6-mavzu. Metrologik ta'minot muammolarining davlat, soha va korxona miqyosidagi yechimlari
Download 17.07 Kb.
|
6 mavzu Metrologik taminot muammolarining davlat, soha va korxona
6-mavzu. Metrologik ta'minot muammolarining davlat, soha va korxona miqyosidagi yechimlari Reja Ishlab chiqarish korxonalarda metrologik ta’minot Ishlab chiqarish korxonalarda metrologik ta’minotdan ko’zlangan maqsadlar Ishlab chiqarish metrologik ta’minot unumdorligini oshirish yo’llari Ma`lumki, xar qanday boshqarish nazariyasini ishlab chiqarish bir qator shartlarni talab kiladi. Bunday asosiy shartlarga quyidagilar kiradi: Boshqarilayotgan obyektning xatti-xarakat dasturining mavjudligi yoki uning xolati rejalashtirilgan o’lchamlari darajasi. Obyektning dasturga va berilgan parametriga nisbatan o’zgaruvchanligi obyektning berilgan dasturga va parametrlarga nisbatan o’zgarishini aniqlash usuli va vositalarining mavjudligi, boshqarilayotgan obyektda xosil bullayotgan o’zgarishlarni bartaraf qilish maqsadida unga ta`sir qilish imkoniyatlarining mavjudligi, Sifat dasturi o’rnatilgan ko’rsatkichlari bilan turli xil davlat rejalarining loyixa-konstruktorlik tashkilotlarining, ishlab chiqarish birlashmalarining, shartnoma majburyatlarining asosiy qismi bo’lishi mumkin, Mahsulot sifatiga talablar normativ, normativ-texnik xujjatlarda qayd etiladi, o’rnatiladi: davlat, tarmoq, firma standartlarida, mahsulotni loyixalashtirish va modernizatsiyalashtirish texnik shartlarida, chizmalarda, texnologik kartalarda, sifatni nazorat qilish kartalarida, va x.k. Boshqarish nazariyasining ikkinchi shartiga murojat qilsak, biz bu erda bir necha xolatlarni ko’rishimiz mumkin. Birinchi navbatda , bu erda mahsulot sifati o’rnatilgan parametrlarga nisbatan yomon tomonlarga o’zgarishini ko’rishimiz mumkin va ular xususiy va umumiy ko’rinishda bo’lishi mumkin. Umumiylarga mahsulotning moddiy va ma`naviy eskirishi, ya`ni mahsulotning saqlash va ekspluatatsiya qilish natijasida dastlabki xususiyatlarini yo’qotishidir. Mahsulot sifatining o’zgarishi faqat uning moddiy va ma`naviy eskirishi tufayli sodir bulmaydi. O’rnatilgan talablarga nisbatan o’zgarishlarning yana bir sababi: xususiy o’zgarishlardir. Ular turli tuman bo’lib iqtisodiy., texnik sabablarga, tashki xarakterdagi sharoitlarga bog’liq emas: ekspluatatsiya qilish shart va qoidalarini buzish, loyixalovchilar, ishlab chiqaruvchilarning xatosi ishlab chiqarish intizomini buzish, mahsulotni ishlab chiqarayotgan dastgoxdagi defektlarning mavjudligi va x,k. Sifatning baxolashning o’zgarishiga ta`sir qiluvchi yana bir omil- iste’molchilarning o’zgarishidir. Mahsulotning sifat ko’rsatkichlari normativ va texnik xujjatlarning talablariga to’la javob berishi mumkin, ammo iste’molchilar talabiga nisbatan past bo’lishi mumkin. Amaliyotda odamlar sifat xususiyatlarining yo’qolishini kuzatib boradilar, ularni o’lchaydilar va baxolaydilar. Moddiy eskirish jarayonini sekinlashtirish uchun qulay ekspluatatsiya rejimlari saqlash sharoitlari o’rnatishadi, joriy ta`mirlash va texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha turli xil profilaktik choralarini ko’rishadi. Sifat bo’yicha ratsional va samarali ishni tashkil etishda, uning o’lchamlari, shakl va o’tkazish metodlaridan qat’iy nazar quyidagi sxema bo’yicha xarakat qilishadi: -Extiyojlarni aniqlash va mahsulot sifatiga talablarni ishlab chiqish. -Dastlabki materialga kerakli xususiyatlar berish. -Olingan sifatni talab kilingan shartlarga mos kelishini aniqlash. -Mahsulot sifatidagi o’zgarishlarni bartaraf qilish maqsadida unga ta`sir qilish. Mahsulot sifatiga ta`sir qiluvchi omillarga quyidagilar kiradi: -Stanoklar, mashinalar va boshqa ishlab chiqarish dastgoxlari, -Xodimlarning kasbiy maxorati, bilimi. -Ularning psixofiziologik sog’ligi, -Ishlab chiqarish jarayonining xarakteri uning intensivligi, maromligi va davomiyligi, -Ishlab chiqarish xonalarining va atrof- muhitning klimatik xolati, -Ishlab chiqarish dizayni va interyer, -Moddiy va ma`naviy rag’batlantirish xarakteri. -Ishlab chiqarish kollektivida ma`naviy psixologik muxit. Mexnatkashlarning birgalikdagi faoliyati mavjud bo’lgandagina rahbarlikka bo’lgan zaruriyat yuzaga keladi. Raxbarlik, keng ma`noda olganda, mexnat qatnashchilariga tashkiliy ravishda ta`sir ko’rsatuvchi kategoriya bo’lib, kishilar xarakatini birlashtirish, muvofiqlashtirish yo’li bilan ularning birgalikdagi faoliyatida ongli maqsadlarini amalga oshirish vazifasini nazarda tutadi, "Boshqarish" iborasi mahsulot sifatiga oid qo’llanganda, mahsulot sifatini doimiy nazorat qilish uni belgilovchi shartlar va omillari maqsadga muvofiq ta`sir qildirish yo’llari bilan mahsulot sifatini loyixalashtirish ishlab chiqarish va foydalanishda uning zarur darajada o’rnatilishi-ni,ta`minlanishini va saklanishini tushunmoq lozim. Korxonalarda mahsulot sifatini boshqarish operatsiyalarini, injener-texnik, tashkiliy-texnologik, nazorat, tranport sklad va boshqa jarayonlarning o’zaro bog’liqligi majmuasi tashkil etuvchi tartib doirasida olib boriladi. Mahsulot sifatini boshqarish jarayon quyidagi operatsiyalardan iborat: mahsulot sifatiga ta`sir ko’rsatuvchi buyum va uni ishlab chiqarish jarayonining xolati to’g’risidagi axborotlarni yig’ish va ularni o’rganish,mahsulot sifatini boshqarish to’g’risida qaror qabul qilish va obyektga ta`sir ko’rsatishga tayyorlanish, boshqaruv buyruqlarini berish, sifatining o’zgarishi haqidagi axborotlarni yig’ish va taxlil qilish. Boshqarish obyektlari mahsulotpi loyixalashtirish, ishlab chiqarish va undan foydalanishning barcha bosqichlariga taaluqlidir. Mahsulot sifatini boshqarish ko’p jixatdan standartlashtirishga asoslangan. Standartlashtirish mahsulotga, uni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan xom- ashyo. materiallar, komplekt elementlarga bo’lgan talabni cheklab qo’yadi; mahsulot sifatini boshqarish bo’yicha ishlarni tashkil etadi; mahsulot sifatini nazorat qilishni baxolash usullari va vositalarini o’rnatadi; mahsulot sifatini attestatsiya tartibi belgilanadi; mahsulotni ishlab chiqarish - texnologik jarayonlari va asbob - uskunalar ta`mirlashni belgilaydi; mahsulotdan foydalanish rejimini va qoidalarini tayinlaydi. Mahsulot sifati ustidan davlat nazorati o’rnatishni mo’ljallaydi. Korxonalarda mahsulot sifati ustida to’la rahbarlik qilishda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: mahsulotning texnikaviy darajasi va sifatini uzoq muddatlarga chamalash, mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirish mahsulotning loyixasini tuzish va ishlab chiqarishga texnologik tayyorlash mahsulot sifatini moddiy - texnika tomonidan ta`minlash, mahsulot sifatini o’lchashni ta`minlash, mutaxassislarni tanlash, joylashtirish, tarbiyalash va o’qitish sifatli mahsulot ishlab chiqarish darajasini bir tekis olib borish, ishlab chiqarish vositalarini saqlash, tashish, ta`mirlashni tashkil etish; mahsulot sifatini oshirishni rag’batlantirish; mahsulot sifatini nazorat qilish, Korxonalarda mahsulot sifati ustidan to’la rahbarlik qilishda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: Mahsulotning texnikaviy darajasi va sifatini uzoq muddatlarga chamalash, mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirish, mahsulotning loyixasini tuzish va ishlab chiqarishga texnologik tayyorlash, maxsulot sifatini moddiy-texnika tomonidan ta`minlash, mahsulot sifatini o’lchashni ta`minlash, mutaxasislarni tanlash, joylashtirish, tarbiyalash va o’qitish; sifatli mahsulot ishlab chiqarish darajasini bir tekis olib borish,ishlab chiqarish vositalarini saqlash, tashish, ta`mirlashni tashkil etish; mahsulot sifatini oshirishni rag’batlantirish; mahsulot sifatini nazorat qilish, standartlarga, o’lchov vositalariga va texnik shartlarga rioya qilish. Yuqoridagi vazifalar ishlab chiqariladigan mahsulotning xossalari, texnologik jarayonlarni ixtisoslashtirish xususiyatlari ishlab chiqarishni tashkil etish shakllarini va usullarini xisobga olgan xolda bajariladi. Maxsulot sifatini yaxshilashga oid vazifalar va tadbirlar tuzilayotganda ularni amalga oshirish imkoniyatlari va maqsadga muvofiqligi tenikaviy-iqtisodiy jihatdan asoslanadi. Buning uchun quyidagilar asos qilib olinadi: ishlab chiqariladigan mahsulot sifatiga bo’lgan talablar va kelgusida uni takomillashtirish imkoniyatlari mahsulot sifati darajasini baxolash, uchragan nuqsonlarni yuzaga chiqarish va uni taxlil qilish ilg’or korxonalarning mahsulotlari bilan taqqoslash. Xozirgi vaqtda mahsulot sifatini yaxshilashga oid tadbirlarni amalga oshirish, mahsulot sifatini boshqarish uchun bir qator tadbirlar olib boriladi. Ular iqtisodiy, texnikaviy va tshkiliy tadbirlardan tashkil topgan. Texnikaviy tadbirlarga va birlamchi meateriallarni nazorat qilishni takomillashtirish kiradi. Iqtisodiy - mahsulotning baxosida qo’shimcha qiymat kiradi. Bu kollektivni mahsulot sifatini oshirishga qiziktiradi. Tashkiliy tadbirlarga - iste`molchi va ta`minlovchilar orasidagi aloqani takomillashtirish, yarmarkalar, konferentsiyalar sifat kunlari o’tkazish va firma magazinlar tashkil qilish kiradi: mahsulot sifat ko’rsatkichlarini oshirishga qaratilgan asosiy tajriba va loyixalashtirish ishlari xamda tashkiliy tadbirlar; ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasini takomillashtirishga oidtadbirlar, material va xom ashyolarning sifatini oshirish bo’yicha ta`minlovchiga qo’yiladigan talablar; maxsulot sifatini oshirish bo’yicha o’tkaziladigan ilmiy tadqiqot, tajriba va loyixalashtirish bo’yicha ilmiy tekshirish, loyixalashtirish, tashkilotlarga beriladigan topshiriqlar; texnikaviy xujjatlarni yaxshilash tadbirlari; texnologik intizomga rioya qilishni ishlab chiqarishni o’lchov asboblari bilan ta`minlash, ularni aniq ishlashini kuzatib borish tadbirlari standartlarni o’zlashtirish, ularga rioya qilish, buyumlarni unifikatsiyalashatirish, nuqsonlarning oldini olish va iste`molchilar tomonidan bo’ladigan noroziliklarni kamaytirish tadbirlari. Ijtimoiy ishlab chiqarishning sifatli mahsulot ishlab chiqarishga iqtisodiy ta’sir ko’rsatishning muhim choralaridan biri mamlakatimizda mahsulotlarning sifatini davlat tomonidan attestatsiya qilishdir. Mahsulot attestatsiya qilish natijasida mahsulotlar uch guruxga bo‘linadilar: Oliy darajali mahsulotlar qatoriga vatanimizda va chet ellarda erishilgan yutuqlarga mos va istiqbolli, standart talablariga javob beruvchi mahsulotlar kiradi. O’zbekiston non sanoatida oliy darajali mahsulotlarga axoli orasida eng katta talabga ega bo’lgan non qandolat mahsulotlari kiradi. Birinchi darajali mahsulotlar qatoriga sifati standart talablariga va texnikaviy shartlarga mos keladigan, xalq xo’jaligi, axoli va chet el iste`molchilarining talabini qondira oladigan mahsulotlar kiritiladi. Ikkinchi darajali mahsulotlar qatoriga esa ma`naviy eskirgan, sifati zamonaviy talablarga javob bera oladigan,yaxshilanishi eski ishlab chiqarishi cheklanishi xamda standartlari qayta ko’rilishi zarur bo’lgan mahsulotlar kiritiladi. Mahsulot sifatining davlat tomonidan attestatsiya qilinishi respublikamizda iqtisodiy isloxotni ya`ni bozor munosabatlariga o’tishda muhim tadbirlardir. Bu tadbirlarni o’tkazish o’z navbatida korxona, vazirlik va standart qo’mitalaridan ma`lum tayyorgarlik ishlarini olib borishini talab etadi. Nazorat uchun savollar Ishlab chiqarish korxonalarda metrologik ta’minot deganda nimani tushunasiz ? Ishlab chiqarish korxonalarda metrologik ta’minotdan ko’zlangan maqsad nima ? Ishlab chiqarish metrologik ta’minot unumdorligini oshirish yo’llarini sanab izohlab o’ting Download 17.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling