Sirtqi bo‘lim iqtisodiyot yo’lanishi Menejment va marketing fanidan
Download 23.92 Kb.
|
turizm
Zomin-O‘zbek Shveytsariyasi
Ajoyib landshaftlar va toza tog‘ havosi, flora va faunaning xilma-xilligi, qadimiy ziyoratgohlar va noyob milliy sihatgoh - bularning barchasi Zomin. Eng mashhur diqqatga sazovor joylar Zominda nimani ko‘rish mumkin? ✔ Katta hududda joylashgan Zomin davlat tog‘ archa qo‘riqxonasi va uning tarkibiga kiradigan Baxmal o‘rmon xo‘jaligi, Zomin o‘rmon xo‘jaligi, umumiy maydoni 26840 ga. teng bo‘lgan Zomin milliy tabiiy bog‘i; ✔ Kristall ko‘llar Nurota tizmalari o‘zining janubiy, qisman g‘arbiy va vohasining bir qismini o‘rab, moʻtadil iqlimni taʼminlaydi, shuningdek, mintaqaning shimolidagi Aydar-Arnasay ko‘llar tizimiga relyef va tabiiy go‘zallikning o‘ziga xosligini beradi; ✔ Milliy sihatgoh - "Zomin" sanatoriysi Zomin milliy bog‘ida dengiz sathidan 2 ming metr balandlikda “Zomin” sihatgohi joylashgan. Eng toza havo, tog‘li landshaftlar, ignabargli o‘simliklar - bularning barchasi kattalar va bolalarga tibbiy muolajalar o‘tqazish uchun eng yaxshi sharoit hisoblanadi. ✔ Qadimiy ziyoratgohlar va Parpi Oyim majmuasi. Iqlim Mahalliy nabotot tufayli yozda bu ajoyib joyda havo harorati qo‘shni mintaqalarga qaraganda ancha past. Ammo shuni yodda tutingki, kunduzgi harorat kechki haroratdan keskin farq qiladi. Shuning uchun, eng issiq oyda ham siz o‘zingiz bilan issiq kiyim olishni unutmang! Bu yerdagi qish O‘zbekistonning boshqa hududlaridagi qishdan juda farq qiladi. Qishda kuchli yog‘ingarchilik, haroratning juda tez o‘zgarishi va o‘ta manfiy haroratlar sizni kutmoqda, ammo siz bu yerda ko‘radigan go‘zallik bunga arziydi! Tarix Zomin – tabiatga sayohatni yaxshi ko‘radiganlar uchun juda qiziqarli joy. Ushbu kichik shahar jizzax viloyati tog‘li tumanining markazi hisoblanadi.Ishoning, siz tabiatga sayohat qilish uchun yaxshiroq joy topolmaysiz! Bu yerning tabiiy go‘zalligi sizni befarq qoldirmaydi. Tog‘ havosi shunchalik toza va shaffof , baʼzida ko‘nikmaganlik-dan bosh ham aylanadi. Turli xil gullar va o‘tlarning xushbo‘y hidi sizni safar davomida tark etmaydi, muattar islar esa, shu qadar tez-tez almashadiki, ushbu ajoyib hidlarning barcha jihatidan zavq olishga ulgurmay qolasiz. Ammo betakror bo‘lgan barcha tabiiy go‘zalliklardan tashqari, ushbu hudud o‘zining qadimiy tarixi bilan ham mashhur. Bu yerda siz turli davrlardagi qalʼalar va yodgorliklarning xarobalarini uchratishingiz mumkin. Biroq 1960 yilda bu yerning noyob tabiatini saqlab qolish uchun tashkil etilgan qo‘riqxona – eng asosiy diqqatga sazovor joy hisoblanadi. Ushbu bog‘ning maydoni 10,5 gektarga etadi va uning katta qismi o‘rmondan iborat. Shuningdek, qo‘riqxonada tog‘ tizmalari, qirlar va adirlarni topishingiz mumkin. Tog‘ tizmasining eng baland qismi – balandligi 4000 metrdan ortiq bo‘lgan Shavkartog‘ tog‘i. Ushbu qo‘riqxonaning diqqatga sazovor joylari orasida «Boboyong‘oq» – hisob-kitoblarga ko‘ra taxminan 700 yoshli yong‘oq daraxti alohida ajralib turadi. Uning balandligi 20 metrga, diametri esa deyarli 3 metrga etadi. Qo‘riqxonadan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda, qishloqda juda qiziq bir g‘or topilgan. Arxeologlar uning ichidan ibtidoiy odamlarning mehnat qurollarini topishgan, g‘or devorlari esa rasmlar bilan bezatilgan. Qo‘riqxona hududida sanatoriy “Zomin” va boshqa bir qator pansionatlar va bolalar lagerlari joylashgan. Download 23.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling