Bank deb pul mablag’larini yig’uvchi, saqlab beruvchi, kredit-hisob va boshqa


Download 13.93 Kb.
Sana06.12.2020
Hajmi13.93 Kb.
#160843
Bog'liq
aaaaaaa bank


Bank deb pul mablag’larini yig’uvchi, saqlab beruvchi, kredit-hisob va boshqa 
har xil vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasalarga aytiladi.  
Banklar  paydo bo’lishining asosi bo’lib  tovar-pul  munosabatlarining 
rivojlanishi hisoblanadi.  Tovar-pul munosabatlarining bo’lishi  va ularning rivojlanib 
borishi  barcha ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda banklarning ham bo’lishini taqozo 
qiladi. 
Banklar o’rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat, 
shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar o’z 
bo’sh turgan  mablag’laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha foydalanishga 
mablag’ zarur bo’lgan sub’ektlarga  ssudalar berishgan. Bu hol pul almashtiruvchi 
puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan.  
Bank so’zi italyancha «banca» so’zidan olingan  bo’lib «stol», aniqrog’i 
«pullik stol» degan ma’noni anglatadi. O’rta asrlarda italiyalik puldorlar 
hamyonlaridagi, idishlardagi monetalarni stol ustiga qo’yib hisob-kitob qilganlar. 
 XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni «bancherii» deb atashgan. Agar 
puldorlardan birortasi ishonchni oqlamasa va o’z ishiga ma’suliyatsizlik qilsa, u 
o’tirgan stolni sindirib tashlashgan va uni «Banco rotto», yani bankrot deb atashgan. 
Ya’ni,  bizga ma’lum bo’lgan «bankrot» so’zi ham italyancha«banca» so’zidan 
olingan. 
Banklar paydo bo’lishining boshlang’ich nuqtasi bo’lib XVI asrda Florentsiya 
va Venetsiyada tashkil qilingan kichik jirobanklar hisoblanadi. Keyinchalik shunday 
banklar Amsterdamda (1605 y.), Gamburgdagi (1618 y.), Milanda, Nyurnbergda, 
Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan o’z mijozlari-savdogarlarga xizmat 
qilgan, ular o’rtasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borgan. Bu banklar o’z 
mijozlarini monetalar tarkibi buzulishi tufayli zarar ko’rishdan himoya qilgan. Ular 
hisoblarni ma’lum summadagi qimmatbaho metallni ifodalovchi maxsus pul birligida 

 
186 


olib borishgan o’zlarining bo’sh pul mablag’larini jirobanklar davlatga, shaharlarga, 
chet el savdogarlariga ssudaga berishgan 
Angliya bank tizimi (XVI asr) yuzaga kelgan va rivojlangan birinchi davlat 
hisoblanadi. Angliya bankirlari oltin (oltinni saqlab berish) bilan 
Tarixda birinchi yuzaga kelgan bank Angliya banki hisoblanib, u 1694 yilda 
aktsioner bank sifatida tashkil bo’lgan. Bu bank aktsioner-emission bank bo’lib, unga 
davlat tomonidan banknotlar chiqarishga ruxsat berilgan. Keyinchalik sanoat 
rivojlanish natijasida banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil qilinib borgan. 
Banklarning kelib chiqishi va rivojlanish ishlab chiqarish bilan bog’liq harajatlar va 
talablarning oshishi, savdo kapitali aylanishining tezlashuvi bilan bog’liq bo’lgan. 
Natural xo’jalik munosabatlarining tugashi, savdo-sotiq munosabatlarining 
rivojlanishi pullik hisob-kitoblar olib borishga, kreditning rivojlanishiga yo’l ochdi. 
Ishlab chiqarishni rivojlantirish yollanma mehnatni jalb qilishga olib kelgan. 
Yollanma mehnat uchun xaqning pul shaklida to’lanishi, doimiy pul aylanishini 
yuzaga keltirdi. Pul aylanishini esa bank tomonidan boshqarish zarur edi. Shunday 
qilib, banklar  mablag’larni yig’ish va taqsimlash orqali ssuda kapitali harakatini 
boshqara boshladi. Ssuda kapitalistidan farqli o’laroq bankir tadbirkor sifatida o’z ish 
faoliyatini olib borgan. 
Agar sanoat sohasidagi puldor o’z kapitalini sanoatga, savdogar o’z mablag’ini 
savdoga qo’ysa, bankir o’z kapitalini bank ishiga qo’yadi. Ssuda kapitalisti asosan 
o’z bo’sh kapitalini qarzga bersa, bankirlar asosan chetdan jalb qilingan mablag’larga 
tayanadi. Ssudaga mablag’ beruvchi puldorning  daromadi ssuda foizi bo’lsa, 
bankirning daromadi  bank foydasi hisoblanadi. Banklar korxona, tashkilot, davlat 
muassasalari, aholi bo’sh pullarini jalb qilish orqali katta hajmdagi kapitalni o’z 
qo’llarida jamlaydilar va daromad keltiruvchi kapital harakatini boshqarib boradilar. 
Banklarning yiriklashuvi va ular faoliyatining takomillashuvi ularning maxsus 
korxonalar - kredit muassasalariga aylanishiga olib keladi.  
Shunday qilib, bank faoliyati xalq xo’jaligi mavjud bo’lgan bo’sh mablag’larni 
jalb qilish va ssuda kapitalini taqsimlashni o’z ichiga oladi. Bank o’z faoliyati 
davomida ma’lum daromadga ega bo’ladi. Bu daromad bank jalb qilgan resurslarga  

 
187 


yo’llaydigan foiz bilan joylashtirgan resurslari bo’yicha oladigan foiz o’rtasidagi 
farqdan iborat bo’ladi. 
Download 13.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling