatimizda Markaziy bankning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: narxlari barqarorligi; bank tizimining barqarorligi va rivojlanishi; to‘lov tizimining barqarorligi va rivojlanishi. Belgilanishicha, foyda olish Markaziy bankning asosiy maqsadi emas. Bundan tashqari, Markaziy bankning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: pul-kredit siyosati va valyuta siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilishni tashkil etish va amalga oshirish; bank tizimining barqarorligini ta'minlash, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatiga ko‘maklashish; O‘zbekiston Respublikasida to‘lov tizimlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va ta'minlash; banklar, bank xoldinglari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, valyuta birjasi va kredit byurolari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish; banklar, bank xoldinglari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va kredit byurolarini nazorat qilish; bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilishni ta'minlash, aholi va tadbirkorlik sub'yektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish; bank, pul-kredit statistikasi shakllantirish va e'lon qilish; tashqi sektor statistikasi, shu jumladan to‘lov balansi, xalqaro investitsiya pozitsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining tashqi qarzlari, zaxiraviy aktivlari va valyuta kurslarini shakllantirish va e'lon qilish; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro zaxiralarini boshqarish, hisobga olish va saqlash. Markaziy bank quyidagi huquqlarga ega emas: moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanish; tijorat faoliyati bilan shug‘ullanish; uchinchi shaxslarga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining majburiyatlari bo‘yicha kafolatlar berish; banklar va boshqa yuridik shaxslarning kapitalida ishtirok etish, bunda valyuta birjasi kapitallaridagi ishtirok etish istisnodir. Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga hisobot beradi. Oliy Majlis Senati O‘zbekiston Respublikasi prezidentining taqdimnomasiga binoan Markaziy bank raisini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi; yillik hisobotni, shuningdek auditor xulosasini ko‘rib chiqadi. Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida qarorlarni qabul qilishda mustaqildir. Davlat Markaziy bankning va Markaziy bankning davlatning majburiyatlari bo‘yicha, agar ular o‘zlari bunday majburiyatlarni o‘z zimmalariga olgan bo‘lmasa yoki qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, javobgar emas. Markaziy bankning auditi har yili mustaqil nazorat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Modomiki, davlat qonun yaratuvchi va ularning bajarilishini nazorat qiluvchi organ hisoblanar ekan, u moliyaviy tizimni tartibga solish bo‘yicha to‘liq javobgardir. Dunyoning eng taraqqiy etgan mamlakatlaridan biri bo‘lgan AQShda ham, boshqa davlatlarda ham moliyaviy tizimni tartibga solish bo‘yicha ba’zi masalalarni bajarish ma’lum bir moliyaviy sektor qatnashchilari assotsiatsiyasi yoki fond birjalariga o‘xshash xususiy sektor muassasalarining vakolatiga o‘tkaziladi. Jumladan, AQShda qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha Komissiya (SEC – Securities Exchange Commission) tashkil etilgan. Xuddi shunday Komissiya, xususan, O‘zbekistonda ham mavjud. Uning asosiy vazifasi har bir yangi qimmatli qog‘ozlarni ommaviy chiqarishda firmalar tomonidan taqdim etilishi lozim bo‘lgan ular faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumot hajmiga bo‘lgan aniq talablarni ishlab chiqishdan iborat. Boshqa davlatlarda ham shu kabi tartibga soluvchi organlar mavjud. Biroq, davlat moliyaviy tizimni tartibga soluvchi organ rolini o‘ynagani bilan bir qatorda, u mazkur tizimdan o‘z siyosatining boshqa maqsadlariga erishish uchun foydalanadi. Misol tariqasida hukumatning pul-kredit siyosatini iqtisodiy o‘sish yoki bandlik sohasidagi turli umummilliy vazifalarning bajarilishi uchun foydalanishini keltirish mumkin. Keyingi o‘rinlarda biz u yoki bu moliyaviy tizim sohasini tartibga soluvchi yoxud boshqa iqtisodiy maqsadlarga yetishish uchun ushbu tizimni asosiy instrument (vosita) tariqasida ishlatadigan ba’zi davlat tashkilotlari to‘g‘risida so‘z yuritamiz. Download 33.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling