Bank inqirozlari va ularning sabablari, oqibatlari Bank inqirozlari kelib chiqishi
Bank inqirozlarining quyidagi turlari mavjud
Download 174.82 Kb.
|
Bank inqirozlari va ularning sabablari, oqibatlari Bank inqirozl
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yashirin inqiroz
Bank inqirozlarining quyidagi turlari mavjud:Bank inqirozining birinchi turini byudjet xarajatlarining miqdoridan qat’iy nazar mikroiqtisodiy darajadagi inqiroz deyish mumkin. Bunday holatda cheklangan miqdordagi banklarning bankrot bo‘lishi butun moliyaviy tizimga keskin ta’sir ko‘rsatmaydi hamda yirik miqyosdagi makroiqtisodiy pasayish kuzatilmaydi. Bunga misol sifatida AQSh (1984-1991 yy.), Shvetsiya (1990-1993 yy.), Finlandiya (1991-1994 yy.) va Fransiya(1991-1998 yy.)dagi bank inqirozlarini keltirish mumkin. Bank inqirozining ikkinchi turini o‘ta salbiy oqibatlarga olib keluvchi makroiqtisodiy darajadagi inqiroz deyish mumkin. Misol uchun, Chilida (1981-1984 yy.) yuz bergan bank inqirozi YaIMning 13 % pasayishiga olib keldi. Bank sektorining aksariyat qismi milliylashtirilib, hanuzga qadar davlat xarajatlari to‘la kompensatsiya qilinmagan. Mazkur turdagi inqirozlarni bartaraf etish uchun sarflanadigan mablag‘lar YaIMning 15-20%ini tashkil etishi mumkin. Bank inqirozining uchinchi turi moliya-byudjet tizimining nobarqarorligi, yuqori inflyatsiya va iqtisodiyotni demonetizatsiya qilish kabi xususiyatlar bilan harakterlanadi Yuqorida keltirib o‘tilgan bank inqirozlarining turlari bilan bir qatorda ularning quyidagi namoyon bo‘lish shakllari ham mavjuddir:Yashirin inqiroz (bank distress). Bunday sharoitda banklarning ko‘pchilik qismi to‘lovga layoqatsiz bo‘lsalarda faoliyatlarini davom ettiraveradilar. Inqirozning ochiq shakli (bank runs). Bunga Buyuk Depressiya vaqtidagi bank vahimasi, banklardan yoppasiga omonatlarni olish bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarni aytish mumkin. Tizimli bank inqirozi (Systemic Banking Crises). Bu esa, o‘z navbatida bank tizimining aksariyat qismini to‘lovga layoqatsizligini anglatadi. Shuningdek, K.V.Rudiy xorijiy tadqiqot natijalarini umumlashtirgan holda bank inqirozlarining quyidagi turlarini keltirib o‘tadi- kredit jarayoni funtsional holatining buzilishi natijasida yuzaga keladi bank inqirozlari; - qarz va valyuta muammolari bilan bog‘liq bank inqirozlari; - bank epidemiyasi (har xil kanallar orqali tarqaluvchi, misol uchun, xorijiy kapital harakati). Download 174.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling