Bajardi: Ubaydullayeva. Y qabul qildi: Abdulhay. G reja
Download 51.72 Kb.
|
ubaydullayeva y 1
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi GULISTON DAVLAT UNVERSITETI Tarix yo’nalishi O’zbekiston fanidan Kurs ishi Mavzu: Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligini o'rnatilishi Bajardi:Ubaydullayeva.Y Qabul qildi: Abdulhay.G Reja: Kirish I bob. Shaoyboniylar davlatining tashkil topishi. 1.1Shayboniylar tomonidan Movarounnahrning zabt etilishi 1.2 Zahiriddin Boburning Shayboniyga qarshi kurashi II bob. Shayboniylar davrida Movarounnahrda ijtimoiy iqtisodiy va madaniy hayot. 2.1. Shayboniylar davrida Movarounnahrda madaniy taraqqiyot uchun shart sharoitni vujudga kelishi 2.2. Shayboniylar davrida Movarounnahrda ilm- fan va ta'lim Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Birinchidan O‟zbekiston tarixi darslarida shaxsni har tomonlama shakllantirish, uning qobiliyati va imkoniyatlarini to‟liq namoyon etish va rivojlantirish uchun qulay shart–sharoit yaratish uchun ta‟lim jarayonini to’g’ri tashkil etish, o’quvchilarning ongiga to’g’ri yo’l topa bilish muhim ahamiyatga ega. Vatan tarixining ilmiy tahlil va izchil yondashuvni talab qiladigan yo’nalishlaridan biri XVI–XVII asrlarda hukm surgan shayboniylar davlati tarixidir. Ikkinchidan XV–XVII asrning boshlarida Movarounnahrdagi iqtisodiy tushkunlik va siyosiy porokandalikni vujudga keltirgan sabablar, shu davr tarixiy jarayonlarining salbiy oqibatlari tegishli saboq bo’lib, mazkur voqealarni chuqur anglab, haqqoniy talqin qilish muhimdir. Mustaqillik yillarida O’zbekiston tarixini yangi konseptual – metodologik asoslarda tadqiq etish, turli ilmiy muammolarni asl manbalarga tayangan holda tahlil etish muhim masalaga aylandi. Uchinchidan O’zbekiston tarixining muhim burilish nuqtasi hosoblanmish shayboniylar davrini ilmiy manbalar asosida tahlil etish fanimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. O’quvchilarga O’zbekiston tarixi fanini o’qitishda shayboniylar davri tarixining pedagogik asoslarini aniqlash hozirga qadar yaxlit ilmiy tadqiqot sifatida o’rganilgan emas. Bu esa mavzuning dolzarbligini yanada oshiradi. Tariximizda Somoniylar, G’aznaviylar, Qoraxoniylar, Xorazmshoxlar, Temuriylar, Shayboniylar, Ashtarxoniylar va Mang’itlar kabi sulolalar hukmronlik qilganini bilamiz. Shu nuqtai nazardan olganda Shayboniylar davrining dolzarbligi shundan iboratki, biz bu davrni yanada muhimroq o’rganmog’imiz, o’sha davrda hukmronlik qilgan xukmdorlar qilgan ishlarini chuqurroq tahlil qilmog’imiz, ochilmagan, siru-sinoatlarni ochib bermog’imiz darkor. Bizga ma’lumki, bir qator tarixchilarimiz Shayboniylar davriga oid bir qancha asarlar yozishgan. Jumladan, B. Axmedovning “Tarixdan saboqlar”, “To’rt ulus tarixi”, Z.M. Boburning “Boburnoma”, Abdulg’ozixonning “Shajarai turk”, M. Solihning “Shayboniynoma”, X.T. Buxoriyning “Abdullanoma” asarlari mavzuning yoritilishida muhim asarlar hisoblanadi. Download 51.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling