Bank ishi va auditi


Mobil aloqa tarmoqlari standart texnologiyalari


Download 461.17 Kb.
bet5/8
Sana09.04.2023
Hajmi461.17 Kb.
#1342916
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mustaqil ta\'lim Informatika

Mobil aloqa tarmoqlari standart texnologiyalari
Sotali aloqa tizimlarida (yoki hozirgi vaqtda ko„pincha atalganidek mobil aloqa tizimlarida) “avlodlar” almashishi shaxsiy kompyuterlar industriyasi yoki televizion texnikaga nisbatan yaqqolroq va aniqrok bo„lmokda. Mobil aloqa dunyosida ko„p narsa hisoblidir: 1G (ingl. «First Generation»- birinchi avlod) – bu analog aloqa tizimlari (NMT, AMPS standartlari); ikkinchi avlod - 2G, kanallar kommutatsiyalanishi asosida ishlaydigan raqamli aloqa tizimlari (GSM, DAMPS va sdmaOne standartlari); uchinchi avlod - 3G, kanallar kommutatsiyalanishi bilan birga paketlar kommutatsiyalanishini ham ko„zda tutadi (UMTS va CDMA-2000 standartlari); va, nihoyat, to„rtinchi avlod - 4G tarmoqlari to„liq paketli IPkommutatsiya asosida kuriladi (LTE Advanced, IEEE802.16m (WiMAX) va IEEE802.11ac (Wi-Fi) standartlari). Shunisi diqqatga sazovorki, mobil aloqa dunyosida avlodlarning almashishi muntazam ravishda har o‘n yilda bo’lib o’tmoqda
UMTSstandarti (ingl. Universal Mobile Telecommunications System – “Mobil aloqa universal tizimi”) - uchinchi avlod mobil aloqa tizimlari turkumiga kiruvchi sotali aloqa texnologiyasidir. Ushbu standartda radioefir orqali ma‟lumot uzatish uslubi sifatida W-CDMA texnologiyasidan foydalanilgan. UMTS tizimi 3GPP loyixasiga muvofiq standartlashtirilgan va Yevropa ishlab chiquvchilari tomonidan HTIning IMT-2000 Dasturi b’yicha talablariga javob beradi. Raqobatdagi tizimlardan ajralib turishi uchun UMTS standarti gohida 3GSM deb xam yuritiladi. Shu bilan, bir tomondan, uni 3G-uchinchi avlod texnologiyalariga tegishliligi ta‟kidlansa, ikkinchi tomondan, uni GSM tarmoqlarining “keyingi avlodi” ekanligi nazarda tutiladi.
Funksional jihatdan tarmoq tuzilmasi yer usti radioulanish tarmog„i – UTRAN (ingl. UMTS Terrestrial Radio Access Network) va tayanch tarmog„i – CN (ingl. Core Network) lardan iborat (16.3-rasmga qarang). GSM tarmoqlardan farqli ravishda UMTS tarmoqlarida foydalanuvchi qurilmasi - UE (ingl. User Equipment - abonent uskunasi) deb nomlanadi. Bunga sabab shuki UMTS tarmoqlarida UE nafaqat mobil stansiya vazifasini, balki ma‟lumot uzatish terminali funksiyalarini ham bajaradi.



UTRAN tarmog’i tayanch tarmog’i CNga ulangan RNS (ingl. Radio Network Subsystem) radioulanish tarmoqlarining nimtizimlari majmuasidan tashkil topgan. RNS nimtizimi RNS kontrolleri va bir yoki bir nechta tayanch stansiyalar Node B larini o„z ichiga oladi. Radiotarmoq kontrolleri - RNS tayanch stansiyalarni boshqaruvini bajaradi hamda MSC/VLR - mobil kommutatsiya markazi bilan o„zaro ishlashni amalga oshiradi. RNSning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: - radiokanallar taqsimlanishini boshqarish; - ulanishlarni nazorat qilish hamda ularni ketma-ketligini boshqarish; - masofadan dinamik kommutatsiya qilish; - abonent yuklamalarining taqsimlanishini nazorat qilish. Tayanch stansiya Node B ning asosiy funksiyasi radiointerfeysni tashkil etishdadir. Bunga quyidagilar kiradi: radiosignalni qayta ishlash, signal spektrini kengaytirish/siqish bilan modulyatsiya/demodulyatsiya, kodlash/dekodlash va boshqalar, shu jumladan, RNC radiokanallarni boshqarish bo„yicha ba‟zi operatsiyalarni bajarish (masalan, nurlanish quvvatini boshqarish, “xendoverni” amalga oshirish) va h.k. Tayanch stansiya FDD, TDD yoki aralash (ingl. dualmode) rejimlarda ishlay oladi. UMTS tizimining tayanch tarmog„i - CN quyidagi elementlardan iborat: MSC/VLR – mobil kommutatsiya markazitarmoqning markaziy elementi hisoblanadi. U tayanch stansiyalarni (TS) katta guruhiga xizmat qilishi mumkin hamda abonent uskunalarining (AU) ish jarayonida zarur bo„ladigan barcha turdagi ulanishlarini ta‟minlaydi. MSC/VLR turli tarmoq elementlarini (xususan, RNS nimtizimlari elementlarini) o„zaro ulagan holda UMTS tarmog„i ichida ma‟lumot almashuvini ta‟minlab beradi. Shuningdek, MSC/VLR boshqa MSClar, qisman hududiy GMSC va yana boshqa qismlar bilan ham ulanishni amalga oshiradi. MSC tarkibidagi VLR registrida mehmon abonentlar uchun ko„rsatilgan aloqa xizmatlari, shuningdek, tizimning xizmat ko„rsatish doirasidagi AUlarning joylashgan o„rni haqidagi aniq ma‟lumotlar saqlanadi.








Download 461.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling