Bank ishi va audit yo`nalishi 7 bi-20 guruh talabasi


Download 295.69 Kb.
bet1/3
Sana04.04.2023
Hajmi295.69 Kb.
#1325507
  1   2   3
Bog'liq
Abduvohid ..moliya bozori3

Bank ishi va audit yo`nalishi 7 BI-20 guruh talabasi

Abduvohid O`tanov

Moliya bozori va moliyaviy tehnologiya

Moliya bozori — oldi-sotdi obyekti pul yoki pulga tenglashtirilgan qogʻoz bilan bogʻliq boʻlgan bozor. Bu bozorda moliya mablagʻlarini vaqtincha haq toʻlab ishlatish yoki ularni sotib olish yuzasidan munosabatlar olib boriladi, shuningdek, pul mablagʻlarini jamgʻarganlardan qarzga oluvchilarga oʻtishi taʼminlanadi. Ortiqcha mablagʻlarga ega boʻlgan xoʻjalik subyektlari oʻz moliyaviy resurslarini mablagʻlarga muhtoj subyektlarga taklif qiladi. Moliya bozori banklarda, fond birjasida va auksionlarda oʻtkaziladi.

  • Moliya bozori — oldi-sotdi obyekti pul yoki pulga tenglashtirilgan qogʻoz bilan bogʻliq boʻlgan bozor. Bu bozorda moliya mablagʻlarini vaqtincha haq toʻlab ishlatish yoki ularni sotib olish yuzasidan munosabatlar olib boriladi, shuningdek, pul mablagʻlarini jamgʻarganlardan qarzga oluvchilarga oʻtishi taʼminlanadi. Ortiqcha mablagʻlarga ega boʻlgan xoʻjalik subyektlari oʻz moliyaviy resurslarini mablagʻlarga muhtoj subyektlarga taklif qiladi. Moliya bozori banklarda, fond birjasida va auksionlarda oʻtkaziladi.

Moliyaviy bitimlar xarakteriga qarab, MBni turkumlashning bir necha usullari mavjud. Qaytarish tamoyili boʻyicha moliya bozori 2 ga ajraladi: qarz majburiyatlari (isteʼmolni koʻndiradigan pul) va kapital (mulk) bozori. Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha qarz sifatida bozorga chiqadi va olingan pul shaxsiy isteʼmol uchun ishlatiladi. Kapital (mulk) bozorida qoʻyilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablagʻlar kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga olgan holda kapital bozorini 2 boʻgʻinga ajratish mumkin: ssuda kapitali bozori va qimmatli qogʻozlar bozori. Ssuda kapitali bozori — pul shaklidagi kapitalning foiz toʻlash sharti bilan qarzga berilishidir. Bu bozorda qisqa muddatli majburiyatlar muomalada boʻladi. Bular, asosan, davlat va banklarning majburiyatlari hisoblanadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya bozorini rivojlanishiga qarab, uning ishtirokchilari faoliyatini ikki xil tartibga solish amaliyoti taraqqiy topgan, ya’ni ular davlat va bozor munosabatlariga mos, yoki bozor orqali tartibga solish shakllari hisoblanadi. Moliya bozorini bozor orqali tartibga solish iqtisodiyotning qiymat va talab-taklif qonuniga asoslanadi. Moliya bozorida ushbu qonunlarning amal qilishi raqobat muhitida jahon iqtisodiyoti ehtiyojlariga mos ravishda xalqaro moliyaviy oqimlarni ta’minlab beradi. 

Download 295.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling