Bank ishi” kafedrasi sirtqi ta’limning 5230700- “Bank ishi va auditi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 3-kurs sbia-81 guruh talabasi Umarqulova Fotimaning amaliyot daftari toshkent-2022


Amaliyot o‘tash joyidan tayinlangan rahbar


Download 0.7 Mb.
bet10/13
Sana10.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1348733
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Umarqulova Fotima

Amaliyot o‘tash joyidan tayinlangan rahbar _______________________________ ______________ (ismi-sharifi) (imzo)


(muhr o‘rni)
8-mavzu. Amaliyot natijalari bo‘yicha xulosalarni shakllantirish va amaliyot daftarini rasmiylashtirish
Tanishuv amaliyoti hisoboti bo’yicha bo’yicha shuni xulosa qilish mumkinki, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan elektron tijorat va elektron to’lovlar imkoniyatlaridan oqilona foydalanilganligi tufayli tijorat ishida hamkorlarni topish, shartnomalarni tuzish, tashqi bozorga tezkor chiqishda keng imkoniyatlar yaratilib, ushbu imkoniyatlar ularning raqobatbardoshligini oshirishda asos bo’lib xizmat qilmoqda. O‘z navbatida, bunday holat milliy iqtisodiyotimizning barqarorligini ta’minlamoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmog’i bo’lmish bank tizimimiz bugungi kun zamon talabiga javob berishi uchun o’z faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni, bank mijozlariga qulayliklar yarata oladigan turli xil zamonaviy chakana xizmatlarni qo’llashi birinchi darajali dolzarb masala hisoblanadi.
Shunday zamonaviy texnologiyalar asosida masofaviy bank xizmatlari, xususan Internet-banking xizmatining faol joriy etilishi eng muhim masalalardan biridir.
Shunday ekan, ushbu sohani yanada kengaytirish, bank mijozlari uchun qulay imkoniyatlar yaartishda tinmay izlanishlar olib borish lozim, deb o’ylayman. Bizga ma’lumki, har bir sohada raqobat muhiti mavjud, ya’ni banklarimiz mijozlar jalb qilish borasida raqobatlashishadi. shunday ekan, banklarimiz doimo mijozlarga qulaylik yaratib, ularning e’tiborini qozonish maqsadida yangi zamonaviy bank xizmatlarini taklif qilib borishlari zarur.
“Turonbank”ni yanada rivojlantirish va yakuniy natijalarga erishish maqsadida quyidagi yo’nalishlarda chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda:
 bank tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy
qo’llab-quvvatlash bo’yicha ishlarni yanada faollashtirish;
 ko’rsatilayotgan bank xizmatlari turlarini, raqamli bank xizmatlarini ko’paytirish va sifatini yanada yaxshilash, xususan, bank infratuzilmasini rivojlantirish, ayniqsa, qishloq joylarda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo’llagan holda masofadan turib bank xizmatlarini ko’rsatish ko’lamlarini yanada kengaytirish.
Xalqaro tashkilotlardan jalb qilinishi mumkin bo’lgan mablag’larni yuridik shaxslar va aholi depozitlari oshishi hisobiga kamaytirish va buning oqibatida tashqariga chiqib ketishi mumkin bo’lgan foiz to’lovlarini mamlakat ichida ushlab qolish lozim. Tijorat banklari tomonidan aholi bo’sh pul mablag’larini yuqori foizli, jozibador omonatlarga jalb qilishi bilan bankdan tashqari pul aylanmalarini bankka jalb qilish, aholining investitsion faolligini oshirish va barqaror daromad manbaiga ega bo’lib, turmush tarzini o’sishiga xizmat qiladi.
Shuningdek, umumiy xulosa o’rnida shuni alohida qayd etish lozimki, ilmiy-tadqiqot ishimda ta’kidlab o’tilgan barcha masalalar “Turonbank” tizimini amaliyoti uchun kelajakda juda muhim ahamiyat kasb etishi ravshan hodisa.
Shunday ekan endilikda aynan yangi raqamli bank xizmatlari joriy etilib, banklar faoliyatining kelajagini tahkil etuvchi tizimlar sifatida katta sahnaga chiqqanda ushbu yuqorida berilgan takliflarning naqadar amaliyotga mos kelishini kuzatishimiz mumkin bo’ladi.
Shuningdеk, umumiy xulоsа о‘rnidа shuni аlоhidа aytib o’tishim lоzimki, ilmiy-tadqiqot ishimda tа’kidlаb о’tilgаn bаrchа mаsаlаlаr “Turonbank” tizimining аmаliyоti uchun kеlаjаkdа judа muhim аhаmiyаt kаsb еtadi. Shundаy еkаn еndilikdа аynаn yangi raqamli bаnk xizmаtlаri joriy etilib, bаnklаr fаоliyаtining kеlаjаgini tаshkil еtuvchi tizimlаr sifаtidа kаttа sаhnаgа chiqqаndа ushbu yuqоridа bеrilgаn tаkliflаrning nаqаdаr аmаliyоtgа mоs kеlishini kuzаtishimiz mumkin bо‘lаdi.



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling