Bank ishi va auditi
II. MALAKAVIY AMALIYOT DAVRIDA TALABANING
Download 1.35 Mb.
|
ББХ амалиёт Дастур 2022-2023 янги
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliyot mavzulari va ularning amaliyot kunlari bo’yicha taqsimlanishi
II. MALAKAVIY AMALIYOT DAVRIDA TALABANING
ISH JOYI VA VAQTINING TAQSIMLANISHI Ishlab chiqarish amaliyotining dastlabgi kuni bank boshqaruvchisi, bankning boshqa rahbarlari hamda bank tashkiliy tuzilmasi, bank buxgalteriya (amaliyot) bo‘limi bilan tanishishdan boshlanadi. Bank boshqaruvchisi yoki alohida belgilangan bank xodimi amaliyotchiga bankning ichki intizomi, bank buxgalteriya bo‘limining ish faoliyati va jamoat ishlari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Ishlab chiqarish amaliyoti asosan bank buxgalteriya bo‘limida o‘tkaziladi. Talabadan amaliyot o‘tish davomida amaliyot o‘tiladigan bank buxgalteriya bo‘limining har bir faoliyatiga oid amaldagi me’yoriy hujjatlar bilan tanishib chiqish talab etiladi. Amaliyot davomida talaba dekanat tomonidan berilgan kundalikni yuritib, unda har kuni bajargan ishlarining qisqacha mazmunini yoritib borishi lozim. Har bir ish kunining oxirida amaliyot joyidagi rahbar talabaning kundalik daftariga o’z imzosini qo’yish orqali tasdiqlaydi. Bundan tashqari, talabalar amaliyot yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan masalalar bo’yicha institutdan tayinlangan ilmiy rahbari yoki kafedraning boshqa o’qituvchilaridan imkoniyatdan kelib chiqib, haftaning shanba kunlari kafedraga tashrif buyurish yoki aloqa vositalari (telefon, ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochta) orqali murojaat qilib, qo’shimcha maslahatlar olishlari mumkin. “Bank ishi va auditi” bakalavriat ta’lim yo’nalishida ishlab chiqarish amaliyotini o’tash uchun ajratilgan vaqtning mavzular bo’yicha taqsimlanishi quyidagi tartibda bo’lishi tavsiya etiladi: Amaliyot mavzulari va ularning amaliyot kunlari bo’yicha taqsimlanishi
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling