Bank ishi va audit fakulteti Bank ishi yo’nalishi 91k-2 guruh talabasi Tursunov Javlonbekning Bank huquqi fanidan Mustaqil ishi


Download 186.59 Kb.
bet6/7
Sana15.06.2023
Hajmi186.59 Kb.
#1484307
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Toshkent Moliya instituti

Bank xuquqi manbai sanaluvchi qonunchilik aktlari yuridik kuchiga, qo‘llanilish soxasiga va maqsad-vazifalariga ko‘ra tasniflanishi mumkin.
Yuridik kuchiga ko‘ra bank xuquqi manbaalari bo‘lgan qonun xujjatlari ikki asosiy guruhga: a) qonun aktlari va b) qonunosti aktlarga bo‘linishi mumkin. Qonunlar ham ularda xalq va davlat erkining ifodalanish miqyosiga ko‘ra Konstitutsiya va Konstitutsiyaviy qonunlarga hamda joriy qonunlarga bo‘linadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida O‘zbekiston Respublikasi moliya, pul-kredit tizimi asoslari, bank tizimini davlat boshqaruvi asoslari mustahkamlanadi.
Bank-huquqiy jihatdan tartibga solishning umumiy belgilari ba’zi kamchiliklari:
a) ko‘p tartib-qoidalar bo‘yicha tartibga solinishi, ularning 80 foizi normativ-huquqiy hujjatlarga to‘g‘ri keladi;
b) ba’zi huquqiy aktlarning nomutanosibligi;
v) bozorgacha, xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan vaqtlarda qabul qilingan me’yoriy hujjatlarning mavjudligi;
g). huquqiy tartibga solishning dinamikasining mavjud emasligi;
e) rasmiy manbalar yoki ilgari nashr etilgan manbalarning rasmiy nashrlarining yetarli emasligi va boshqalarni keltirish mumkin.
Markaziy bank normativ hujjatlari sudda boshqa davlat organlari huquqiy hujjatlari kabi muhokama va munozara etilishi mumkin.
Xalqaro huquq hujjatlari va odatlari.
Bank faoliyatini tartibga soluvchi xalqaro huquq hujjatlari, boshqa xalqaro huquq hujjatlari xususiyatiga ega. Ularga:
-Tajriba yoki kelishuv orqali belgilangan odat;
-Ularni amalga oshirish mehanizmi murakkabligi xususiyati;
-O‘zining ko‘p jihatlari bilan ushbu normalar milliy qonunchilikda o‘z aksini topishi lozimligi va boshqalarni kiritish mumkin.
Bugungi kunda bank faoliyati unifikatsiya va standartlashuviga intilishi xalqaro huquqiy hujjatlarning ahamiyatini oshirmoqda. Tabiiyki pul oqimining samaradorligini oshirish uchun, to‘lov munosabatlarining barcha ishtirokchilari, misol uchun “akkreditiv” termini ularga qaysi milliy qonunchilik bilan ishlashidan qat’iy nazar bir xil tushunishlari zarur. Agar turli xil mamalakatlarning banklari to‘lov hujjatlari va operatsiyalarni turlicha tushunishsa va talqin etishsa nafaqat to‘lov operatsiyalari samaradorligi tushadi, balki ularni amalga oshirish mumkin bo‘lmay qoladi. Bank qonunchiligi hujjatlari guruhlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak:
Birinchi guruhga bank operatsiyalarining ayrim turlarini amalga oshirish qoidalari kiradi. Ushbu xujjatlarning o‘ziga xosligi shundaki, ularning kuchi barcha ishtirokchilarga tegishli bo‘lishi va qo‘shimcha izoh talab etmasligi lozim. Agar tomonlar bunday bo‘lishini istashmasa ular shartnomada aynan shu akkredetivga masalan, unifikatsiyalashgan qoidalar qo‘llanilmasligini belgilashlari zarur bo‘ladi. Inkasso unifikatsiyalashgan qoidasida “ushbu ko‘rsatma va keyingi moddalar barcha inkassoga tegishli… va barcha ishtrokchilar uchun majburiy, agar aksi to‘g‘ridan to‘g‘ri kelishilmagan bo‘lsa” deganga o‘xshagan yozuvlar kiritilishi lozim bo‘ladi..
Ikkinchi guruh hujjatlariga ikki yoki bir nechta davlat tomonidan tuzilgan konvensiyalar kiradi.
Ushbu konvensiyalarga Jenevaning oddiy va o‘tkazma veksellar to‘g‘risidagi konvensiyasini misol qilsak bo‘ladi. Cheklar to‘g‘risidagi konvensiya, huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi konvensiyalar va boshqalarni misol qilsak bo‘ladi.
Alohida o‘rinda xalqaro tashkilot tomonidan standartlash uchun ishlab chiqiladigan xalqaro bank standartlari turadi. Ushbu standartlar o‘zida bank hujjatlarini to‘ldirish to‘g‘risidagi texnik talablarning yig‘indisini tashkil etib, ular texnik qo‘mita tomonidan tuziladi. Ularga rioya qilish xalqaro bank amaliyotida ishlatilingani uchun alohida huquqiy ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda bank hujjatlarini to‘lov topshiriqnomasi, bank cheklari orqali pul o‘tkazish identifikatsion kartochka va boshqa turli hujjatlarga qo‘l qo‘yuvchi rasmiy shaxs to‘g‘risidagi standartlar ishga tushirilgan.
Uchinchi guruhga munozara vaqtida murojat qilinishi shart bo‘lgan xalqaro huquqiy hujjatlar kiradi. Ularga, misol uchun inkassa to‘g‘risidagi unifikatsion qoida kiradi. Unga ko‘ra, banklar xaqqoniy shaffof ishlashlari zarur.

Download 186.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling