Iqtisodiyot sektorlaridagi turli bozorlarga o’xshab, moliya bozori ham o’z-o’zini tartibga solish imkoniyatiga qaramasdan mutlaq barqaror tizim sifatida namoyon bo’lmaydi, turli sharoitlarda tizimning turli kamchiliklari oshkor bo’ladi. Moliya bozori ko’plab sub’ektiv omillar, ya’ni siyosiy, ijtimoiy, informatsion, madaniy va boshqa omillar ta’sirida har doim ham o’z-o’zini tartibga solish qobiliyatiga ega emas. Bunday holatda davlat aralashuvi talab etiladi. Jahon tajribasi ko’rsatishicha, xalqaro moliya bozori rivojlanishining zamonaviy bosqichida ham monetarizm va keynschilik tamoyillaridan birgalikda foydalanib, jarayonlarni tartibga solish maqsadga muvofiqdir. - Iqtisodiyot sektorlaridagi turli bozorlarga o’xshab, moliya bozori ham o’z-o’zini tartibga solish imkoniyatiga qaramasdan mutlaq barqaror tizim sifatida namoyon bo’lmaydi, turli sharoitlarda tizimning turli kamchiliklari oshkor bo’ladi. Moliya bozori ko’plab sub’ektiv omillar, ya’ni siyosiy, ijtimoiy, informatsion, madaniy va boshqa omillar ta’sirida har doim ham o’z-o’zini tartibga solish qobiliyatiga ega emas. Bunday holatda davlat aralashuvi talab etiladi. Jahon tajribasi ko’rsatishicha, xalqaro moliya bozori rivojlanishining zamonaviy bosqichida ham monetarizm va keynschilik tamoyillaridan birgalikda foydalanib, jarayonlarni tartibga solish maqsadga muvofiqdir.
Moliya bozorini davlat va bozor mexanizmi orqali tartibga solish usullarini quyidagi mantiqiy juftliklarga birlashtirish mumkin: - iqtisodiy tizim xususiyatiga ko’ra: bevosita (mazkur bozorning barcha segmentlariga bir xilda ta’sir etuvchi huqumat, halqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan farmon, farmoyish va qatorlar, qonuniy-huquqiy, me’yoriy hujjatlar qo’rinishida) va bilvosita (xalqaro moliya bozorida iqtisodiy shart-sharoitlar qanchalik erkin bo’lsa, shunchalik ushbu bozorga bilvosita ta’sir etish darajasi kengayib boraveradi, ya’ni iqtisodiy agentlar manfaatiga qaratilgan tartibga solish usullari bozor qonuniyatlari orqali amalga oshiriladi. Masalan, Markaziy banklarning ochiq bozor, xorijiy valyutalar bilan bog’liq interventsiya, svop operatsiyalari, hisob (qayta moliyalash) stavkasini o’zgartirish, majburiy zaxira me’yorlarini o’zgartirish, REPO va h.k. kabi) usullar;
- - bozor turi, ko’lami va uning segmentlariga ko’ra: umumiy (bozorning barcha segmentlariga birdek ta’sir etuvchi) va maxsus (bozorning alohida bir segmentiga ta’sir etish uchun qo’llaniladigan) usullar;
- - amal qilish muddatiga ko’ra: tarkibiy (o’rta va uzoq muddatli, strategik maqsadlarni amalga oshirishga mo’ljallangan) va joriy (bozorga operativ (tezkor) ta’sir etishga mo’ljallangan, taktik) usullar.
- Shuni ham ta’kidlash lozimki, yuqoridagi barcha usullar moliya bozorida sinxron tarzda, ya’ni bir-biriga mos holda, o’zaro bir-birini to’ldirib ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |