Bank ishi ” fakulteti bia-85 guruh talabasi abadullayev ibrohimning menejment va marketing fanidan 1-oraliq nazorat uchun tayorlagan mustaqil ishi fan o’qituvchisi: Jalolova Dildora
Bozor elementlariga nimalar kiradi?
Download 39.58 Kb.
|
Menejment va marketing oraliq nazorat
3.Bozor elementlariga nimalar kiradi?
Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kate- goriyasi bo'lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo'jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham qo'llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir. Eng avvalo, «bozor» va «bozor iqtisodiyoti» tushun- chalarining bir-biridan farqlanishini ta'kidlab o'tishimiz lozim. Chunki ko'pincha bu ikki tushunchani bir xil ma'noda tu- shunish, ba'zi adabiyotlarda sinonim so'zlar sifatida qo'llash yoki ularni chalkashtirish hollari uchraydi. Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro'y berishi natijasida vujudga kelib, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o'z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa bozor va bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishining natijasi sifatida paydo bo'ladi va bozor qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko'rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi. Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning hamma fazalarini: ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va nihoyat iste'mol jarayonlarini o'z ichiga oladi. Bozor esa faqat bitta fazani, ya'ni ayirboshlash fazasini o'z ichiga oladi. Bozor tushunchasi yuzaki qaraganda oddiy tushunchaga o'xshab ko'rinadi, ayrimlar bozorni tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy deb o'ylashadi. Lekin uning ichki maz- muniga e'tibor berilsa, u ko'p qirrali bo'lib, mazmuni o'zgaruvchan ekanligini, turli davrlarda turli ma'noni anglatishini bilib olish mumkin. Bozor tushunchasi tovar ayir- boshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog'liq bo'lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dast- lab tovar almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki maydoni de- gan mazmunni anglatgan. Hozirgi davrdagi bozor murakkab tuzilishga egadir. Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo'lganligi sababli uni turkumlashga har xil mezonlar asos qilib olinadi. Bular bozorning etuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor sub'ektlari xususiyatlari, bozor miqyosi. iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar. Bozorning yetuklik da- rajasiga qarab rivojlanmagan bozor, klassik (erkin) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo'linadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor ko'proq, tasodifiy tavsifga ega bo'lib, unda tovarni tovarga ayirboshlash usuli (barter) ko'proq qo'llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali haqiqiy pul kelib chiqmagan davrga to'g'ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo'qotgan, bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan davrlarda ham bu bozor amal qilishi mumkin. Erkin (klassik) bozor-tovar va xizmatlaming har bir turi bo'yicha juda ko'p ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar, ya'ni sotuvchilar va sotib oluvchilardan iborat bo'lib, pul orqali ayirboshlash jaray- onida ular o'rtasida erkin raqobat kelib chiqadi, narxlar talab va taklif o'rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanadi, raqobatning turli usullari qo'llaniladi, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanadi. Hozirgi zamon rivojlangan bozori - bunda davlat ham bozor ishtirokchisi bo'lib, bozor ancha tart- iblashtiriladi va boshqariladi, turli xil biijalar va boshqa oldi- sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar rivojlangan bo'ladi. raqobat kurashlari aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari darajasi o'rtasidagi farqlar kamayadi Download 39.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling