Bank ishi” fanidan oraliq nazorat bajardi: sbi-54 guruh Muhammedova N. Qabul qildi: Abdulayeva Sh. Toshkent-2022


Download 85.69 Kb.
Sana06.02.2023
Hajmi85.69 Kb.
#1169373
Bog'liq
12 variant


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    1. TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


BANK ISHI” FANIDAN


ORALIQ NAZORAT
Bajardi: SBI-54 guruh
Muhammedova N.
Qabul qildi: Abdulayeva Sh.
TOSHKENT-2022

12 variant
1.Naqd pulsiz oborot va uning shakllari
2.Bankning qayta tashkil etish tartibi
3.Markaziy bankning hukumat bilan munosabatlarini keltiring va asoslang.

1. Pul oborotining asosiy qismini naqd pulsiz oborot, ya’ni korxona, tashkilotlar o’rtasidagi, ularning davlat byudjeti, kredit tashkilotlari bilan naqd pulsiz bir schyotidan ikkinchi schyotga mablag’ o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladigan oborot tashkil qiladi.
Pul oboroti tarkibida naqd pulsiz oborot salmog’ining yuqori bo’lishining sababi, avvalam bor korxona, tashkilotlar o’rtasida iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarishni yuksaltirish zarurligi, ba’zi bir tarmoqlarning ixtisoslashuvi, kredit sistemasining takomillashuvi va boshqalardir.
Naqd pul ishtiroksiz, mablag’larni bir schyotdan ikkinchi schyotga o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladigan hisoblar naqd-pulsiz hisob-kitoblar deyiladi.
O’zbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz hisob-kitoblar «O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borish to’g’risida»gi 1998 27 yil iyundagi 60-sonli qoidaga asosan olib boriladi.
Bu qoida O’zbekiston Respublikasi «Banklar va bank faoliyati to’g’risidagi», «O’zbekiston Respublikasida korxonalar to’g’risida»gi qonunlar va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining boshqa normativ hujjatlariga asosan ishlab chiqilgan 60-sonli qoidaga asosan, hisob-kitoblarni olib borishda ular qaysi mulk shakliga asoslanishidan qa’tiy nazar hisob-kitob shakllarini tanlash va olib borishda erkinliklar berilgan.
Naqd-pulsiz hisob-kitoblar qo’yidagi elementlardan tashkil topgan. Bular: naqd-pulsiz hisob-kitoblarni olib borish va amalga oshirishning asosiy tamoyillari; hisob-kitob shakllari; hisob-kitob xujjatlari; to’lov turi; navbati, manbalari; hisob- kitob qatnashchilari, bankning xuquq va majburiyatlari va boshqalar.
Naqd-pulsiz hisob-kitoblar o’zining iqtisodiy mohiyatiga qarab tovarlarni sotish jarayoni bilan bog’liq hisob-kitoblar va notovar xarakterdagi hisob-kitoblarga bo’linadi. Tovarlarni sotish jarayonidagi hisoblar moddiy boyliklar aylanishi bilan bog’liq bo’lib, ular asosan korxona, tashkilotlar o’rtasida olib boriladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar hisob xujjatlari asosida olib boriladi. Shartnomaga asosan mol etkazib beruvchi o’z vaqtida tovarning pulini (ekvivalenti) olishi, mol sotuvchi pulni o’z vaqtida o’tkazishi zarur.
Naqd-pulsiz hisob-kitoblar qo’yidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:

  • korxona, tashkilotlar o’z pul mablag’larini (o’z mablag’larini va qarz mablag’lar) bankda saqlanishlari zarur.

  • barcha naqd-pulsiz hisob-kitoblar bank orqali o’tishi kerak;

  • ho’jalik organlari hisob-kitoblar shakllarini erkin tanlashlari va uni shartnoma orqali mustahkamlab qo’yishlari mumkin;

  • ho’jalik organlarning hisob-kitoblar bo’yicha shartnomaviy munosabatlariga bank aralashmasligi kerak;

  • tovarlar va xizmatlar uchun to’lovlar to’lovchining roziligi bilan amalga oshiriladi.

  • to’lovlar xo’jalik organlarining hisob varaqasidagi mablag’lari hisobidan, ba’zida (agar korxona kredit olishi mumkin bo’lsa) bank krediti hisobidan amalga oshirilishi mumkin;

  • to’lov qoidasi mol etkazib beruvchi va mol sotib oluvchi tomonidan mol etkazib berish to’g’risidagi shartnoma asosida kelishib olinadi;

  • mol etkazib beruvchining hisob varag’ig’a pul mablag’larini o’tkazish shu mablag’larni mol sotib oluvchining hisob varag’idan o’chirilganidan keyin amalga oshiriladi, (bundan cheklar bilan hisob-kitob qilish mustasno);

Korxona, tashkilotlarga pul mablag’larini saqlash va hisob-kitoblar olib borish, kassa operatsiyalarini amalga oshirish uchun hisob-kitob yoki joriy varaqlar ochiladi.
Yoisob-kitob (joriy) varaqlarni ochish uchun korxona qo’yidagi hujjatlarni bankka taqdim qilishi zarur.

  1. hisobvaraqa ochish to’g’risida ariza;

  2. xo’jalik, tashkilot tashkil qilinib, ro’yxatga olinganligini tasdiqlovchi hujjat;

v) huquqiy shaxs Ustavini notarial tartibda tasdiqlangan, huquqiy shaxs
tomonidan imzolangan nusxasi;
g) imzolar namunalari, muhr bosilgan va notarial tartibda tasdiqlangan varaqcha;
d) hisobvaraqasini ochish uchun yuqoridagi asosiy hujjatlardan tashqari zarur bo’lganda boshqa qo’shimcha hujjatlar ham bankka berilishi mumkin.
«O’zbekiston Respublikasida korxonalar to’g’risida»gi Qonunga asosan ish xaqi to’lash, byudjetga to’lovlar, davlat sug’urtasining majburiy turlariga doir to’lovlar va ijtimoiy sug’urta jamg’armasi (pensiya jamg’armasi)ga to’lovlar barcha korxonalar uchun birinchi navbatda to’lanadigan to’lovlar hisoblanadi.
Boshqa to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar navbatma-navbat taqvimiy ravishda bajariladi.
Agar korxona to’lovga layoqatsiz (bankrot) deb topilsa, to’lovlar ketma-ketligi O’zbekiston Respublikasining «Bankrotlik to’g’risida»gi qonunga binoan xo’jalik sudi tomonidan tugatish rejasi asosida belgilanishi kerak.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar banklar tomonidan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilangan shakllarda va xalqaro amaliyotda qabul qilingan shakllarda olib boriladi.
Yoisob-kitoblar shakllari deyilganda odatda huquqiy me’yorlarda ko’zda tutilgan, mablag’larni mol etkazib beruvchining hisob varaqasiga yozish usuli, hisob- kitob hujjatining turi, hamda hujjatlarning aylanish tartibi bilan farq qiluvchi hisob- kitoblar turlari tushuniladi.
Yoisob-kitob operatsiyalari banklar tomonidan korxona ochilgan hisob varaqalaridan mijoz bilan hisob-kitob hizmati ko’rsatish yuzasidan tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
Bank xo’jalik yurituvchi sub’ektlarlarning pul mablag’larini ular ochgan hisob varaqalarida saqlaydi, ana shu hisob varaqalarga keladigan pullarni ularga o’tkazadi. Bank pullarni o’tkazish, hisob varaqalaridan pul berish to’g’risidagi, bank bilan korxona o’rtasidagi shartnomada nazarda tutilgan boshqa bank operatsiyalarini amalga oshirish xaqidagi farmoyishlarni ado etadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998yil 27 iyun 60-sonli «O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borish qoidasiga
asosan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblar quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

  1. to’lov topshiriqnoma orqali;

  2. to’lov talabnomalari orqali;

v) akkreditivlar orqali;
g) inkasso topshiriqnomalari bilan;

  1. cheklar bilan hisoblashish orqali;

  2. memorial orderlar orqali

Yuqorida sanab o’tilgan naqd pulsiz hisob-kitob shakllarining qaysi birini qo’llash mumkinligini to’lovchi va mablag’ oluvchi korxonalar o’rtasidagi tuziladigan xo’jalik shartnomasida kelishilgan holda aks ettiriladi.
2. Banklar aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi.

  • Banklar Markaziy bankda davlat roʻyxatiga olingan paytdan eʼtiboran yuridik shaxs maqomini oladi.

  • Banklar Oʻzbekiston Respublikasida oʻz faoliyatini Markaziy bank tomonidan beriladigan, bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) asosida amalga oshiradi.

  • Litsenziya uning amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.

  • Litsenziyani yoki unga doir huquqlarni boshqa shaxslarga oʻtkazish taqiqlanadi. 

  • Litsenziyasiz amalga oshiriladigan bank faoliyati gʻayriqonuniy deb hisoblanadi va javobgarlikka sabab boʻladi. Bunday faoliyat natijasida olingan daromad Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga olib qoʻyiladi.

Banklarni litsenziyalash tartib-taomili quyidagi ikki bosqichdan iborat:

  • Markaziy bank tomonidan bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish;

  • bir vaqtning oʻzida litsenziya bergan holda bankni davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

  • Amalga oshirilishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq alohida litsenziyalar yoki ruxsatnomalar olinishi talab etiladigan faoliyat banklar tomonidan tegishli hujjatlar olinganidan keyin amalga oshiriladi.

Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun muassislar tomonidan bank tashkil etish boʻyicha oʻz manfaatlarini Markaziy bankda ifoda etishga vakil qilingan shaxs (bundan buyon matnda ariza beruvchi deb yuritiladi) taʼsis shartnomasi imzolaganidan keyin uch oydan kechiktirmay Markaziy bankka quyidagilarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi:

  1. taʼsis shartnomasini;

  2. ikki nusxadagi bank ustavini;

  3. taʼsis yigʻilishining bayonnomasini;

  4. muassislar roʻyxatini;

  5. hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan bevosita va bilvosita muassislar, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek ushbu Qonunning 24-moddasiga muvofiq baholashni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborotni;

  6. hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan shaxslar mavjud boʻlmagan taqdirda, bankning ustav kapitalida eng koʻp ulushlarga ega boʻlgan, umumiy ulushi kamida ellik foizni tashkil etadigan bevosita va bilvosita muassislar, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlar toʻgʻrisidagi axborotni, shu jumladan ushbu Qonunning 24-moddasiga muvofiq baholashni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborotni;

  7. muassis boʻlgan yuridik shaxsning auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan oxirgi uch yil uchun moliyaviy hisobotlarini;

  8. bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun kiritilgan mablagʻlarning manbalari toʻgʻrisidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni;

  9. bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari toʻgʻrisidagi, bu aʼzolarning ushbu Qonunning 36-moddasi talablariga muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan axborotni;

  10. bankning tashkiliy tuzilmasini;

  11. bankning ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi nizom loyihasini;

  12. bankning keyingi uch yilga moʻljallangan biznes-rejasini;

  13. keyinchalik bankning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanishi lozim boʻlgan, bankning kredit, investitsiya va emissiya siyosatining loyihalarining, shuningdek tavakkalchiliklarni boshqarish va ichki nazorat siyosati loyihalarining koʻchirma nusxalarini;

  14. arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni.

Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

  1. Ariza beruvchi bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizada elektron pochta manzilini koʻrsatishga haqli. Elektron pochta manzilining koʻrsatilishi ariza yuzasidan qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi xabarnomani olishga yoki axborot‑kommunikatsiya tizimi orqali elektron shaklda qoʻshimcha axborotni soʻrab olinishiga boʻlgan rozilikdir.

  2. Taqdim etilgan hujjatlarda Markaziy bank tomonidan kamchiliklar aniqlangan va (yoki) ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan toʻliq hajmda taqdim etilmagan taqdirda, Markaziy bank ariza beruvchiga bartaraf etilishi lozim boʻlgan kamchiliklar va (yoki) taqdim etilishi zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxati koʻrsatilgan holdagi xabarnomani ariza taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida yuboradi.

d)Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi ariza bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran uch oy ichida Markaziy bank tomonidan koʻrib chiqilishi kerak. Mazkur muddat ushbu moddaning oltinchi qismida koʻrsatilgan hollarda toʻrt oygacha uzaytirilishi mumkin.

  1. Agar ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar va axborot bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun yetarli boʻlmasa, Markaziy bank ariza beruvchidan qoʻshimcha hujjatlar va axborot soʻrashga haqlidir.

Ariza beruvchi Markaziy bank soʻragan hujjatlar va axborotni soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan oshmagan muddatda ushbu moddaning oltinchi qismiga muvofiq taqdim etishi kerak, ushbu muddat mobaynida bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqiladigan uch oylik davr toʻxtatib turiladi.
Markaziy bank ariza beruvchini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran uch ish kuni ichida yozma shaklda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya tizimi orqali elektron shaklda xabardor qiladi.
Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnoma olingan kundan eʼtiboran olti oydan oshmagan muddat ichida yuridik kuchini saqlab turadi.
Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnoma quyidagi hollarda amal qilish muddati tugashidan oldin bekor qilinadi:

  • dastlabki ruxsatnoma soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda;

  • ilgari baholashdan oʻtgan va ushbu Qonunning 24-moddasi talablariga javob bergan muassislar, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlar endilikda ushbu modda talablariga muvofiq boʻlmaganda;

  • ilgari baholashdan oʻtgan va ushbu Qonunning 36-moddasi talablariga javob bergan bank kuzatuv kengashi va (yoki) boshqaruvi aʼzolari endilikda ushbu modda talablariga muvofiq boʻlmaganda, shuningdek bank kuzatuv kengashi va (yoki) boshqaruvining yangi tayinlangan aʼzolari toʻgʻrisida axborot taqdim etilmaganda;

  • taqdim etilgan biznes-rejaga tarkibiy oʻzgartishlar kiritilganda;

  • bankni xavfsiz va barqaror boshqarishni taʼminlab boʻlmasligini koʻrsatuvchi faktlar aniqlanganda.



3. O‘zbekiston Respublikasining ““O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2019-yil 11-noyabrdagi O‘RQ-582-sonli Qonuniga muvofiq
Hukumat bilan Markaziy bank iqtisodiyotdagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni nazorat qilish uchun doimiy ravishda statistik axborot almashib turadilar.
Hukumat, vazirliklar va idoralar Markaziy bankka u o‘z vazifalarini bajarishi uchun zarur bo‘lgan moliyaviy, iqtisodiy axborot va hujjatlarni taqdim etadilar.
1995 yil 21 dekabrda «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida» gi Qonuni qabul qilindi.
Markaziy bank maqomi va maqsadlari «O’zbekiston Respublikasining Markaziy Banki to’g’risida»gi Qonunning 1-moddasida belgilangan: «O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki yuridik shaxs bo’lib, faqat davlat mulki hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki - iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasa, o’z harajatlarini o’zining daromadlari hisobidan amalga oshiradi, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o’z nomi yozilgan muhrga ega.»
Qonunning 3-moddasida «Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat» deb qayd qilinadi. Narxlarning barqarorligini ta’minlash va milliy pul birligini xorijiy valyuta bozorlarida ayirboshlash kursining barqaror bo’lishiga erishishni ko’zda tutuvchi bu maqsad davlatning iqtisodiy siyosatida O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning o’rini juda muhim ekanligini belgilaydi.
Mamlakatda pul muomalasi samarali bo’lishi va moliya muassasalari faoliyatining ishonchliligi pul-kredit hamda valyuta siyoati strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish hamda amalga oshirishdagi uning mustaqilligini xuquqiy jihatdan mustahkamlash zarurligini taqozo etadi. Mamlakat xalq xo’jaligini kreditlash ko’rsatkichlarini tijorat banklarini qayta moliyalashga doir kredit hajmlarini va foiz stavkalarini belgilash yo’li bilan tartibga solish, valyuta-kredit siyosatini amalga oshirish, tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mustaqil siyosati sohasi bo’lib hisoblanadi. Mustaqil siyosat esa pul va valyuta bozorida yuzaga kelayotgan vaziyatni, ichki bozordagi makroiqtisodiy shart-sharoitni, tashqi omillarni tahlil qilish asosida amalga oshiradi. Bu holat Qonunning 6-moddasida «Markaziy bank o’z vakolatlari doirasida qaror qabul qilishda mustaqildir» deb tasdiqlangan. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobot beradi. Oliy Majlis O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tavsiyasi bilan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi.
Download 85.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling