Bank kreditlari bo’yicha hisob-kitoblar auditi. Reja
b) Qarzlar bo’yicha hisob-kitoblar auditi
Download 43.43 Kb.
|
Bank kreditlari bo’yicha hisob-kitoblar auditi. Reja-fayllar.org (1)
b) Qarzlar bo’yicha hisob-kitoblar auditi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar bank kreditlaridan tashqari boshqa qarz beruvchilarning mablag’larini ham jalb qilish imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin. Masalan, boshqa korxonalardan qarz olish, qimmatli qog’ozlar (obligatsiyalar) chiqarib sotish, moliyaviy veksel berish va shu kabilar. Lekin moliyaviy veksel ko’rinishidagi qarzdan foydalanish ma’lum doiradagi investorlar uchun ruxsat etiladi.
Qarzlarga doir muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish uslubiyoti asosan kreditlarga doir muomalalar auditidan farq qilmaydi. Auditor qarz shartnomasining to’g’ri rasmiylashtirilganligi va tuzilganligiga ishonch hosil qilishi lozim. Qarz shartnomasi kredit shartnomasiga qaraganda soddaroq rasmiylashtiriladi. Uning mazmuni va shakli hamda boshqa jihatlari O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 732-739 moddalarida bayon etilgan. Korxona uchun yozma shakldagi shartnomaning yo’qligi nohush oqibatlarga olib kelishi mumkin (Masalan, qarzlardan foydalanganlik uchun foizlar miqdori, qarzni qaytarish tartibi va muddatlari, bo’yicha munozarali masalalar yuzaga kelganida; hatto tomonlar o’rtasida kelishmovchiliklar bo’lmaganida ham soliq organlari qarz shartnomasi bo’yicha muomalalarni amalga oshirish faktlarini tasdiqlovchi hujjat - shartnomaning yo’qligi bilan bog’liq da’vo qo’zg’atishi mumkin). Korxonalar boshqa yuridik shaxslardan (banklardan tashqari) qarz olishlari mumkin. Buxgalteriya hisobida qarzlar ham kreditlar kabi, qisqa muddatli (bir yil muddatgacha beriladigan) va uzoq muddatli (bir yildan oshiq muddatga beriladigan) qarzlarga bo’linadi. Qarz shartnomasi ko’p hollarda qarz oluvchi oldiga qo’yiladigan ma’lum shartlarga rioya qilish talablarini o’z ichiga oladi. Bunday shartlarga, xususan, quyidagilar kiradi: o’z aylanma mablag’lari va daromadlarining darajasi; kreditorga vaqti-vaqti bilan ma’lumot taqdim qilib turish. Ayrim qarz shartnomalariga majburiyatlarni bajarmaslik bilan bog’liq bo’lgan, jumlalar kiritilgan bo’lib, majburiyatlar bo’yicha oldingi to’lovlar to’lanmaganligi yoki boshqa kelishuvlarning buzilganligi oqibatida kreditorning to’lov uchun huquqlarini tezlashtirishi mumkin. Kelishuv yoki shartlarning buzilishi qarzdor oldiga qarz majburiyatlarini qisqa muddatli qarz deb tasniflash talablarini, agar kreditor bunday talabni rad qilmasa, keltirib chiqarishi mumkin. Qarzlarning qaytarilishini tekshirishda ularning qimmatli qog’ozlar bilan, ularni nominal qiymatidan yuqori bahoda sotish yo’li bilan qaytarilishiga, shuningdek berilgan veksel bo’yicha qarzni hisobga olishni tekshirishga; xorijiy valyutada berilgan qarzlar bo’yicha kurs tafovutlari va qarzlarni ularning ishlatilish yo’nalishlari bo’yicha hisobda aks ettirishga e’tibor qaratiladi. Auditor qarzlardan foydalanganlik uchun to’lanadigan foizlarning to’g’ri hisoblanganligi va hisobda aks ettirilganligini aniqlaydi. Kredit shartnomasi hamma vaqt foizli bo’lib, qarz shartnomasi esa farqli o’laroq ham foiz to’lanadigan, ham foizsiz (beg’araz) bo’lishi mumkin. SHunday qilib, olingan kreditlar va qarzlar bo’yicha xatolarga yo’l qo’yish xavfiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi: kredit munosabatlarini rasmiylashtiradigan hujjatlar yo’qligi; kreditlar va qarzlar bo’yicha foizlarning mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga qo’shilishi; mulklarni baholash tamoillarining buzilishi; kreditlar hisobidan qilingan kapital xarajatlarni mablag’ bilan ta’minlashga foyda solig’i bo’yicha imtiyozlarni noto’g’ri qo’llash; moliyaviy natijalarni shakllantirish tamoillarining buzilishi. Тekshiruv natijalarini umumlashtirib, auditor korxonaning kelajakda o’z faoliyatini davom ettira olish layoqati to’g’risida hulosa qiladi, ya’ni amaldagi korxona tamoyiliga qanday rioya qilinayotganligini aniqlaydi. Тekshiruvning ushbu bo’limi bo’yicha, amaldagi korxonaga nisbatan muammolarni ko’rsatuvchi ma’lumotlar quyidagilar bo’lishi mumkin: shartnoma chegarasidan chiqib ketgan kreditlar va qarzlar mavjudligi; kreditlar va qarzlarning qaytarilmaganligi; foizlar to’lanmaganligi; xususiy kapital va majburiyatlar nisbati. Agar qarz mablag’lari kapital miqdoridan oshib ketsa, unda korxona faqat qarz hisobiga yashayotganligini bildiradi. Agar ahvol bunga teskari bo’lsa, unda qarzlar kam va ular bo’yicha foizlar past, oqibatda, aksiyadorlar bilan hisoblashish hamda dividendlar to’lash uchun korxonada foyda yetarli ekanligini bildiradi. Download 43.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling