Sirtqi bo‘lim iqtisodiyot yo’lanishi Menejment va marketing fanidan


Download 23.92 Kb.
bet1/3
Sana03.11.2023
Hajmi23.92 Kb.
#1744739
  1   2   3
Bog'liq
turizm


О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI

SIRTQI BO‘LIM




Iqtisodiyot yo’lanishi
Menejment va marketing fanidan
Mavzu: Jizzah turizm zonasi
Mustaqil ishi

BAJARDI: III- kurs 557-22 guruhi talabasi Basimov M.


Jizzax- 2023


REJA:

  1. Jizzax Viloyat haqida

  2. Geografiya jihatidan joylashuvi

  3. Zomin-O‘zbek Shveytsariyasi sifatida

  4. Zomin tarixi va tabiati

  5. Arnasoy dam olish maskani “Aydar ko’l”


Jizzax Viloyat haqida
Jizzax vohasi uzoq tarixga ega bo‘lib, mintaqa tabiati sizni bir lahzada o‘ziga tortadi.
Baxmal va G‘allaorol tumanlarida “Temir Darvoza” deb nomlangan ajoyib yer osti yo‘llarini ko‘rishingiz mumkin. Jizzax viloyatidagi Qizilqum cho‘lining janubi-sharqiy qism qirg‘oqlarida o‘tovlar manzilgohi joylashgan Aydarko‘l ko‘li ko‘rkamligi bilan sayohatchilarni o‘ziga rom qiladi. Erta bahorda esa bu yerda pushti flamingolarning to‘dasini ko‘rish mumkin.
Mintaqa O‘rta Osiyoning vohasi deb nomlanib, ko‘plab shifobaxsh buloqlar, milliy bog‘lar, qo‘riqxonalar, ko‘plab mevali va yong‘oq daraxtlari o‘sadigan chiroyli bog‘larga ega hududdir.
Davolanish va sog‘liqni tiklash hamda kuchga to‘lish uchun aynan shu yerga sayyohlar kelishadi. Ajoyib tog‘ havosi, toza mineral suv, sog‘lom meva va sabzavotlar moʻjiza yaratadi.
Bu yerda sog‘liqni tiklashni mintaqadagi bir nechta diniy obidalarni ziyorat qilish bilan birga olib borish mumkin.
Geografiya
Jizzax viloyati O‘zbekistonning markaziy qismida Sirdaryo va Zarafshon daryolari o‘rtasida joylashgan. Uning maʼmuriy markazi – Jizzax shahri bo‘lib, uning tarixi 10-asrdan boshlanadi.
Oshxona
Mintaqa gastronomiyasining o‘ziga xos belgisi bu go‘shtdan boshqa narsa emas! Asosiy ovqatlarga tandir kabob, jiz va albatta Jizzax somsa kiradi. Tandir kabob – ko‘chmanchilar ixtiro qilgan taom. Doimiy ravishda safarda bo‘lganliklari sababli, ular yo‘lda pishirishni qulaylashtirish uchun yangidan-yangi usullarni o‘ylab topishga harakat qilishgan, go‘shtni olovda pishirishdan soddaroq usul bo‘lishi mumkinmi? Buning uchun oshpazlar chuqurligi 70 sm atrofida bo‘lgan o‘ra qazib, uning ichiga o‘tin qalab, shundan so‘ng go‘shtni osishgan. Go‘sht bilan bir qatorda o‘raga archa novdalari solinadi, aynan o‘sha betakror taʼmni berish uchun u go‘shtning o‘ziga ham ishqalanadi. Jiz tansiq taom hisoblanadi, hozirda esa uni har bir shaharda uchratish mumkin, lekin uning nomidan ko‘rinib turganidek uni Jizzax viloyatida ixtiro qilishgan. Jizz noodatiy tarzda tayyorlanadi, qo‘y go‘shti avval qaynatiladi, so‘ngra o‘z yog‘ida qovuriladi, bu unga o‘ziga xos taʼm beradi. Ammo mintaqaning asosiy taomi doimo somsa bo‘lib kelgan. Somsa tayyorlashning mahalliy usuli butun O‘zbekiston bo‘ylab mashhur, ammo, afsuski, aksariyat taomlardan farqli o‘laroq, uni faqat Jizzax viloyatida topishingiz mumkin. Jizzax somsa mamlakatdagi boshqa turdagi somsalarga nisbatan juda katta, ammo uni ham xuddi boshqalari singari og‘zi tik tandirda pishiradilar. Nima sababdan tandirda ichidagi masalliqlarning og‘irligi hisobiga u pastga tushib ketmaydi, deb so‘rarsiz? Bu ham buterbrod yerga tushsa doim sariyog‘li tomoni bilan tushishi kabi sirli holatlar qatoridagi sinoat bo‘lsa kerak. O‘zbek taomlari haqida ko‘proq maʼlumotni ushbu havola orqali o‘qishingiz mumkin.

Download 23.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling