Bank ishi” kafedrasi sirtqi ta’limning 5230700- “Bank ishi va auditi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 3-kurs sbia-81 guruh talabasi Umarqulova Fotimaning amaliyot daftari toshkent-2022


Amaliyot o‘tash joyidan tayinlangan rahbar


Download 0.7 Mb.
bet6/13
Sana10.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1348733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Umarqulova Fotima

Amaliyot o‘tash joyidan tayinlangan rahbar _______________________________ ______________ (ismi-sharifi) (imzo)


(muhr o‘rni)
4-mavzu. Tijorat banki faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari va moliyaviy natijalari bilan tanishish


Bankning samarali faoliyatini joriy yil 1-dekabr holatiga ko'ra, bankning sof aktivlari 1068,5 mlrd. so'mga yetib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 265,7 mlrd. so'm yoki 33,1 foiz o'sgani ham tasdiqlab turibdi. Bankning likvidlik, ishonchlilik, to'lov­ga qobiliyatlilik kabi asosiy ko'rsatkichlari barqarorligi ta'minlanib, uning jami kapi­tali o'tgan yilning mos davriga nisbatan 59,2 mlrd. so'm yoki 49 foiz o'sdi va 180 mlrd. so'mni tashkil etdi. 




"Turonbank" ATB bo‘yicha 30.12.2021 yil holatiga daromad va xarajatlar smetasini ijrosi




























(mln.so‘m)



Ko‘rsatkichlar

reja

amalda

bajarilishi (%)

1

Foizli daromadlar

1 094 195 670

994 750 646

91%

2

Foizli xarajatlar

697 788 919

647 077 263

93%

3

Sof foizli daromad

396 406 751

347 673 383

88%

4

Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash

95 610 625

97 232 598

102%

5

Kredit va lizinglar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar baxolangandan so‘nggi sof daromad

300 796 126

250 440 785

83%

6

Foizsiz daromadlar

196 650 173

199 847 844

102%


komission daromadlar

85 382 355

79 125 732

93%


xorijiy valyuta bilan amaliyotlardan xamda investitsiyalardan olingan foyda va dividendlar

54 365 021

76 292 451

140%


boshqalar

56 902 796

56 515 332

99%

7

Foizsiz xarajatlar

34 942 434

35 455 916

101%


komission xarajatlar

28 125 586

23 265 569

83%


xorijiy valyuta bilan amaliyotlardan

4 891 071

5 793 429

118%


boshqalar

1 925 777

1 505 489

78%

8

Amaliyot xarajatlarigacha sof daromad

558 114 490

512 065 312

92%

9

Amaliyot xarajatlari

334 299 570

291 764 732

87%


ish xaqi va boshqa to‘lovlar

197 012 320

167 493 738

85%


boshqa amaliyot xarajatlari

137 287 250

124 270 995

91%

10

Soliq to‘lagunga qadar qadar foyda

128 204 295

123 067 981

96%

11

Foyda solig‘i

28 204 295

21 504 553

76%

12

SOF FOYDA

100 000 000

101 563 428

102%

O'z navbatida, bank kredit qo'yilmalari hajmida ham o'sish kuzatilmoqda. Ushbu ra­qam o'tgan yilning mos davriga nisbatan 200 mlrd. so'm yoki 49,2 foizga o'sib, hozirgi paytda 636 mlrd. so'mga yetdi. Xususan, kichik biznes subyektlarini moliya­viy qo'llab-quvvatlash uchun joriy yilning o'tgan davrida bank mablag'lari hisobidan ajratilgan sarmoyalar miqdo­ri 239 mlrd. 200 mln. so'mga yetgani bu boradagi ishlarning amaliy sa­marasidir. Bank ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash bilan bog'liq loyihalarni moliyalashtirish, qishloq joylarda tadbirkor­likni taraqqiy ettirish maqsa­dida 168 mlrd. 700 mln. so'mdan ortiq investitsiyalarni yo'naltirdi.


Bundan tashqari, «Turonbank» ATB tomonidan ayni paytda naqd pulsiz hisob-ki­toblarni kengaytirish va plas­tik kartochkalar emissiyasini ko'paytirish borasida qator amaliy choralar ko'rilmoqda. Buning samarasi o'laroq, 2022-yil 1-dekabr holatiga ko'ra, bank tomonidan muomalaga chiqaril­gan plastik kartochkalar soni o'tgan yilning mos davriga nis­batan 67,5 ming donaga oshib, 376,5 ming donani tashkil et­di. Shundan 369,6 ming donasi jismoniy shaxslarga, 6,9 ming donasi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga be­rilgan korporativ plastik kar­tochkalaridir. 
Shu bilan birga, 2022 yil- ning 1- dekabr holatiga ko'ra, bank tomonidan yosh oilalarga 4 mlrd. so'mlik ipoteka kreditlari, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish uchun 9,2 mlrd. so'm, servis sohasiga 87,3 mlrd. so'm, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga 6 mlrd. so'm, ishbilarmon ayollar rahbarlik qilayotgan korxonalarga 32,9 mlrd. so'm miqdorida kreditlar berildi.
Yana shuni qo'shimcha qilish kerakki, «Turonbank» ATB innovatsion g'oya va loyihalar uchun hamisha ochiq moliya muassasasidir. Shu bois ham mijozlar biznesini rivojlantirishga ko'maklashish maqsadida yangi bank texnologiyalari asosidagi masofadan boshqarish tizimlari joriy qilindi.
Amaliyot o‘tash joyidan tayinlangan rahbar _______________________________ ______________ (ismi-sharifi) (imzo)


(muhr o‘rni)
5-mavzu. Tijorat bankining zamonaviy chakana xizmat turlarini o’rganish.
Endi bank xizmatlaridan foydalanish yanada qulaylashtirildi bank ofislariga kelmasdan MyTuron mobil ilovasidagi My ID tizimi orqali identifikatsiyadan o‘tib, Turonbank mijoziga aylanish va mobil ilovasi orqali ko‘plab amaliyotlarni bajarish mumkin. Jumladan, bir necha daqiqa ichida “Onlayn Mikroqarz” rasmiylashtirish, shuningdek UzCard, Humo, Visa, Mastercard plastik kartalariga onlayn buyurtma berish va bir necha soniya ichida Humo Virtual kartasini ilovaning o‘zida ochish imkoniyati mavjud. Plastik kartalar turidan kelib chiqib ularni bir lahzada bloklash, hisobdagi mablag‘larni nazorat qilish, PIN-kodni o‘zgartirish, SMS-xabarnoma yoqish yoki o‘chirish orqali kartalarni boshqarish mumkin.
Smartfoningiz orqali MyTuron mobil ilovasiga kirib istalgan vaqtda va istalgan joyda MyTuron ilovasi orqali taqdim etilayotgan bank xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin. MyTuron mobil ilovasi qulay interfeysga ega bo‘lib, bank xizmatlaridan tez va oson foydalanish imkoniyatini yaratadi.
MyTuron mobil ilovasiga boshqa banklarning UzCard va Humo plastik kartalarini ham ulab, “Onlayn Mikroqarz”dan tashqari boshqa barcha amaliyotlardan bemalol foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Mobil ilovada MyTuron Bonus kartasi ham mavjud, to‘lovlar uchun bu kartaga bonuslar yig‘iladi. Mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tgan mijozlar ham bonuslarga ega bo‘ladi.
Ushbu tizim juda kulay va xavfsiz. U biron bir tashqi faktorlarga emas, faqat foydalanuvchining o‘ziga bog‘liq bo‘lib, tizimga ulangach to‘lovlarni o‘z vaqtida hamda qulay sharoitlarda to‘lash imkoni yaratiladi.
MyTuron ilovasidan foydalanishda o‘z hohishingizga ko‘ra 5 xonali pin-kod vositasidan yoki ikki bosqichli autentifikatsiyali himoya tizimidan foydalanish mumkin. Bunda har gal tizimga kirish uchun bank programmasi orqali mobil telefoningizga yuboriladigan bir martalik sms-kodi to‘lovlaringiz xavfsizligini ta’minlaydi.
MyTuron ilovasi iPhone va Android telefonlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Bank operatsiyalarrini tez va oson bajarish imkoniyatiga ega MyTuron mobil ilovasini PlayMarket va Appstore orqali yuklab olishingiz mumkin. Quyidagi shtrix kodni skaner qilish orqali ham MyTuron ilovasini mobil telefoningizga yuklab oling. QR–kodli ilovani mobil telefoningizga yuklab olish uchun telefoningizda QR Code Reader dasturi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling