Bank inqirozlari


Download 122.76 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi122.76 Kb.
#1594575
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Банк инкирозлари


  1. BANK INQIROZLARI




  1. Bank inqirozlarining kelib chiqish sabablari

Наг qanday inqiroz shuningdek, bank inqirozi ham iqtisodiy jarayonlaming buzilishi natijasida yuzaga keladi. U milliy daromadlami yo‘qotilishi natijasida iqtisodiy va moliyaviy mexanizm funksiyalarini samarali amal qilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bank tizimi istalgan iqtisodiyotning pul, moliya, kredit tizimlarining bir qismi hisoblanib, unda inqirozlar ichki va tashqi omillar yoki boshqa tizimlar ta’sirida yuzaga kelishi mumkin.


Bank inqirozlarining kelib chiqish sabablari bir qator olimlar tomonidan uzoq yillar mobaynida turilicha muhokama qilinib kelingan. Bu xususida ilk qarashlar asosan omonatchilar, bank mijojozlari va aksiyadorlari tomonidan vahima (panika) qilish natijasida pul mablaglari (omonatlari)ni banklardan yoppasiga olish orqali banklaming likvidlilik darajasiga asossiz ravishda ta’sir etishi bilan bogliqdir.
Omonatchilar, bank mijojozlari va aksiyadorlarning bunday harakati banklar likvidlilik holatiga salbiy ta’sir etadi. Natijada banklarga jiddiy moliyaviy bosim oqibatida banklar aktivlarni sotishga majbur boladi. Agarda mavjud siyosatni o‘zgartirish orqali bank inqirozlarining oldi olinmasa, ular tizimli hamda tashqi omillar ta’siri ostiga ham tushib qolishi ehtimoldan holi emas.
Bank inqirozlari xususidagi keyingi qarashlar banklaming tolov qobiliyatiga ega bolmaslik holatini keltirib chiqaruvchi balans aktiv qismidagi yo‘qotishlarga asoslanadi. Banklar aktivlari sifatida uzoq muddat davomida yo‘qotishlaming mavjud bolishi, odatda noho'sh makroiqtisodiy jarayonlar, bozor tangligi, hukumat siyosati (yoki aralashuvi) va firibgarliklar bilan bogliqdir. Shuningdek, mazkur qarashlarning aksariyati iqtisodiyot tamoyillaridagi o‘zgarishlar hamda biznes sikllarining tabiiy mahsuli ekanligiga asoslanadi.
Bank inqirozlarining makroiqtisodiy nuqtai-nazardan kelib chiqishi nobarqaror makroiqtisodiy siyosat, global moliyaviy shart-sharoitlar va valyuta kurslari ayriboshlash mexanizmiga oid muammolarga bogliq. Haddan ortiq pul- kredit ekspansionistik siyosati va fiksal siyosat kredit inqirozini, qarzlami haddan ortiq ko‘p jalb qilish va real aktivlarga investitsiyalami safarbar qilish bank aktivlari sifatining pasayishiga olib keladi.
Amerikalik iqtisodchi olimlar Karmen M. Reynxart va Kennet S. Rogoff bank inqirozlari kelib chiqishining ilk sabablari sifatida kredit inqirozlari va aktivlar narxi bilan bogliq pufak (ко‘pik)laming vujudga kelishini koYsatib otadilar.3 Bu kabi makroiqtisodiy tanglikni iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlarda kuzatish mumkin. Iqtisodi­yoti rivojlanayotgan mamlakatlar boshqa mamlakatlardan qisqa muddatli xorijiy valyutadagi qarzlami jalb qilish orqali valyuta kursining qadrsizlanishi, xalqaro bozorda foiz stavkalarining oshishi va xalqaro savdo shartlarining 0‘zgarishi natijasida yuqori kredit riskini vujudga keltiradi.
Misol uchun, 1980 yillarda G‘arb mamlakatlari banklari Lotin Amerikasi mamlakatlariga iqtisodiy o‘sishni ta’miniash va joriy operatsiyalar boyicha defitsitni qoplash maqsadida katta miqdorda qarzlar (AQSh dollaridajni ajratadi. Katta miqdordagi xorijiy mablaglaming oqib kelishi qarzdor mamlakatlarda real amalmashuv kursining keskin oshishiga olib kelib, bir qancha qarzdorlaming defolt holatiga kelishiga sabab boldi. Natijada mazkur inqiroz 800 mlrd. AQSh dollaridagi umumiy qarz mablaglarining 250 mlrd. AQSh dollaridan voz kechish orqali yakun topdi.
Bank inqirozlari kelib chiqish sabablarini bir qancha omillar orqali yaqqolroq yoritib o^tishga harakat qilamiz.

Download 122.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling