Bank inqirozlari


Download 0.53 Mb.
Sana23.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1383363
Bog'liq
Laziza pul va bank

Bank inqirozlari

Reja:

  • Bank inqirozi haqida tushuncha.
  • Bank inqirozini belgilovchi mezonlar.
  • AQSh da yuz bergan bank inqirozi.

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta’sir etgan har bir davlatning milliy iqtisodiyotiga jiddiy talofat ko’rmasdan qolmadi. Jumladan, inqirozning “vatani” hisoblangan AQSH va boshqa uning iqtisodiyotiga rivojlanishi bog’liq bo’lgan davlatlar (Angliya, Germaniya, Yaponiya va h.k) tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar ham ko’zlangan darajada o’zini oqlamadi.

- Inqirozni tushuncha sifatida kengroq tahlil qilganda, oqibati ham moddiy, ham ma’naviy zarar bilan tugaydigan va insonlar boshiga turli qiyinchiliklarni soladigan voqea-hodisalar to‘plamidan iborat jarayon ekanligini ko‘rish mumkin.

Djon Von Eykenning inqirozga bergan ta’riflari:

1-ta’rif: inqiroz- bu xavfli nobarqaror vaziyat va ish holati bo’lib, voqea hodisalarni yaxshi yoki yomon tomonga qarab rivojlanishiga ta’sir qiladigan omildir;

2-ta’rif: inqiroz- bu tashkilotning moliyaviy holati yoki obro’-e’tiboriga ta’sir qiluvchi barcha salbiy holatlardir;

3-ta’rif: inqiroz- bu korxonaning rahbarlari, uchun o’z oldilaridagi imkoniyatlarni ochish haqida qaror qabul qilishga majbur etuvchi takroriy holatdir.

Le Xoaning fikricha, nochorlik va bankrotlikni sinonim sifatida tushunmaslik lozim. Nochorlik - bu to‘lovga qobiliyatsizlik, ya’ni, qarzdor o‘z vaqtida o‘ziga qarashli majburiyatlami to‘lay olmaslik holatidir. Doimiy va davom etuvchi nochorlik mutloq to'lovga noqodirlikka olib keladi. U holda qarzdor o‘z moliyaviy holatini tiklay

  • Le Xoaning fikricha, nochorlik va bankrotlikni sinonim sifatida tushunmaslik lozim. Nochorlik - bu to‘lovga qobiliyatsizlik, ya’ni, qarzdor o‘z vaqtida o‘ziga qarashli majburiyatlami to‘lay olmaslik holatidir. Doimiy va davom etuvchi nochorlik mutloq to'lovga noqodirlikka olib keladi. U holda qarzdor o‘z moliyaviy holatini tiklay
  • olmaydi, uni faoliyatini davom ettirish mumkin bo‘lmay qoladi va maqsadli emas. Bunday nochor tashkilot bankrot bo‘ladi. Shunday ekan, Le Xoaning fikricha, bankrot - qarzdor tomonidan likvidatsiya bo‘lish haqida qaror qabul qilish holatidir.

Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, inqirozlarni vujudga kelishiga olib keluvchi omillarning turlariga ko’ra inqirozlar quyidagilar bo’linadi: -Siyosiy inqirozlar -Ijtimoiy inqirozlar -Tabiiy inqirozlar -Iqtisodiy inqirozlar


Siyosiy- Urushlar; partiyalarni parchalanishi; davlat tuzumining to’ntarilishi;
Ijtimoiy- diniy inqirozlar; milliy inqirozlar; aholining population inqirozi; qarish;
Tabiiy- tabiiy boyliklarni yo’qolib ketishi; tabiiy ofatlar; iqlim o’zgarishi;
Iqtisodiy- moliyaviy inqirozlar; narxlarni oshib ketishi; repessiya; resurslarni taqchilligi;

Eng birinchi inqiroz 1857-yil kuzda AQSH da fond bozoridagi kotirovkalarning (raqamlash) pasayishi natijasida vujudga kelgan. Inqiroz shu yilning o’zida Angliya va keyingi yili esa Germaniyagacha bo’lgan hududni qamrab olgan. Bu inqirozning sababi ham bank tizimini asosiga shakllangan. Qisqa muddat ichida 200 ga yaqin banklar 6 oyga yopilgan. 1857 yilning 13 oktabr kuni banklar ertalabdan tushgacha bo‘lgan davrda ishlagan va tushdan keyin o‘zlarini bankrot deb e’lon qilganlar.

1858 уiliar oxiriga borib AQSh iqtisodiyoti inqirozdan qutulib o‘sa boshlagan. Angliya banklari esa dastlab inqirozdan qutulish uchun qayta moliyalash stavkasini 2 baravarga oshirishga harakat qilganlar, bu ijobiy natija bermagach qo‘shimcha banknotalami emissiya qila boshlaganlar va bu 1858 yilning kuziga borib inqirozdan qutulish uchun imkon yaratgan.

E’tiboringiz uchun rahmat.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling