Amortizatsiya asosiy vositaning foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya qiymatini muntazam ravishda taqsimlash va ko’chirish ko’rinishida eskirishning qiymat ifodasidir. Asosiy vositaning amortizatsiya qiymati taxmin qilinayotgan tugatilish qiymatini chiqarib tashlagan holda aktivning dastlabki qiymati yoki moliyaviy hisobotlar ko‘rsatilgan qiymat o’rnini bosadigan boshqa qiymatning summasidir. Eskirish asosiy vositalaridan foydalanish vaqtida ularning texnik ishlab chiqarish xossalarini asta-sekin yo’qotish jarayonini aks ettiradi. Amortizatsiya ancha murakkab jarayon bo’lib, iste’mol qilingan asosiy vositalar qiymatini ularning eskirishining muvofiq ravishda mahsulot tannarxiga, davr xarajatlariga o‘tkazish, iste’mol qilingan asosiy vositalarning o’rnini qoplash maqsadida pul fondini jamgarish jarayonini aks ettiradi. Demak eskirish amortizatsiyaning dastlabki shart-sharoitidir.
Asosiy vositalarning eskirishi ikki xil bo‘ladi:
Jismoniy eskirish;
Ma’naviy eskirish.
Jismoniy eskirish deb, asosiy vositalarning atmosfera sharoitlari ta’sirida
ulardan foydalanish jarayonida uning moddiy tuzilishida ichki o‘zgarishlar (zanglas, chirish) sodir bo‘lganda boshlang’ich holatining yo’qolishiga aytiladi. Jismoniy eskirgan asosiy vositalardan foydalanish jarayonida ham, ular foydalanmayotgan xollarda ham sodir bo‘lishi mumkin. Asosiy vositalarning ma’naviy eskirishi deb, ularning texnikaviy tavsifi hamda iqtisodiy samaradorligining davr talabidan, ya’ni harakatdan orqada
qolishiga aytiladi. Umuman olganda, asosiy vositalarga eskirish hisoblashishning asosiy maqsadi bu turdagi aktivlarni qayta tiklash va qayta ishlab chiqarishdir. O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 23-moddasiga binoan asosiy vositalarning amortizatsiya
normalari quyidagicha belgilangan:
Amortizatsiya normasi
-
Do'stlaringiz bilan baham: |